1-mavzu: Boshlang`ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni raqamlash,tayyorgarlik davri
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash
Download 18.75 Kb.
|
1-amaliy mashgulot. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash
Boshlang’ich matematika kursida sonlarni nomerlashni o’rganish quyidagi konsentlar bo’yicha amalga oshiriladi. “O’nlik”, “Yuzlik”, “Minglik”, “Ko’p xonali sonlar”. Bu asosiy mavzularni bir necha marta takrorlash bilan birga o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishga imkon beradi. Konsentrlar o’rtasidagi izchillik har bir yangi konsentrda sonlarni nomerlashni o’rganishda o’quvchilarning mustaqilligini oshiradi. Sonlarni o’qish va yozishning asosida “son”, “raqam”, “xona”, “sinf” kabi tushunchalarni o’zlashtirish yotadi. Son tushunchasini shakllashtirishning asosida maktabda narsalarning sanog’i yotadi. Sanoq miqdorini aniqlash uchun xizmat qiladi. Son sanash natijasi hisoblanadi, ya’ni sanashda oxirgi aytilgan son berilgan narsalar yig’indisining miqdorini aniqlaydi (miqdor-son). Sanash amali asosida berilgan aniq tartibdagi narsalar yig’indisi va soni orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish yotadi. Shuning uchun sanashda aytilgan son berilgan narsalar miqdori bilan atashdagi tartibini ham bildiradi (tartib son). Bundan tashqari turli to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish jarayonida son ekvivalent to’plamlar sinfining umumiy tasnifi sifatida o’quvchilar ongida singdiriladi. “Katta”, “kichik”, “shuncha” savollariga javoblar-sanash yordamida yoki narsalar orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish orqali aniqlanishi mumkin. Son kattalikrni o’lchash bilan uzviy bog’liq holda o’rganiladi. Natural qatordagi sonlarning hosil bo’lish prinsipi sanash bilan uzviy bog’liq holda ko’rgazmali materialda ko’rsatib o'zlashtirish “Nomerlash” mavzusining asosiy masalasi hisoblanadi. Raqam tushunchasi sonlarni yozish uchun ishlatiladigan belgi sifatida “O’nlik” konsentrida kiritiladi va boshqa konsentrlarda ham sonlarni yozishda qo’llaniladi. “Xona” tushunchasi “Yuzlik” konsentrida kiritiladi va keyingi konsentrlarda qo’llanishi davom ettiriladi. Ko’p xonali sonlarni nomerlashda o’quvchilar “sinf” tushunchasi bilan tanishadilar. Son, xona, sinf tushunchalari turli xil narsalar to’plamlari bilan ishlash jarayonida shakllantiriladi. Ko’rgazmali qo’llanmalar sifatida turli narsalar, geometrik shakllar modellari, cho’plar, cho’tlar, jadvallar, abakdan foydalaniladi. Undan tashqari og’zaki va yozma nomerlash prinsiplari o’zlashtiriladi. Topshiriqlar: 1.To`g`ri to`rtburchakning perimetri 74 sm ga teng . Bo`yi enidan 4 sm uzun. Shu to`g`ri to`rtburchakning bo`yi va enini toping. 2.Bir tokchada ikkinchisiga qaraganda 3 marta ko`p kitob bor. Ikkala tokchadagi jami kitoblar soni 108 ta bo`lsa, har bir tokchada nechtadan kitob bor ? 3. Piyoda 4 km/soat tezlik bilan 2,5 soat, 6 km/soat tezlik bilan 1,5 soat yo`l yurdi. Uning o`rtacha tezligini toping. 4. Ombordagi ozuqa 4 ta qo`yga 12 kunga yetadi. Shu ozuqa 3 ta qo`yga necha kunga yetadi? 5. 11 ta sigir 7 kunda 924 litr sut beradi. Shunaqa sigirlardan 17 tasi 8 kunda necha litr sut beradi ? Download 18.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling