Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Kubning yaratish tartibi
Yaratilgan shakl shartli ravishta kub deb ataladi. Chunki haqiqatda
bu parallelepiped. Bizga ma’lumki, kub bu
parallelepipedning bir turi
bo‘lib, uning barcha tomonlari teng. Lekin Box (Kub) so‘zning tarjimasi
quti, shuning uchun uni kub deb ataymiz.
Sphera (Shar)
- asbob yordamida ixtiyoriy radiusda sodda shar yaratish
mumkin. Buning uchun fazoda mavhum shar radiusini cho‘zish kifoya.
Cylinder (Silindr)
- bu silindr yaratish asbobi. Silindr kub kabi yaratiladi.
Avval obyekt radiusining asosi chiziladi, so‘ngra
uning balandligi
beriladi. Silindrning radiusi va balandligini keng oraliqda o‘zgartirib,
kichik yassi ingichka shakldan to cho‘zilgan ustungacha shakl yaratish
mumkin.
Torus (Xalqa)
- bu asbob yordamida xalqa yaratiladi.
Bunday shaklni
aylana deb ham aytish mumkin. Bu shakl ikki amalda bajariladi: avval
aylana
radiusi chiziladi, so‘ngra unga qalinlik beriladi.