Mavzu: Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 29.07 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi29.07 Kb.
#1763355
  1   2
Bog'liq
Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari


Mavzu: Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1.Insonni paydo bo‘lishidan boshlab uni rivojini o‘rganadigan fanlar tasnifi.
2.Ilmiy bilimning yangi tarmog‘i, yangi bilim fani sifatida shakllanishi dastlabki bosqichida akmeologiya predmetining mazmuni.
3.Amaliy akmeologiya predmetining hozirgi paytda mazmuni.
4.Amaliy akmeologiya fani tomonidan yechiladigan asosiy vazifalar.

Muhim so‘zlar: pedologiya, gerontologiya, akmeologiya, fenomen.
- pedologiya yunonchadan pais (paidos) – go‘dak + logiya bolalar haqidagi fan bola rivojining psixologik, biologik, ijtimoiy, pedagogik konsepsiyalari yig‘indisi.
- gerontologiya [yunonchadan gerontos- qariya+logiya, qartayishi fani] – inson qartayishni o‘rganadigan mediko biologik va psixologik fanlar yig‘indisi.
- akmeologiya [yunonchadan akme – nimanidir oliy darajasi + logiya, cho‘qqi haqidagi fan] – alohida odamni va odamlar birligini rivojlanish cho’qqisini va unga erishish sharoitlarini o‘rganadigan fanlar to‘plami.
- fenomen – [yunonchadan phainomenes – ya’ni hodisa] akmeologik fenomenlar – birinchidan murakkab tirik organizm bo‘lgan odamni individ sifatida namoyon bo‘lishi avvalo professional sifatidagi, arbob sifatidagi voqelikning turli-tuman tomonlariga odamdagi paydo bo‘lgan yadroviy munosabatlarning ko‘rinishlari, ikkinchi jihatdan uni jamiyatdagi bajaradigan roliga qarab, odamlarni kichik va katta birlashmalarida ko‘rinadigan hayot faoliyatini yashash sharoitining konkret ko‘rinishlari orqali chiqadigan hodisalar.
Juda ko‘pgina ilmiy tasniflarda odamni paydo bo‘lish negizining rivojini o‘zi bolalik, kattalik va qarilik bosqichlariga bo‘linadi.
Odamni bolalik davri darajasida fanlar tomonidan o‘rganish doirasida bir-biri bilan bog‘liq ob’yektiv ravishda pedologiya degan nom mustahkamlangan. Јarishni va qarilikni birgalikda o‘rganadigan fanlar esa gerontologiya degan fanni tashkil etadi.
Yetuklik darajasidagi katta odamni o‘rganish predmeti bo‘lgan fanni ko‘pincha akmeologiya deb ataladi.
Ushbu fan ilmiy bilimning tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy sohalari to‘qnashuvida paydo bo‘ldi va vujudga keldi. Va u odamni maqsadga muvofiq ketma-ket intilib, dastlabki, o‘rta va keyingi yetukligida individ sifatida (murakkab tirik organizm sifatida), shaxs sifatida (bu holda voqelikni turli tomonlarga bo‘lgan munosabatlarni odam tomonidan o‘zlashtirishi nazarga olinadi) va faoliyat subyekti sifatidagi (asosan professional sifatida) odam sifatida yuzaga kelish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini mexanizmlarini aniqlab beradi.
Shubhasiz odamni ko‘pincha fuqaro, umr yo‘ldoshi, ota-ona, ma’lum konkret sohani mutaxassisi sifatida yetilganligiga taqqoslab ko‘rilganda akmeologiya sohasi bo‘yicha ishlayotgan ba’zi bir olimlar katta yoshdagilik tushunchasini yetuklik tushunchasiga aynan qilib qo‘yadilar. Ammo bu tushunchalar aynan emas.
Akmeologiyada obyektiv va subyektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Ular bir-birlari bilan o‘zaro harakatda bo‘lib, katta yoshdagi odamni akme darajasiga erishishiga imkoniyatlar yaratadi. «Akme» tushunchasi yangi ilmiy fanni eng asosiysi bo‘lib, quyidagi uni to‘g‘risida gap boradi. «Akme» termini boshida ko‘proq poyeziyaga oid ijodda nashrlarda qo‘llanilgan.
Insonni ontogenezidagi rivojlanishi xususidagi fanni bir bo‘lagini nomini «Akme» termini bilan bog‘laydilar. Olimlar katta odamni rivojlanishini kompleks o‘rganadigan xuddi shu fanni akmeologiya deb atadilar. Ular ham sobit qadamlililik va qattiq turib yotilgan individni o‘z aloqalariga voqelik bilan boy shaxs va faol arbob, professional sifatida namoyon etadi deganlar inson ontogenezida keyingi bosqichlarida ko‘rinadigan va uni yetuklik bosqichigacha shakllanadigan katta odam o‘zini individual shaxsiy va subyektiv rivojiga ko‘tarilib boradigan cho‘qqini, ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar.
Akademik B.GAnanyevni ilmiy maktabida odamni ontogenezida uni rivojlanish jarayonini barcha tashkillovchilarini yoritishda kompleks yondashuv qo‘llaniladi va shunga ko‘ra bir yosh darajasidan ikkinchisiga o‘tishda odamni ruhiyotida va ichki dunyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarini kuzatganda ushbu o‘zgarishlarni sabablarini chuqurroq tushuntirish uchun psixologiya faniga yaqin fanlar qo‘llanishga jalb etiladi. Odamni ham avvalgi yoshidagi darajasidagi mikro – akmesini egallashi davomida bo‘layotgan katta odamni o‘zini akmesiga yoki optimumiga harakati ham kuzatiladi. Demak shu katta akme o‘zini barcha xarakteristikalari bilan ko‘p yo‘nalishi va ko‘p darajali ko‘riladi; chunki u ko‘plab obyektiv va subyektiv jarayonlar va holatlarni o‘zaro harakati natijasi sifatida odamni o‘zini shaxsiy hayot ijodini xam o‘z ichiga oladi. Akmeologiya tomonidan uning mohiyati tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar bilan yaqin hamkorligida ochib beriladi.
Hozirga kelib, yuqorida predmeti ochib berilgan umumiy akmeologiyadan tashqari har doim ko‘p tomonli aspektli xarakterga ega bo‘lgan odamni konkret faoliyat sohalarida professional shakllanish va rivojlanish masalalari munosabati bilan akmeologiyaning yangi boshqarish, pedagogik, harbiy, sport va boshqa tarmoqlari shakllanmoqda.
Undan tashqari odamni dastlabki o‘rta va kech katta yoshi va ayniqsa o‘zini jismoniy sog‘lig‘ini cho‘qqisiga erishganda, o‘zini ma’naviy va fuqarolik potensialini xarakatlarini namoyon bo‘lishida va professional sifatidagi ish harakatlarida rivojlanishi va o‘z-o‘zini rivojlantirish qonuniyatlari va mexanizmlarini markazlashgan tushunishda keyingi paytlarda ilmiy doiralarda etilgan va hozirda kuchliroq tasdiqini topayotgan akmeologiya predmeti mohiyatining juda keng ko‘lamli ahamiyati haqida gap ketayapti.
Unga odamlarni kichik va katta jamoalarini misol keltirish mumkin: boshqaruv komandalari, sport jamoalari, ishlab chiqarish birlashmalari, siyosiy partiyalar, etnoslar elatlar, davlatlar va boshqalar hamda yangi fan predmetini ham an’anaviy tushunishida ularni rivojlanishi va o‘z-o‘zini rivojini qonuniyatlari va mexanizmlarini qidirish va tahlil etish harakatini natijasi bo‘lib ularni akmega erishishlarini xudi o‘zi bo‘lib ko‘rinadi. Bu holatda ular kutgan cho‘qqilar yoki ularni akmesi asosiy fenomen bo‘lib chiqadi. Ularni umumiy, xususiy alohida xarakteristikalari maqsadga yo‘nalgan, tarzda ketma-ketlikda ochib boriladi va bayon qilinadi. Binobarin bu nomlari keltirilgan odamlar uyushmasida kelib chiqqan obyektiv va subyektiv omillar o‘zgarishlarini o‘rganish chog‘ida sodir bo‘ladi. Masala konkret ravishda quyiladi va yechiladi. Misol uchun boshqaruv komandasi faoliyatidagi optimum uni xarakteristikasini va u qanday mezonlarga javob berish kerakligini demak, unda ushbu komandaga erishgan «akme» haqida tasdiqlamoq va oxiri ushbu komanda bu faoliyatida qo‘rqmasdan optimum yoki uni xuddi o‘zi akme darajasiga ko‘tarila olishi haqida so‘z boradi. Yoki boshqa bir misolni ko‘rib chiqamiz: davlat o‘z gullab-yashnashiga erishdi, uni iqtisodiyoti va huquqiy munosabatlari, madaniyati, ta’limi, siyosiy hayoti, fuqarolarini jismoniy va ma’naviy sog‘lomligi, ularni axloqiy qarashlari va ularni turmushlarini moddiy darajasi haqiqatdan ham ko‘tarildi. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifasini bajardi. Bu yerda ushbu gullab yashnashga erishish uchun qanday mexanizmlar ishga tushirilgan va harakatga keltirilganligi bosh masaladir.
Shunday qilib akmeologiya predmetini odamni yetuklik darajasidagi rivoji bilan chegaralab qo‘yish va u o‘z rivojida qaysi sharoitlarda optimumga erishadi va uni optimumi qanday bo‘ladi deyishni aniqlash bilan bir qatorda uni predmetini juda keng tushunish kerak bo‘ladi. Bunga turli umumlashmalarni rivoji va ularni rivojida eng yuqori darajaga erishishga imkon yaratuvchi sharoitlarni aniqlash, hamda ushbu fanda bazaviy kategoriya sifatida akmeni chiqishi va shakllarini keng kontinuumda konkretlashtirishi har bir holatda u yoki bu inson rivojida erishgan cho‘qqini belgilarini konkret integrallashtirilishi va obyektivlashtirilishi, yoki turli jamoalarning rivojlanishlarida erishilgan cho‘qqida akkumulyatsiya qilinishi namoyonligi o‘z ifodasini topadi.
Shuning uchun ham akmeologiyaning ustivor masalalaridan biri ushbu shakllarni jiddiy ilmiy mezonlar talabiga javob bera oladigan tadqiqoti, bayoni ta’rifi, tushuntirilishi va tasnifnomalari muhim. Akmeologiyaning yana boshqa bir muhim takqos etib bo‘lmaydigan qiyin ko‘rinadigan masalasi bo‘lib, obyektiv va subyektiv omillarini yig‘indisini to‘plamini aniqlash bo‘lib chiqadi. Bu o‘z navbatida ularni o‘zaro harakati natijasi o’laroq odam tomonidan yoki jamoa tomonidan «Akme»ga erishishda sodir bo‘ladi. Odamlardagi akmeni mazmunli va formal rasmiy xarakteristikalari mehnatni bir-biridan yiroq sohalarida ko‘pincha paydo bo‘ladigan o‘zini o‘ta muhim parametrlarida (misol sarkardadagi akme va seleksioner olimdagi «akme») bir-biridan keskin farq qiladilar.
Ushbu akmelarni mohiyatiga kirish va ulardagi umumiylikni tushunish, ayniqsa ulardagi o‘ziga xoslik, alohidalikni, hamda har bir odam yoki jamoa o‘zining akmesiga erishish uchun harakat qilganliklari va uni qonuniyatlari va mexanizmlari o‘zlashtirishlari uchun bilimlar zamini o‘ta zarur. Bu bilimlar odamni ontogenezida rivojini (agar u «akme» bilan qozonsa) kichik va katta jamoa tuzilishi va harakatini o‘rganishda (agarda ularni akme bilan qiziqsa) juda ko‘p fanlar tomonidan olinadi va bunda yechiladigan masalalarni xarakteriga javob beradigan ushbu bilimlar integratsiyasi juda muhimdir.
Agar biz akme – bu ular rivojlanishining jarayonining yagona masofaviy global umumiy apogeyasi yoki cho‘qqisi deb qaror qilsak va undan so‘ng keng ko‘lamda depres boshlangan yoki so‘ngi to‘xtash ro‘y bersa yoki odamni yoki jamoasining tarqalishiga yoki o‘limiga olib kelsa biz akmeologiya predmetini mazmunini va «akme» mohiyatini juda qo‘pollashtirib yuborgan bo‘lar edik.
Albatta kundalik voqelikda xudi shunday final va alohida odam ham ma’lum jamoa uchun real voqeadir. Ma’lumki odam ham jamiyat ham o‘zining xayot mobaynida o‘z rivojini imkoniyatlariga potensialini bir yo‘nalishda to‘plamaydilar. O‘zini bir rivojlanish maqsadida cho‘qqiga chiqqan u endi harakatini spiralini yangi sifatlarida davom ettiradi. Bu yerda ham ob’yektiv qulay ma’qul holatlarni oqimida ularni o‘zlarini shaxsiy intilishlariga hamohang mahsuldor bo‘lsa, ular ham keyingi o‘z rivojlanishida keyingi «akme» darajasiga ko‘proq ko‘tariladilar. Undan so‘ng yana odam yoki ularni umumiyligi yoki birligi tushib qolgan Yangi holatlarni konkret oqimiga bog‘liq hamda individual sub’yektlar yoki jamoaviy xarakatlarni spetsifik ko‘rinishlari xususiyatlariga bog‘liq ularni rivojalnishinig oldingi yo‘nalishida davom etadi va yangi akmega olib keladi. Yangi «akme» ochiqroq taraqqiyroq, progressiv xarakterlarni o‘ziga oladi yoki ba’zi bir hollarda avval odamni yoki birlikni rivojida oldin bo‘lmagan rivojlanish yo‘nalishini sharoitini yoki majburiy sharti sifatida chiqadi.
Shu bilan birga real hayotdan chiqib borar ekanmiz ko‘p narsalarni shohidi bo‘lamiz: biz odam va ba’zida jamoa o‘z jarayoni davomida orttirilgan rivojlanishning bir liniyasi qandaydir kelib chetda qoldiriladi va ular o‘z rivojlanishlarini umuman yangi boshqa yo‘nalishga tomon buradilar. O‘zbekiston voqeligidan keyingi yillar odamlar faoliyatini yangi formalarini tashkil etishga yo‘nalgan rivojlanishining mana shunday modellarini maqsadga muvofiqligini yorqin tasdig‘ini ko‘rsatmoqda.
Tabiiyki, akmeologiya doimo yechimi kerak bo‘lgan bosh vazifalarni nazarda tutsak, individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatidagi (avvalo professional sifatida) odamni «akme»sidagi umumiy, umumiylik va alohidalikni faqat aniqlashga va sistematizatsiyalashga olib kelmoqda. Ular o‘z rivojlanishida faqat bir «akme» yoki birinchisidan keyin yana keyingi «akme» darajasiga kelishiga odamlar jarayonlarida o‘z rivojlanishlarida chiqadilar. Ularni turli tuman qonuniyatlar va mexanizmlardagi farqlik va o‘xshashlik aniqlik bilangina chegaralanib qolmaydilar. Akmeologiya umumiylikdagi o‘z akmeni turi va formalarini aniqlangandagina, masalalarni yechish ishiga to‘qnash keladi va bu o‘zaro harakatdagi umumiyliklarni o‘z akmesiga erishishni belgilab beruvchi ob’yektiv va sub’yektiv omillarni kuzata oladi.
Mobado akmeologiya odamlarni va umumiylikni o‘z-o‘zini va rivojlantirishni kulminatsiyalari yoki optimumlari xarakteristikalarini loyihalash xususiy o‘z qidiruvlar maydonini cheklaganda ham va bu optimum ortidagi, barcha determinantlar haqida yetarli to‘la bilimni olganda ham u ilmiy fanni ta’rifi va tushuntirish statusini mavqeiga da’vogarlik qila olardi xolos.
Ammo u hozirda katta qoniqish bilan tasdiqlash lozimki, o‘zini birinchi qadamlaridanoq xuddi shu mavqedan ketma-ket chiqib bormoqda va ahmoqona akademizmdan uzoqlashmoqda. U yuqorida qo‘yilgan savollarga maqsadga yo‘nalgan javoblarni ola borish davomida faoliyatni muxim soxalari sifatidagi boshqarish va ta’lim, mudofaa ishbilarmonlik va boshqa sohalarda yuqori sinf professionallarini doimo amaliyotda samaradorlikka tekshirib so‘ngra strategiya, taktika va texnikasini aktiv ravishda qo‘llamoqda va tizimli ishlab chiqmoqda, shakllantirmoqda. Bir vaqtni o‘zida xuddi shunday yaratuvchanlik – ijodkorlik ruhida u bilan o‘z profili bo‘yicha farqlanadigan kichik va katta professional birlashmalarni xarakatlarini real tashkil etishi va so‘ngra mahsuldor harakatlarini, loyihalashni takomillashtirishning umumiy metodologiya va konkret instrumentlarini belgilamoqda.
Shunday qilib, akmeologiyani – borliqni o‘zini tashkil etishning nazariy – metodologik, eksperimental – empirik va amaliy – yo‘nalganlik darajasi va uni keyingi tezkor rivoji bir butun ajralmas yaxlitlikni tashkil etadi.


XULOSA
Yangi akmeologiya Fani paydo bo‘lar ekan va intensiv rivojlanar ekan odamni bilish fanidagi mavjud yana bir oq dog‘ni yopmodqa. U shundan iboratki akmeologiya odamni butun hayot davomidagi ayniqsa yetuklik bosqichidagi rivojlanish jarayonini har tomonlama yoritib bermodqa.
Ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlarni va ularni bir-birlari bilan o‘zaro aloqada harakat qila turib, ocha borib odamni ijtimoiy aktiv, har tomonlama yo‘nalgan shaxs va o‘zini asosiy mehnat sohasida yuqori sinf oliy darajadagi professional sifatida optimal tashkil toptirdi.
Bir vaqtni o‘zida ijtimoiylikni oliy darajasida va foydalilikni individualligida ular o‘zlarini bosh funksiyalarini amalga oshirishi uchun odamlarni kichik va katta jamoalarini rivojlanishlari, o‘sib borishlari uchun akmeologiya ketma ket va maqsadga muvofiq faktlarni kuzatadi va sistemalashtiradi. Chunonchi ularning mavjudligi o‘ta zarurdir.
Akmeologiyani navatorligi shundaki, u yuqorida nomi keltirilgan vazifalarni yecha borib, ular bilan eng yaqin aloqada, amaliyotni talabalariga javob berib yuqori sinf professionallarni, hamda o‘zini faoliyat profilining odamlariga qarab kichik va katta birliklarni optimal tashkil etishda va keyinchalik ishlab ketishlarini o‘zini strategiyaviy, taktikaviy effektiv ishlab chiqmoqda va qo‘llamoqda.



Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling