1-mavzu: Boshlang`ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni raqamlash,tayyorgarlik davri


YOZUV DAFTAR BILAN ISHLASH METODIKASI


Download 18.75 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi18.75 Kb.
#194926
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashgulot. (1)

YOZUV DAFTAR BILAN ISHLASH METODIKASI.

1-sinfda daftar bilan ishlash metodikasi

Sinfda ishlashda darslik bilan bir qatorda bosma asosli daftar asosiy qo‘llanma hisoblanadi.Daftarda berilgan mashqlar darslik materialini tarkiban to‘ldiradi. Mazmuniga ko‘ra, u darslik bilan uzviy bog‘langan, har bir darsning aniq vazifalariga erishishga yordam beradi va shu bilan bir vaqtda o‘quvchi faoliyatiga xilma – xillik kiritadi. O‘quvchiga rasm solish, chala ishlangan rasmni chizib tugatish, bo‘yash, chiziqlar bilan birlashtirish, raqamlarni yozishga yaxshi tayyorgarlik bo‘lub xizmat qiladi. Dartarda raqamlarni yozishga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rish ishi nazarda tutilgan, bolalar oldin rasmlarni bo‘yab , katakli qog‘ozda ishlashga tayyorgarlik boshlanadi. Satr va ustunni ajratishga yordam beruvchi mashqlar beriladi. Har gal daftarda navbatdagi topshiriqlarni bajarishdan oldin bolalar uni qanday bajarishlari kerakligini , qaysi yo‘nalishdan harakat qilishlari lozim. Bular hammasini doskaga ko‘rsatish kerak, shundan keyin o‘quvchilar o‘qituvchi tushunchalarini takrorlashadi, qo‘llariga qalam olib, o‘z daftarlarida bajarishlari kerak bo‘lgan harakat yo‘nalishlarini «havoda» ko‘rsatadilar, shundan keyingina mustaqil bajarishga kirishadilar.

Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material berilgan, ya’ni darslikning uch sahifasi bo‘yicha ishlashga mos keladi (darslik beti daftar sahifasining o‘ng yuqori burchagida ko’rsatiladi).

Daftarda mustaqil ishlar bilan bir qatorda, odatda, har bir mashgilotda har xil didaktik materiallar bilan bajariladigan amaliy ishlar o‘z o‘rnini topishi kerak. Predmetlar, plast­massadan qilingan oyinchoqlar, mevalar va shu singari har xil o‘lchamli va rangli geometrik figuralar (doirachalar, uchburchaklar, kvadratlar), sanoq cho‘plar va boshqa didaktik meteriallar bolishi mumkin. Bu didaktik materiallardan foydalanish metodikasi haqida kursning asosiy masalalarini qarashda mufassal o’rganiladi.

Daftarning 3 sahifadan boshlanib, daftarning har bir sahifasida darsga ajratilgan materiallar, ya’ni darslikning beti yuqori qismida ko‘rsatilgan.

1- dars. Mustaqillik haqidagi suhbat bilan bir vaqtda olib boriladi. « Jonajon maktabim» to‘grisida.

2- dars. «sanash» mavzusi o‘rganilganda giometrik figuralarni bo‘yash ishlari orqali sanashni amalga oshirishga erishiladi.

3- dars. «ketma-ketlik» tartibini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ruchka va qalamdan foydalanish qoidalari mustahkamlash va daftarlarda bajariladi, sabzavotlar o‘rniga ko‘ra joylashishi haqida suhbat o‘tkaziladi va sanash mustahkamlanadi.

4-6- darslar. Bir xil, har xil. Uzun.Qisqa mavzusi o‘rganilgan­da rasmlardagi daftar va kitob, ruchka va qalamlar sanog‘i, o‘rni taqqoslanadi, qovun va tarvuz ko‘p-kamligi, ruchka va qalamning ko‘p-kamligi to‘g‘risidagi suhbat jarayonida sinfdagi boshqa o‘quv qurollari taqqoslanib, mavzu mustah­kamlanadi. Darslik betidagi yozuv malakalari mustahkamlanadi.

7- dars. «Balandda pastda yuqorida ichida yonida oldida» tushunchalarni mustahkamlash uchun daftardagi uzum uzish, dalada o‘quvchilar mehnati to‘g‘risidagi suhbat jarayonida mevalarni tartiblash qoidalari mustahkamlanadi. Yozuv malakalari mustahkamlanadi.

8- dars. suhbat jarayonida daftardagi qush, ot, tuya, uy jihozlari va joylashtirilgan o‘rniga qarab mavzu mustah­kamlanadi va geometrik shakllarni boyash ishlari kabi topshiriq beriladi.

9- dars. o‘quvchining kundalik faoliyatini bayon qilish bilan birga daftardagi (tarixiy obidalar) ertalabki quyosh nurlarida tovlanishi shuningdek, O‘zbekiston milliy bog‘ida Alisher Navoiy haykalining tungi jilosi va kuz oyidagi paxta terimi to‘g‘risida tarbiyaviy suhbat olib boriladi va daftardagi yozuv mashqlarini o‘quvchilar bajarilishi nazorat qilib boriladi.

10- dars. «naqshlar» mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘proq daftar bilan ishlashga vaqt ajratiladi. O‘quvchilarning yozuv malakalarini shakllantirish, bezash didi, nutqi, ruchka va qalam, undan to‘g‘ri foydalanish, raqamlashga tayyorgarlik bosqichi mustahkamlanadi.

11- dars. Birinchi raqam bilan o‘quvchi tanishtiriladi yozuv mashqlarini bajarish qoidalari tushuntirilib, 1,2,3 qator yozuvlari to‘ldiriladi. Qalam va olma, pufak likopcha rasmlari bo‘yaladi. Bo‘sh daftar katakchalarida yozuv mashqini mustaqil davom ettirish orqali 1 sonining bosma va yozma shakllari mustah­kamlanadi. Daftarda eng chiroyli yozuv uchun rag‘batlantirish belgisi pastki qismda yoziladi.

12- dars. 2 raqami bilan tanishtiriladi 1 raqamini yozish qoidalari singari ham 2 raqami ham mashq qilinadi.Narsalarni boyash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish , shuningdek, «katta», «kichik» belgilarining yozma shakllari mashq qilinadi. Eng chiroyli yozuv uchun rag‘batlantirish belgisi daftarga qoyiladi.

13-14- darslar. 3 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni yozuv qoidalari mustahkamlanadi. Daftardagi bo‘yash ishlari mustaqil bajarish uchun o‘quvchi­larga havola etiladi.

15-16- darslar. 4 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni qoidalari mustahkamlanadi. Daftardagi barglarni bo‘yash ishlari mustaqil bajarish uchun o‘quvchilarga havola etiladi.

17-18- darslar. 5 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni yozuv qoidalari mustahkamlanadi. 1-5 gacha bo’lgan bosqich tugashi, yangi bosqich boshlanishiga tayyorgarlik sifatida misollar bajariladi, geometrik shakllar bo’yaladi va ular orqali yozish , sanash, taqqoslash malakalari mustahkamlanadi. 1 dan 5 gacha bo’lgan sonlarnig to’g’ri va teskari yozilishi mustahkamlanadi.

Bo’sh kataklarda mustaqil topshiriqlar bajariladi.

19- dars. 0 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayoni qutidagi qalamlarning navbat bilan kamayishi bilan o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Qatordagi raqamlar o’rni to’ldiriladi va taqqoslash amallari bajariladi. Daftardagi rasmga qarab, nol soninig hosil bo’lishining og’zaki va yozma shakllarini o’rganish mashq qilinadi. Nol sonining yozilish o’rni bilan tanishtiriladi. Bo’sh kataklarda nol soning hosil bo’lishiga doir arifmetik amallar bajariladi.

20-21- darslar. 6 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni qoidalari mustahkamlanadi. Daftardagi rasmlarni mustaqil bo‘yash ishlari o‘quvchilarga havola etiladi. Bo’sh kataklarda mustaqil topshiriqlar bajariladi.

22-23- darslar. 7 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi sanash bilan mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni qoidalari mustahkamlanadi. Geometrik shakllarning nuqtalarini sanash bilan 7- soni hosil bo’lishini mustahkamlash. Bo’sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.

24-25- darslar. 8 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida 7+1 ko’rinishdagi og‘zaki va yozma nutqi gullarni sanash bilan mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni qoidalari mustahkamlanadi.Bo’sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.

26-27- darslar. 9 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi rasmga qarab sanash bilan mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarishni yozuv qoidalari mustahkamlanadi. Daftardagi rasmlarni bo‘yash ishlari mustaqil bajarish uchun o‘quvchilarga havola etiladi. Geometrik shakllarning nuqtalarini sanash bilan 9-soni hosil bo’lishi mustahkamlanadi. Bo’sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.

28-29- darslar. 10 sonining yozilishi mashq qilinishi jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi qo’ziqorinlarni tartib raqami bo’yicha sanash bilan mustahkamlanadi. Arifmetik amallar bajarish qoidalari mustahkamlanadi. Bo’sh kataklarda mustaqil arifmetik amallar bajariladi.


Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling