Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
Resurslarni samarali taqsimlaydi
Afzalliklari
Erkinlikni ta`minlaydi
Iqtisodiy faollikni rag`batlantiradi
Xo`jaliksiz va isrofgarchilikka barham beradi
Raqobatning kuchsizlanishiga yo`l qo`yadi (korxonalarning qo`shilib ketishi , shavfqatsiz raqobat va iqtisodiyotga davlat aralashuvi kuchayishi xamda texnika taraqqiyoti natijasida).
Kamchiliklari:
Ijtimoiy iste'mol xarakteridagi tovar bilan ta'minlash xarakteriga ega emas.
Daromadlar tengsizligining kuchayishi va axolining mulkiy tabaqalanishiga olib keladi...
Tovarlar xajmi va pul massasi o`rtasidagi ro`y berib turadigan nomutanosibliklarni bartaraf eta olmaydi.
Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni va atrof muxitni muxofoza qilish , ekologik munosabatni ta`minlashga layoqatli emas.
Ish haqi bilan narxlar darajasi muqobilligini ta`minlay olmaydi.
Tezda foyda keltirmaydigan yoki jamiyat va kelajak uchun muhim bo`lgan fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatini cheklaydi.
ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida lavlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi: - bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste‘molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste‘molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
- davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, inividual iste‘molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste‘molni kamaytirish va aksincha sog’liqqa salbiy ta‘sir ko’rsatuvchi tovarlar iste‘molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi.
- hozirgi sharoitda barqaror izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |