Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
OBYEKTLARNI YARATISH
OBYEKT
TUSHUNCHASI
Kundalik hayotda bizni turli xil narsalar o‘rab oladi. Ulardan ba’zilari
oddiy shaklda, boshqalari juda murakkabdir. Har birida odam oddiy
narsalar asosida murakkab obyektlarni yaratish qobiliyatiga egadir.
3D grafikasi har qanday predmetga oddiy obyektlar to‘plami sifatida
qaraydi. 3D animatorlar,
xuddi bolalar singari, oddiy kublar va boshqa
narsalardan virtual olamlarni yaratadilar. Bitta kubni ishlatish bilan nima
qilish mumkin, degan savol tug‘iladi. Hammasi mahorat, iqtidor va sabr-
toqatga bog‘liq. Agar uzoq vaqt davomida ko‘plab kublarni ustma-ust
joylashtirish orqali siz hatto juda murakkab
obyekt shaklini takrorlash
mumkin.
Atrofga diqqat bilan qarasangiz, ko‘p narsalar to‘g‘ri
shaklga ega
ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Vaqt o‘tishi bilan siz murakkab narsada
oddiylikni ko‘rishni o‘rganasiz, va qiyinchiliksiz predmetda kublar, sferalar,
piramidalar, konuslar va boshqa eng oddiy uch o‘lchamli obyektlarni
ko‘rishingiz mumkin.
Obyektni ko‘rsatishni
sozlash
Yaratilgan obyektlarni boshqarish mumkin. Buning uchun 3 ta
maxsus boshqarish asboblari mavjud:
• Select and Move (Belgilash va Ko‘chirish).
• Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish).
• Select and Scale (Belgilash va Masshtablashtirish).
Birdaniga uch o‘lchamli fazoda kerakli nuqtada obyektini
yaratishning deyarli ilojisi yo‘q. Odatda obyekt ixtiyoriy joyda yaratiladi,
so‘ngra boshqaruvchilar yordamida kerakli nuqtaga ko‘chiriladi. Buning
uchun obyekt kerakli gradusga buriladi va masshtablashtiriladi.
Boshqaruvchilar asosiy asboblar
panelida joylashgan