1 mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari


Download 104.3 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1457533
  1   2   3   4
Bog'liq
1 - mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari.

1 - mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari.




Reja:



  1. Xo‘jalik hisobi tushunchasi, funktsiyalari va unga qo‘yilgan talablar.

  2. Buxgalteriya hisobining biznesdagi roli, buxgalteriya va biznesda etikaning roli.

  3. Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari

  4. Xo‘jalik jarayonlari. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi.

Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin:





1-chizma. Xo‘jalik hisobining turlari.

Xo‘jalik hisobi turlarini qaysi biridan foydalanish birinchi navbatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonni o‘rganish va kuzatish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan ma’lumotlarni ya’ni, o‘tkazilgan kuzatish natijalarini umumlashtirish tartibiga ham bog‘liqdir.


Operativ (tezkor) hisob. Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi.
Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.


Blits savollar:
1. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob turlarining o’rni va ahamiyati nimada?
2. Xo’jalikdagi qanday hisob turlarini bilasiz?
3. Hisob turlarida qo’llaniladigan qanday o’lchov birliklari mavjud?
4. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tamoyillari nimalardan iborat?
5. Operativ hisobning maqsadi nima?
6. Buxgalteriya hisobi nima uchun yuritiladi?
7. Statistik hisob nimani o’rganadi?
8. Buxgalteriya hisobining funktsiya va vazifalari nimalardan iborat?
9. Buxgalteriya hisobining predmetiga qanday ta’rif beriladi?
10. Buxgalteriya hisobining obyektlari nimalardan iborat?
Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling