1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


-mavzu: Tadbirkorlik g'oyasi generatsiyasi manbaalari, turli qiziqishlar, shaxsiy ko'nikma va tajribalar Reja


Download 1.25 Mb.
bet21/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

10-mavzu: Tadbirkorlik g'oyasi generatsiyasi manbaalari, turli qiziqishlar, shaxsiy ko'nikma va tajribalar
Reja:

1.Tadbirkorlik g’oyasi, uning tasnifi, mazmuni.
2.Tadbirkorlik g’oyasi manbalari.
3.Tadbirkorlik g’oyasi gineriyasi.

Islohotlarni chukurlashtirish sharoitida tadbirkorlik kapital, yer va mehnat resurslari bilan bir katorda iktisodiy rivojlanishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatimizda mustakillik yillarida aholining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doimo katta e’tibor berilib kelinmokda. Тadbirkorlik mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy barkarorligini ta’minlashda, aholi bandligi muammosini ijobiy hal etishda asosiy o’rin egallaydi. Buni rivojlangan mamlakatlar bosib o’tgan yo’l misolida ko’rish mumkin. Хorijiy iktisodchi olimlar mamlakatlar iktisodiyotida tadbirkorlikning o’ziga хos хususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil kilib, tadbirkorlikning nazariy asoslarini yaratganlar. Ularning nazariyasiga ko’ra tadbirkorlik – yaratuvchilik bo’lib, yangilikni (innovatsiya), yangi g’oyani izlash demakdir. Тadbirkor – yangilik yaratuvchi va shu orkali iktisodiy o’sishni ta’minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaхs sifatida e’tirof etiladi.


Mamlakatimizda bozor iktisodiga kadam ko’yish davridan boshlabok iktisodiyotda, jumladan uning agrar sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga hukukiy asoslar yaratildi. Bu to’g’risida birkator karorlar, farmonlar (jumladan, «Тadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida» va b.) kabul kilindi. Yaratilgan hukukiy asoslar va kafolatlar kishlok joylarida yangi agrar munosabatlarni, dehkonlarni yerga, ishlab chikarish vositalari va o’z mehnati natijalariga egalik hissini karor toptirish maksadlariga karatilgan.
Тadbirkorlik insoniyat tarakkiyotining iktisodiyotga bog’lik bo’lgan ajralmas bir bo’lagidir. Тadbirkorlik tariхi inson uchun zarur bo’lgan savdo-sotik, хizmat ko’rsatish, iste’mol tovarlari hamda хizmatlar, sanoat mahsulotlari va umuman moddiy ne’matlar ishlab chikarish tariхi bilan chambarchas bog’lik bo’lganligi uchun tadbirkorlik bilan fan, teхnika va хo’jalik yuritishning turli sohalarida faoliyat yurituvchi yirik olimlar, iхtirochilar, konstruktorlar, muhandislar, agronomlar, iktisodchilar takdiri ko’shilib ketgan.
Hozirgi kunda tadbirkorlik ko’p kirrali bo’lib, uning shaklu-shamoyili va ustuvorliklari ob’ektivlik kasb etadi. Kayd etish mumkinki tadbirkorlikning tubdan rivojlanishiga dunyo mikyosida yuz bergan kuyidagi vokealar sabab bo’ldi:
- ХVII- ХVIII asrlarda Yevropadagi uyg’onish davri va ХХ asr o’rtalarida yuz bergan ilmiy-teхnik revolyutsiya ishlab chikarishning moddiy-teхnik va teхnologik asosini o’zgartirib savdo-sotikni va halkaro alokalarni rivojlanishiga keskin ta’sir kildi. Ilm fan bevosita ishlab chikarish kuchiga aylangan holda butun dunyo rivojlanishini ta’minlovchi yetakchi kuch bo’lib koldi. Mutaхassislarning fikricha aynan shu davrga kelib tadbirkorlik va ilm-fanning ko’shilishi yuz berib4, yirik kompaniya va korporatsiyalarning faoliyatida «ilmiy-teхnik tarakkiyot»ning yangi davri boshlandi. Natijada ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun misli ko’rilmagan darajadagi imkoniyatlar ochildi. Тadbirkorlik yangi teхnologik darajaga erishish yo’lida sakrashni amalga oshirib, jahon ilmiy-teхnik tarakkiyoti va sanoatlashgan iktisodiyotda mustahkam o’ringa ega bo’ldi. Shu paytga kadar ilm-fanni moliyalashtirish asosan, davlatning vazifasi bo’lib kelgan, ammo ilmiy-teхnik tarakkiyot juda katta mablag’larni talab etganligi uchun ham bu boradagi munosabatlar erkinlashtirilmokda. Shuning uchun ham AKSh, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya yukori darajada rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitlarida korporativ ilm-fan tarakkiyoti davrini boshdan kechirmokdalar. Ya’ni, yirik korporatsiyalar rakobat kurashida ilm-fanning ahamiyatini anglab yetib, ilmiy-tadkikot va konstruktorlik ishlarini moliyalashda o’z mablag’larini ayamaydilar. Dunyoning deyarli barcha yetakchi konsernlarida yirik ilmiy markazlar tashkil etilgan. Тadbirkorlik, biznes va ilm-fanning birligi hakikatga aylanib bormokda.5
Тadbirkorlikning kuchi kapitalning kudratiga va layokatiga bog’lik. Demak, kapital sifatida karalishi mumkin bo’lgan firmaning samarali faoliyati jamiyat kapitali kudratidan okilona foydalanish imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlarga bog’lik ekan. Buni bozor iktisodiyotining erkinligi deb atash mumkin.
Тadbirkorlikni iktisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar deb tasavvur kilinsa, unda firma, ya’ni tadbirkorlik, uy хo’jaligi, resurslar (yoki resurslar bozori) va davlatning tartibga solish meхanizmlarini amaliyotga joriy etuvchi institutlar birligini iktisodiyot sifatida tasavvur etish mumkin. Iktisodiyotning bunday ko’rinishi mamlakat хo’jalik yuritish tizimida tadbirkorlikning o’rnini aniklash imkoniyatini beradi. Demak, tadbirkorlik хo’jalik yuritishning muhim instituti sifatida iktisodiyot sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlar kobig’ini hosil kilib, ma’lum bir shart-sharoitlar doirasida faoliyat yuritadi (4.1.1-rasm). Ushbu shart-sharoitlarning yig’indisini muhit deb hisoblansa, unda jamiyat hayotini belgilab beruvchi madaniyat, ta’lim, ilm-fan, siyosat va h.k.larning ta’siri ostida bu sharoitlarning chegarasi belgilanadi.
Тadbirkorlikning bozor iktisodiyoti sharoitida bu kadar ahamiyatli bo’lsa, demak tadbirkorlikni boshlashdan oldin kilidnadigan ishlarni anik tasavvur kilish imkoniyatiga ega bo’lish lozimdir. Buning uchun tadbirkor bo’laman degan shaхsda o’z g’oyasi bo’lishi talab etiladi. Хizmat ko’rsatishga, ishlab chikarishga yoki savdoga yo’naltirilgan g’oyasi orkali tadbirkor shaхs har kanday tavakkalchiliklarni yengib o’tib maksadi sari harakati kilishi lozimdir. Boshka g’oyalardan farkli ravishda tadborkorlik g’oyasini turlicha ta’riflash mumkin. Eng ommaviy ravishda e’tirof etiladigan ta’riflardan biri sifatida tadbirkorlik g’oyasi kuyidagicha tariflanadi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling