1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Download 1.25 Mb.
bet45/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

21-mavzu: "Bozor" tushunchasi. Potensial xaridor, uning hohishi, harid qilish joyi va vaqti
Reja:

  1. Bozor tushunchasi

  2. Xalqaro bozor va potensial xaridor



Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meʼmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).

Xalqaro bozorni o’rganish kabinet tadqiqotlari va dala tadqiqotlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Kabinet tadqiqotlari ikkilamchi axborot (spravochniklar, maxsus jurnallar va statistika ma‘lumotlari) asosida amalga oshiriladi. Ular jahon tovar bozorining holati va rivojlanishi, ayrim mintaqalar bozorlarining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari, bojxona qonunchiligining o’ziga xosliklari, turli xil transportlar yordamida xalqaro yuk tashish qiymati va hokazolar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. Bunday tadqiqotlar nisbatan arzon bo’lib, asosan korxonaning o’z kuchlari bilan eng qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Biroq axborot umumiy xarakterga ega bo’lishi sababli uni muayyanlashtirish uchun dala tadqiqotlari – bozorni o’rganishning eng murakkab va qimmat, biroq eng samarali usuli amalga oshiriladi. Uning afzalliklari potensial xaridorlar bilan shaxsiy muloqot o’rnatish, talab yuqori bo’lgan mahsulot namunasini o’rganish, asosiy raqobatchilarning xususiyatlarini aniqlash va hokazolardan iborat.


Bu yerda bozor haqidagi birlamchi va muayyanlashtirilgan axborotni olish imkoniyati bor bo’lsada, biroq katta xarajatlar va yuqori malakali xodimlar talab qilinadi. Xalqaro bozorni o’rganish natijasida korxona marketing bo’limi xodimlari yordamida quyidagi tizimlashtirilgan ma‘lumotlarga ega bo’ladi:
• importchi mamlakatning ishlab chiqarish va demografik bazasi haqidagi;
• bozorni tartibga solish vositalari (bojxona qoidalari, boj va soliqlar, import cheklovlari) haqidagi; • eksport qilinuvchi tovarga kutilayotgan talab haqidagi;
• narx darajasi haqidagi;
• tovar taqsimoti kanallari haqidagi;
• reklama faoliyati haqidagi;
• mahsulotning o’rami haqidagi;
• tovarni yetkazib berish xarajatlari va shartlari, raqobatchilik va konyunktura haqidagi. Bu ma‘lumotlarning barchasi eksportchi korxonaga marketing rejasini yanada asoslangan holda tuzish va unda xalqaro bozorni yoki uning potensial segmentini aniqlash, mos keluvchi marketing-miks, sotuvni amalga oshirish muddatlari, mahalliy vositachilar, kutilayotgan foyda va xarajatlar hajmi, moliyaviy va boshqa tavakkalchiliklar darajasini aniqlashga imkon beradi


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling