Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2- OBYEKTLARNI YARATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Use Center asbobi. Bular Use Pivot Point Center (Markaz deb tayanch nuqtasidan foydlanish), Use Selection Center (Belgilangan markazdan foydalanish), Use Transform Coordinate Center (Shakl o‘zgarganda koordinata markazidan foydalanish). Use Pivot Point Center (Markaz deb tayanch nuqtasidan foydlanish) - obyektlar uchun alohida ajratilgan standart rejim. Bunda obyekt markazining vaziyati va tayanch nuqtasining standart vaziyati mos keladi. Agar 1 ta obyekt belgilansa, u holda bu rejim dastur standartiga ko‘ra foydalaniladi, barcha transformatsiyalar tayanch markzi bilan bog‘liq holda bajariladi. Bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarni belgilab, ana shu rejimdan foydalanish alohida qizqiish uyg‘otadi. Bir necha obyektlar belgilanib, ana shu rejimga o‘tiladi (umumiy belgilanishda boshqa rejim avtomatik ravishta yoyiladi). Aylantiruvchi boshqaruvchini tanlanib, belgilangan obyektlar buriladi. Endi ular monolit blok kabi aylanmaydi, balki ularning har biri alohida aylanadi. Use Selection Center (Belgilangan markazdan foydalanish) - bu rejimda tayanch nuqtasining vaziyati obyektning geometrik markazining vaziyati bilan mos keladi. Hohlagan obyektni belgilab, ana shu rejim yoqiladi va obyekt buraladi. U aynan o‘zining markazi atrofida aylanadi. Endi bir necha umumlashgan obyektlarni belgilab, ana shu rejim yoqiladi. Tayanch nuqtasining vaziyati belgilangan obyektlar tasvirlagan Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari paralellopipedning geometrik markazining vaziyati bilan mos keladi. Umuman olganda bir vaqtning o‘zida ko‘pgina obyektlarni belgilaganda, bu rejim standart hisoblanadi. Use Transform Coordinate Center (Shakl o‘zgarganda koordinata markazidan foydalanish) - bu rejimda tayanch nuqtasi avtomatik ravishta koordinata boshiga ko‘chadi, barcha shakl o‘zgarishlar koordinata nuqtasining 0, 0, 0 da sodir bo‘ladi, ya’ni uch o‘lchamli fazo markaziga nisbatan. Bu qoida faqatgina Perspective (Perspektiva) oynada ishlaganda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agarda hohlagan ortografik oynada ishlansa, faqat ko‘ruvchiga nisbatan yo‘nalgan perpendikulyar koordinatalargina 0 ga tenglashadi (z - Top, y - Front, x - Left). Bu rejim bitta yoki umumlashgan obyekt tanlanishidan qat’iy nazar bir xilda ta’sir etadi. Tayanch nuqtasining vaziyatini o‘qida to‘g‘irlash. Obyektning tayanch nuqtasining vaziyatini qo‘lda to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun o‘zgartirishning maxsus rejimi mavjud. Qo‘lda to‘g‘rilashni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. 1. Perspective (Perspektiva) oynasida sodda Box (Kub) yaratiladi. Tayanch nuqtasi obyektning pastgi qirrasining markazida joylashganiga ahamiyat berilsin. 2. Hierarchy (Erarxiya) buyruqlar panelining uchinchi bo‘limiga o‘tiladi. Bu yerda Affect Pivot Only (Faqatgina tayanch nuqtasiga ta’sir ko‘rsatiladi) tugmani bosish zarur. Endi tayanch nuqtasidan kelib chiqqan vektorlar kattaroq va hajmli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bu bilan tayanch nuqtasini muharrirlash rejimiga o‘tilganligi tasdiqlanadi. Select and Move (Belgilash va Ko‘chrih) harakatni boshqaruvchisi olinadi va nuqta chetga suriladi. Bunda obyekt o‘z joyida qoladi. Tayanch nuqtani kubning qolagan cho‘qqisi bilan umumlashtiriladi. Tayanch nuqtasi bilan ishlash rejimidan Affect Pivot Only (Tayanchning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling