1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Download 25.57 Kb.
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi25.57 Kb.
#1004975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU

Moddiy boyliklarga sport inshootlari (o’yinchoqlar, sport honalari, maydonchalari, tirlar, xavzalar, klublar va hokazo), jismoniy jihozlar, buyumlar, maxsus sport kiyimlari, poyabzal va boshqalar kiradi.
Ma’naviy boyliklarga jismoniy madaniyat haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, grafika, musiqa va boshqalar kiradi).
Jismoniy madaniyat rivojlanishning har bir bosqichida, ya’ni, ular boyliklarni tashkil etish, bunda unga yondoshgan har bir shaxs uchun o’zlashtirish, foydalanish imkoni bo’lganda kelajakdagi rivojlanish bo’lib qoladi. Bu yerda gap, hozirgi kunda jismoniy madaniyatning keng tarqalgan, amaliy va boshqa bo’limlariga kirgan gimnastika, sport, harakatli o’yinlar, xaqida jismoniy mashqlarning ko’pgina turlari va to’plamlari to’g’risida boradi.
Rivojlanishning uzoq yo’lida uning mazmuni va shakllari jamoa hayoti, va faoliyatining turli sohalariga, (moddiy ishlab chiqarish va hizmat faoliyati, kundalik turmush va sog’lom dam olish, tibbiyot va h.k.) tadbiq, yetish bilan asta-sekin diferensiallashib boradiki, bu jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyati bo’lgan bir qator qismlari va bo’laklarining (maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish, turmush, rekreativ, davolash jismoniy madaniyati va boshqalar) shakllanishida o’z aksini topadi.
Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida ko’rib, tilga olingan hamma tushunchalarni o’z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi. Jismoniy - tarbiya bu insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ijtimoiy, tibbiy va pedagogik fanlar bilan bog’liqdir. Jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy asosiy shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy - tibbiy asosi (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar majmuasidan tarkib topgan. Tibbiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o’rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo’yilgan vazifalarni hal yetishning samarali yo’llarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Bimexanika harakat texnikasini tadqiqot qilib borib, uni bajarishni baholashga, yo’l qo’yilgan xatoliklarni yo’qotish yo’llarini belgilashga hamda harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi.
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, jumladan, mushaklarda bo’ladigan ximiyaviy jarayonlarini o’rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o’tkazishda metodikasini takomillashtirishga yordam beradi. Tibbiy-tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o’rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasini ishlab chiqishga ko’maklashadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogika bilimlar tizimiga kiradi, psixologiya, pedagogika, sportning turlari (gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, suzish va boshqalar) nazariya va metodikasi bilan chambarchas bog’langan, jismoniy mashqlarga o’rgatishning usullarini tanlash insonning yosh xususiyati hamda shaxsiy psixologiya xususiyatlari (diqqati, fikrlashi, eslab qolishi)ga tayanadi. Harakatga o’rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi o’rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat mexnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling