Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2- OBYEKTLARNI YARATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari
Uch o‘lchovli modellashtirish
kasbi bo’yicha o’quv materiallari Cho‘zilma choynak shakli Ilova: - agar boshqaruvchilar tanlanib, yo‘naltiruvchi boshqarish vektorlari ko‘rinmasa, “X” tugmacha bosiladi. U bilan ularni ko‘rinishini o‘chirish mumkin. “+” va “-” tugmalar yordamida vektorlar o‘lchamini uzunroq yoki kichikroq qilish mumkin. - u yoki bu boshqaruvchilarni tanlash uchun tezkor chaqirish tugmalari juda qulay. Tezda boshqaruvchilarni tanlash uchun “W” - boshqarish va ko‘chirish, “E” - aylantirish, “R” - masshtablashtirish. Obyektlarni oddiy belgilash qaytarish uchun “Q” tugmacha bosiladi. Aniq boshqarishlar . Obyektni nafaqat qo‘l bilan, balki aniq qiymatlar bilan ham maxsus oynada o‘zgartirib boshqarish mumkin. O‘zgartirilgan aniq qiymatni kiritish oynasini chaqirish uchun avvalo kerakli boshqaruvchilarni tanlash lozim, so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini ana shu boshqaruvchi bilan bosish kerak, yoki “F12” tugmachani bosish kerak. O‘zgartirilgan aniq qiymatlarni kiritish oynasida ikki guruh ko‘rsatkichlari joylashgan: Absolute: World va Offset: World Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari Aniq koordinatlami kiritish oynasi O‘zgartirilgan aniq qiymatlarni kiritish bilan ishlash tartibini ko‘rib chiqamiz. 1. Ixtiyoriy o‘lchamlar va ixtiyoriy nuqta bilan markazda sodda kub yaratiladi. 2. Harakat boshqaruvchilari tanlanadi, so‘ngra unda sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi, yoki “F12” tugmacha bosilib, obyekt holatini aniq krituvchi oyna chaqiriladi. Oynaning chap qismida Absolute: World guruda X, Y, Z qiymatlariga 0 qiymati beriladi. Shu bilan obyektni koordinatlar boshiga o‘rnatiladi. Endi masalan, Zga aniq qiymat berib, obyekt aniq masofaga yuqoriga ko‘tariladi. Boshqa yo‘nalishlar ham xuddi shunga o‘xshash bo‘ladi. Agarda Absolute: World guruhga obyekt koordinatlarining aniq qiymatlari kiritilgan bo‘lsa, u holda Offset: World guruhning o‘ng qismida obyektni faqatgina qo‘zg‘alish qiymatini kiritish mumkin. Masalan, agarda obyektni aniq 20 birlikka yuqoriga ko‘tarish lozim bo‘lsa, Z koordinatasiga aniq 20 qiymat beriladi. 20 qiymat berilgan bilan 0 qiymat olinadi, lekin obyekt aniq berilgan qiymatga yuqoriga ko‘tariladi, uning Z koordinatasi o‘sha taalluqli qiymatga oshadi. Aylantirish boshqaruvchilari tanlanadi va aylanishning aniq qiymatini Group vK Create Modifiers Animation Graph ■4 LJL? * О Ц 1 ™!' +1 hg Tools Freeform Selection Object Pair] c Move Transform Type-In 1 X: : X: V: : Y: - - Z: : Z: : |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling