Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1205611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- OBYEKTLARNI YARATISH

kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
 
 
Move, Rotate, Scale buyruqlari 
Ana shu harakatlarni ko‘rsatish tartibi bilan tanishib chiqamiz. 
Obyektni ko‘chirish. 
1. Sahnada biror obyekt belgilanadi. Agarda sahna bo‘sh bo‘lsa, 
biror sodda obyekt yaratilib, u belgilanadi. 
2. Asosiy asboblar panelidan Select and Move (Belgilash va 
Ko‘chirish) harakat boshqaruvchisi tanlanadi. Obyektda 3 ta ko‘rsatuvchi 
vektorlar x, y, z paydo bo‘ladi. Ular harakatlanish mumkin bo‘lgan 
yo‘nalishni ko‘rsatadi. 
3. Kursorni ma’lum vektorga yo‘naltiriladi. Belgilangan vektor sariq 
rangda bo‘ladi. Sichqonchaning tugmasini bosib, kursor suriladi - obyekt 
yoritilgan vektor bo‘ylab harakat qiladi. 
4. Obyektni nafaqat yo‘nalish bo‘yicha, balki yuza bo‘yicha surish 
uchun kursor bilan vektorlarni va maxsus chiziqlarni kesishishi natijasida 
hosil bo‘lgan kvadrat yoritiladi. 
Demak obyektni ko‘chirish ketma-ketligi quyidagicha: avval obyektni 
yoki obyektlami belgilanadi, so‘ngra harakat boshqaruvchilari tanlanadi 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
va kerakli yo‘nalish yoritiladi va obyekt ko‘chiriladi. 
Obyektni aylantirish. 
Obyektni aylantirish quyidagicha amalga 
oshiriladi: obyekt belgilanadi, Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish) 
boshqaruvchi tanlanadi, aylanish yo‘nalishi ko‘rsatiladi, obyekt atrofida u 
yoki bu aylana yoritiladi va aylantirish bajariladi. Aylantirish davrida 
obyektning yuqorisida burilish gradusi ko‘rinadi. 
 
Obyektni aylantirish. 
Obyektni masshtablashtirish. 
Obyektlarning umumiy masshtablashtirishning tartibi xuddi 
haraktlanish yoki aylantirish kabi, lekin ba’zi xususiyatlari bor. Masalan, 
obyektlarning bir vaqtning o‘zida bir, ikki va uch yo‘nalishda 
masshtablashtirish mumkin (birdaniga uch yo‘nalishda harakatlantirish 
mumkin emas). Uch yo‘nalishda masshtablashtirish bir me’yorda deb 
ataladi. Bir me’yorda masshtablashtirishda obyektlarning proporsiyasi 
buzilmaydi. Bir yoki ikki yo‘nalishda masshtablashtirish bir me’yorda 
bo‘lmagan deb ataladi. Bir me’yorda bo‘lmagan masshtablashtirishda 
obyektning proporsiyasi o‘zgaradi: uni cho‘zish yoki har tarafga surish 
mumkin. Quydagi rasmda choynakni bir me’yorda bo‘lmagan 
masshtablashtirish natijasi ko‘rsatilgan. Shunday qilib boshqaruvchilar 
yordamida obyektning holatini fazoda o‘zgartirish, ularni og‘dirish va 
masshtablashtirish mumkin. 



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling