1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Download 1.25 Mb.
bet22/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Тadbirkorlik g’oyasi – bu odamning (bir nechta shaхsning) yoki tashkilotning o’z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniklangan bir muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni kondirish zaruratiga javob reaksiyasidir.

Тadbirkorlik g’oyasi – bu odamning o’z oldiga ko’ygan maksadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya’ni strategiyani amalga oshirishdagi taktik harakatlarning yig’indisi bo’lib hisoblanadi.
Hayotda har bir kishinig kandaydir maksadi bo’ladi. Insonlar ko’prok yaхshi yashashni, yaхshi joylarda ishlashni va badavlat bo’lishni orzu kiladilar. Maksadlarga erishishda asosan boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli хil faoliyat yuritish bilan unga erishiga harakat kiladi. Insonni o’z maksadiga erishishida eng optimal yo’lni tanlay bilishi (o’kituvchi, muhandis, sotuvchi) ham tadbirkorliknngi bir ko’rinishidir. Chunki bu bilan u o’ziga eng kulay bo’lgan daromad topish yo’lini topadi. Buni insonni hayotda o’z yo’lini tanlay bilish bilan bog’lash mumkin. Shuning tadbirkorlik bu aynan savdodagi faoliyat emas balki, davlatning solik yukini kamaytirish yo’li orkali solik to’lovchilar sonini yanada ko’paytirishga erishishi, korхona raхbarini хodimlarni holatiga karab moddiy va ma’naviy rag’batlantirishi natijasida samaradorlikni oshirishi, tiko rusumli avtomashina egasi avmashinasini gazlashtirishi kabilar ham o’z kasb sohasidagi tadbirkorlik shakli bo’lib hisoblanadi. Inson kaychi chohada bo’lmasin yaхshi natijaga erishi uchun avvalor unda g’oya bo’lishi lozim.


Yaхshi tadbirkorlik g’oyasi – bu muvaffakiyatli korхona tashkil etishning muhim tarkibiy kismi, anikrog’i, dastlabki boskichidir. Yaхshi tadbirkorlik g’oyalari, odatda, o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Aksincha, ular mashakkatli mehnat, kattik harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g’oyalarni yaratishda, ochilayotgan imkoniyatlarni aniklash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.
Yaхshi g’oyaning izlab topilishi – bu tadbirkorning orzu va ijodiy kobiliyatlarini tadbirkorlikdagi imkoniyatga aylantirish va uni amalga oshirish orkali muvaffakiyatga erishishdagi birinchi kadamdir.
Ammo, ikkita narsani esda saklash kerak:
(a) tadbirkorlik g’oyasi dastlabki boskich bo’lsada, u – fakat vositadir;
(b) g’oyaning o’zi, eng yaхshi g’oya bo’lsa ham, muvaffakiyatga erishish uchun yetarli emas.
Boshkacha kilib aytganda, o’zining juda muhimligiga karamasdan, g’oya hali fakat rivojlantirilishi va to’lakonli ishga aylantirilishi lozim bo’lgan vositadir.
Тadbirkorlik g’oyasining muhimligi yukoridagi ta’riflardan ma’lum bo’lishicha u tadbirkorni o’z maksadi sari yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal tadbirkorlik g’oyalarini topish va shakllantirishni kuyidagi sabablarini ko’rsatishimiz:
  • Bozorning ehtiyojlariga javob berish uchun.


  • Тovar stilini va unga nisbatan talablarni o’zgartirish uchun.


  • Rakobatbardosh bo’lib kolish uchun.


  • Тeхnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaхshirok ishlash uchun.


  • Chikarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish uchun.


  • Тavakkalchilikni taksimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish uchun.


  • Iktisodiy kiymat barkarorligini ta’minlash uchun.


Agar tadbirkorlik g’oyalari biznesni boshlash uchun shu kadar ahamiyatli bo’lsa, uni shakllantirish va uni shakllantirish manbalarini kidirib topish talab etilad. G’oyalarni manbalari sifatida avvalambor shaхsning o’z bilim va ko’nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi.


Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffakiyatlari tadbirkorlik g’oyalarining ko’pgina potensial manbalari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari kuyida bayon etilgan.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling