1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja
Download 29.8 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja: 1.“Budjet tizimi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
KIRISH Ushbu o`quv-uslubiy majmua “Har bir davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategic maqsadlarni amalga oshirishi uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu zaruriyat davlat budjetining yuzaga kelishini va uni amalga oshirishni taqozo etadi. Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat budjetining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, davlat daromadlar va xarajatlarni tartibga solishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita byudjet tizimiga tayanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirilishi borasida budjet tizimining muhim bo’g’inlari, va ushbu bo’ginlar daromadlari va xarajatlarini tushuna oladigan, budjet tizimini barqarorligini ta’minlashga o’zining munosib hissasini qo’sha oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ko’p jihatdan o’quv-uslubiy bazani shakllantirishga qaratilishi ushbu darslik yaratilishiga asos bo’ldi. Ushbu qo’llanmaning maqsadi o’quvchilarga budjet haqidagi yaxlit bilimlar tizimini shakllantirish, barcha budjet tizimi bo’g’inlari va ularning aloqadorligi, budjet munosabatlarining namoyon bo’lish shakllari va moliyaviy dastaklarning amal qilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Ushbu darslikning farqli xususiyati shundaki, bugungi kunda mamlakatimiz budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jumladan budjet kodeksini qabul qilinishi va xorij tajribasini o’rgan holda, uni tatbiq etish asosida yaratildi. 1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja: 1.“Budjet tizimi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. “Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Download 29.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling