1 mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari


- masala. Quyida keltirilgan vaziyatlar bo


Download 104.3 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1457533
1   2   3   4
Bog'liq
1 - mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari.

1 - masala. Quyida keltirilgan vaziyatlar boyicha buxgalter tomonidan amalga oshirilishi zarur bolgan harakatlar va qarorlarni qabul qilish uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobining tamoyillarini aniqlang.

1.Avtomobilning balans bahosi 25 000 000 so’mni tashkil etadi. Kompaniyaga uning uchun 27 000 000 so’m taklif etildi.


2.Kompaniya balans bahosi 400 000 mln. so’m bo’lgan binoni sotishga qaror qildi. Uning bozor bahosi 500 000 mln. so’mdan 600 000 mln. so’mgacha narx oralig’ida o’zgarib turibdi.
3.Kompaniya shubhali deb hisobdan chiqarilgan mijoz qarzini undirib olish bo’yicha kelishuvga erishdi.
Uslubiy ko‘rsatma: Mazkur misolni yechishda asosan moliyaviy hisobning konservatizm tamoyilliga asoslangan holda fikr yuritish zarur. Bu korxonaga ijobiy ta’sir ko’tsatuvchi holatlar eng kech muddatlarda tan olinadi, salbiy ta’sir ko’rsatuvchi holatlar esa ehtimolligi paydo bo’lishi bilan hisobga olinishi kerak.


2 - masala. Xarflar bilan belgilangan quyidagi tamoyillar va sifat tavsiflaridan qaysi biri keltirilgan moddalarni boshqarish uchun qo’llaniladi:
a) o’z vaqtida taqdim etish;
b) solishtirish imkonining mavjudligi;
c) to’liq yoritish;
d) ehtiyotkorlik (konservatizm);
d) baholash;
e) muhimlik;
j) haqqoniy taqdim etilishi.
1. _____ 2019 va 2020 yillarda tovar moddiy zaxiralarini hisobga olishning bir xil usullari qo’llanilishi.
2. _____ Buxgalteriya balans tuzish muddatiga kompaniyaning rasmiy xech qanday majburiyatlari bo’lmasada, sudda kompaniya majburiyati vujudga kelishi mumkinligi haqidagi tushuntirish yozuvlari moliyaviy hisobotlarda keltirilishi.
3. _____ Chakana savdo do’koni oylik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida tovar moddiy zaxiralari to’liq jismoniy hisobini amalga oshirmay, hisob ma’lumotlaridan foydalanishi.
4. _____ tovar moddiy zaxiralari tannarx yoki bozor qiymatidan eng past baho bo’yicha baholanishi.
5. ______ yirik ishlab chiqarish korxonalarida foydalanadigan kichik uskunalarning xarajat sifatida aks ettirilishi.
Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling