1-mavzu: “budjet hisobi” fanining predmeti
Davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik
Download 243 Kb.
|
1-Маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O’zbekiston Respublikasida Budjet hisobini tashkil etish va yuritish
Davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi; budjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; respublika budjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi. 3.O’zbekiston Respublikasida Budjet hisobini tashkil etish va yuritishMamlakatimiz budjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida budjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda budjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (4-chizma): Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi; Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli budjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi; Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -budjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida budjet hisobi yuritilib, Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida budjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika budjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g’azna ijrosi budjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda budjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda. Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling