2.
Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un
qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.
3.
Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan
foydalanish rag'batlantirilishi kerak.
4.
Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg'ulotlar
mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham
mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Nazorat savollari
1.
Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o'tkazish metodlariga qo'yladigan
asosiy talablar nimalardan iborat?
2.
Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig'i deganda nimalarni tushunasiz?
3.
Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari
haqida nimalami bilasiz?
4.
Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo'yicha namunaviy mashg'ulot
tayyorlang.
Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish
turlari
Sinfdan tashqari ishlar o„quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish
va kengaytirish, murakkab misol va masalalarning yechishni mashq qilish,
matematikaning hayot bilan bog„liq bo„lgan tomonlarini ochadigan va dasturga
kirmagan ba‟zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarga matematik o„n minutliklar, matematik ertaliklar,
matematik viktorinalar, matematik kechalar, matematik KVN lar, matematik
burchaklar, matematik gazetalar, matematik to„garaklar, matematikadan
olimpiadalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matnli masalalar, o„tkir zehnlilikka oid
masalalar, hazil masalalar, ko„p yechimli masalalar, ma‟lumotlari ortiqcha yoki
ma‟lumotlari yetishmaydigan masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik
voqealar, arifmetik rebuslar, matematik o„yinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy
ma‟lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari,
to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan
xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |