1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja


“Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 29.8 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1507423
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu

2. “Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
“Budjet tizimi” fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. “Budjet tizimi” fani bakalavriat bosqichida o’rganilgan “Moliya”, “Budjet tasnifi”, “Budjet hisobi”, “G’aznachilik asoslari”, “G’aznachilikda moliyaviy nazorat”, “Moliyaviy nazorat”, magistraturaning “Davlat moliyasini boshqarish” kabi fanlardan olingan nazariy asoslarga tayanadi.
Shu bilan birga, “Budjet tizimi” fani magistraturadagi qator maxsus fanlarni o’zlashtirish uchun nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.

“Byudjet tizimi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi





“Moliya” fani





“Davlat moliyasini boshqarish” fani





“Byudjet tasnifi” fani





“Byudjet hisobi” fani



“G’aznachilik asoslari” fani





“G’aznachilikda moliyaviy nazorat” fani


“Moliyaviy nazorat” fani




1.1-rasm. “Budjet tizimi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakat­ning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlari asosida va ta’sirida shakllanadi.


Budjet tizimi bu turli darajadagi Budjetlar va Budjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, Budjetlarni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, Budjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek Budjetlar hamda Budjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga kela­digan o’zaro munosabatlar majmuidir. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, Budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud Budjet­lar to’plami (majmui) tushuniladi.
Soddaroq qilib aytganda, Budjet tizimi bu iqtisodiy mu­nosabatlarga, davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishlarning, Budjet munosabatlari­da mustaqil bo’lgan Budjet tashkilotlari muassasalari va maqsadli davlat fondlarining majmuidir.
Budjet tizimi mamlakatdagi turli darajadagi Budjetlar­ni o’zida ifoda etadi. Boshqacha ma’noda, Budjet tizimi Budjet­ning o’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning Budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzi­lishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.



Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling