Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Xalqaning yaratish tartibi
Teapot (Choynak)
- asbob bir amalda sodda choynak yasaydi.
Faqatgina choynak radiusini berish lozim. Choynakning 4 ta bandi
joylashgan bo‘lib bular: qopqog‘i, tumshug‘i, tanasi, sopi qismlardan
tashkil topgan. Choynakning segmentlari kamaytirish yoki ko‘paytirish
orqali o‘zining xususiyatlari o‘zgarib boriladi.
Cone (Konus)
- bu asbob konus yaratadi. Konus uch amalda
bajariladi: avval asos yaratiladi, so‘ngra balandlik, so‘ngra konus uchli yoki
to‘mtoq qilinadi.
.
Konusning yaratish tartibi
GeoSphera (Geoshar)
- bu asbob shar yaratadi, lekin segment
chiziqlari oddiy sharga nisbatan o‘zgacha. Bunday shar ham bitta amalni
bajarilib yaratiladi. Oddiy shar va geoshar yaratiladi. Hohlagan ortografik
oyna proyeksiyasida tuzilish va segment chizilarining farqi ko‘rinadi.
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Segment chiziqlari bu oq chiziqlardan tashkil topgan shakl
ko‘rinishi. Oddiy sharda segment chiziqlari to‘g‘ri, geosharda esa ular uch
yoki ko‘p burchakni tashkil qiladi. Bu bosqichda shar bilan geosharning
farqi yo‘q, ular poligonal modellashtirishda bilinadi.
Shar va geoshar segment to‘plamlarining bir-biridan farqi
Tube (Quvur)
- bu asbob bilan quvr yaratiladi va u uch amalda
bajariladi: avvaliga tashqi radius, so‘ngra ichki radius chiziladi, oxirida
quvr balandligi beriladi.
Pyramid (Piramida)
- bu asbob yordamida piramida yasaladi.
Piramida ikki amalda bajariladi: avval piramida asosining yuzasi chiziladi,
keyin uning balandligi beriladi.
Plane (Plan)
- bu asbob yordamida fazoda yuza yaratiladi. Yuza bir
amalda bajariladi va u qalinlikka ega emas. Shu boisdan Front (Oldindan
ko‘rinish) va Left (Chapdan ko‘rinish) oyna proyeksiyalarida uning
yonidan ko‘rinishi oddiy chiziq bo‘lib tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |