1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja


Davlat moliyasini isloh qilish va boshqarishda Budjet tizimining o’rni va ahamiyati


Download 29.8 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1507423
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu

3. Davlat moliyasini isloh qilish va boshqarishda Budjet tizimining o’rni va ahamiyati.
Sodda shaklda budjet bu hujjat yoki hujjatlar yig`indisi, ya’ni tashkilotning (oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, budjet so`zi charm karmon, hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan charm sumka sifatida tasvirlangan1.
Budjet davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda budjet mablag’lari xizmat kiladi.
Budjet yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, xududlararo, mulk shakllariaro qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi.
Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, ularning daromadlari o’z xarajatlarini qoplay olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, transport va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga budjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Malikov T., Xaydarov N. Davlat Budjeti. O’quv qo’llanma. T.: Iqtisod-moliya, TMI-2007, 84b.
2. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamqulov A.X. Budjet tizimi. O’quv
qo’llanma. “VORIS -NASHRIYOT”. 2012. 208 b.
3. O. G’aybullaev, U. O’roqov. O’zbekiston Respublikasida Budjet tizimi va jarayoni: O’quv qo’llanma . Toshkent: Baktria press, 2015, 168 b.
4. «Budget Practices Survey». OECD Surveys, 2007. http://www.oecd.org/gov/ budget/database
5.Public budjeting systems ninth edition Robert d. Lee, jr., Ronald w. Johnson., Philip g. Joyce. 2013 у.



1Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice. CreateSpace Independent Publishing Platform (4 Jun. 2016) USA.



Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling