1-mavzu. “Budjet tizimi” fani predmetining mazmuni Reja


Davlat moliyasini isloh qilish va boshqarishda Budjet tizimining o’rni va ahamiyati


Download 29.8 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1507423
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu

3. Davlat moliyasini isloh qilish va boshqarishda Budjet tizimining o’rni va ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar
“Budjet tizimi” fanining predmeti, fanning maqsadi, fanning vazifalari, budjet tizimi, davlat budjeti, davlat moliyasini boshqarish, iqtisodiy fanlar, Budjet tizimi mexanizmlari.


1.“Budjet tizimi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Ma’lumki, Budjet iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, Budjet - islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi.
Budjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali budjet siyosatining asosini tashkil etadi. Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida budjetning g’azna ijrosiga o’tilishi shuningdek, budjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro budjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezonlari asosida davlat budjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka asoslangan budjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi budjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo’yadi.
“Budjet tizimi” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga Budjet tizimi Budjetlari haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida O’zbekiston Respublikasi Budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o’z predmetini o’rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Budjet tizimi va uning printsiplarini o’rganish;

  • Budjet tizimi qonunchilik asoslarini o’rganish;

  • Budjet tasnifi (klassifikatsiyasi)ni o’rganish;

  • Budjet tizimini boshqarishni o’rganish;

  • Budjet tizimi Budjetlarini o’rganish;

  • davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va xarajatlarini o’rganish;

  • Budjet tashkilotlarining Budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari va xarajatlarini o’rganish;

  • O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini o’rganish;

  • davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlari loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlashni o’rganish;

  • xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni ro’yxatdan o’tkazishni o’rganish;

  • Budjet tizimi Budjetlarini ijro etish tartibini o’rganish;

  • Budjetlararo munosabatlarni o’rganish;

  • davlat Budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb qilishni o’rganish;

  • davlat moliyaviy nazoratini o’rganish.

Mazkur fanning boshqa fanlar singari o’ziga xos predmeti va vazifalari mavjud. «Budjet tizimi» fanining predmeti O’zbekiston Respublikasida Budjet tizimi mexanizmlarini va dastaklarini o’rganishdir.

Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling