1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


-mavzu: Korxona joylashuv yerini tanlash. Korxona joylashuv yerini tanlashning muhumligi Reja


Download 1.25 Mb.
bet46/111
Sana02.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1422107
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

22-mavzu: Korxona joylashuv yerini tanlash. Korxona joylashuv yerini tanlashning muhumligi
Reja:

  1. Korxonaning yer hududini tashkil etish tamoyillari

  2. Yer uchastkasi 

Korxonaning yer hududinii tashkil etish deganda, korxona va uning bo`linmalar tashqi chegaralari, ularning hududida joylashgan qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar, almashlab ekish, aholi punktlari, yo`l va suv shaxobchalarini tashkil etish va korxona hududida joylashtirish tushuniladi.


Korxona yer hududini to`g`ri tashkil etish yer maydonlaridan to`g`ri, to`la va unumli foydalanishni ta’minlovchi asosiy shartlardan biri bo`lgani uchun bu ishga katta e’tibor beriladi. Yerdan foydalanilganligi uchun yagona yer solig`i joriy etilganligi bu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi. Davlat yerdan foydalanuvchilarga hamda qishloq xo`jaligi korxonalariga qonunda belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratib berildi.

Yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimi hamda davlat yer kadastri va yer uchastkasiga bo`lgan huquqlariga, davlat ro`yxatidan o`tkazish hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa jihatlarga ega bo`lgan muayyan qismidir.
Yer uchastkalarining chegarasi rejalar (chizmalar)da qayd etiladi va natura shaklida ajratiladi. Yer uchastkalari bo`linadigan va bo`linmaydigan bo`lishi mumkin. Mo`ljallangan foydalanish maqsadiga ko`ra, bir necha mustaqil yer uchastkalariga bo`linadigan va har biri davlat ro`yxatidan alohida o`tkaziladigan yer uchastkalari bo`linadigan yer uchastkalari hisoblanadi.
Mo`ljallangan foydalanish maqsadlariga ko`ra, mustaqil yer uchastkalariga bo`linishi mumkin bo`lmagan mustaqil yer uchastkalari bo`linmaydigan yer uchastkasi sanaladi.
Qishloq xo`jaligi korxonalari yer hududlarini tashkil etishda quyidagi tamoyillarga (tamoyillarga) amal qilishlari kerak:
Yer davlat mulki ekanligi va undan foydalanganlik uchun haq to`lab borish, yerdan foydalanish davlat tomonidan nazorat qilib turilishini esda saqlash kerak.
Yer hududining doimiyligi, ya’ni u yerdan foydalanuvchilarga «Yer kodeksi»ga binoan abadiy foydalanish uchun ijaraga berilishini nazarda tutish kerak.
Yer foydalanuvchilar uchun abadiy yoki uzoq muddatga ijaraga berilishi, uni tubdan yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan yirik tadbirlarni amalga oshirish, ularning natijasidan manfaatdor bo`lishni ta’minlaydi. Bu esa tuproq unumdorligini uzoq muddat saqlash, qishloq xo`jaligini intensiv asosda rivojlantirib borish imkonini beradi.
Korxona yer hududining tez-tez o`zgarishi nafaqat yerga bo`lgan javobgarlik hissini pasaytiradi, balki yerni tubdan yaxshilash bilan bog`liq investitsiyalar qilishga to`sqinlik ham qiladi, o`zaro bog`langan tadbirlarning bir butunligini buzadi, oqibatda tuproq unumdorligi pasayishiga sabab bo`ladi, ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy tasir etadi.
Korxona yer hududining yaxlit bir massiv (hudud) bo`lishi. Buning mohiyati shundan iboratki, agarda korxonaning yer maydoni bir joyda mujassamlashgan bo`lsa, korxona faoliyatini tashkil etish, yo`l, transport, ishlari, ular bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar qisqaradi, boshqarish, aloqa osonlashadi. Lekin amalda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi xususiyatiga ko`ra, bu sohaga taalluqli bo`lgan tabiiy resurslardan to`laroq foydalanish maqsadida korxonaning yer maydoni bir necha qismdan iborat bo`lishi mumkin.
Korxona yer hududining geometrik shakli. Bu talabning ahamiyati shundaki, qishloq xo`jaligi korxonasi qancha yirik bo`lsa, u iqtisodiy masalalar bilan birga ijtimoiy masalalarni, yo`llar, aloqa vositalari, aholining yashash sharoitlarini, boshqa aholi punktlari bilan aloqasini ta’minlashi kerak. Bu masalalrni hal qilish juda katta xarajatlarni talab qiladi. Qishloq turmush tarzini yaxshilash, uning jozibaliligini oshirish qishloq infratuzilmasi qay darajada tashkil etilishiga bog`liq.

Shuning uchun korxonani tashkil etish uchun yer maydoni ajratishda, uning tashqi chegaralarni belgilashda eng maqsadga muvofiq geometrik shaklni tanlash kerak. To`g`ri, bunda shu korxona tashkil etilayotgan hududning relyefi, tabiiy yoki sun’iy to`siqlar mavjudligi e’tiborga olinadi. Lekin bir xil sharoit bo`lganda, iqtisodiy va ijtimoiy talablarga ko`proq javob beradigan geometrik shakl tanlanishi kerak. Masalan, doira, yarim doira, uchburchak, kvadrat, to`g`ri to`rtburchak va h.k. Hajmi uncha katta bo`lmagan korxona yer hududi uchburchak, kvadrat shaklda va bitta aholi punktidan iborat bo`lgani ma’qul.





Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling