1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, metodi, funksiya va vazifalari
Download 143.15 Kb.
|
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati
1.4. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, metodi, funksiya va vazifalari
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Buxgalteriya hisobining predmeti unda hisobga olinadigan ob’ektlar iqtisodiy mazmuni asosida belgilanadi. Har xo‘jalik muomalasi qayd qilinishi lozim. Barcha muomalalar pul qiymatiga ega hamda biznes aloqalar xo‘jalik faoliyati kitobida qayd qilinishi shart. Har bir korxona, daromadli bo‘ladimi yoki daromadsiz, o‘zlarining xo‘jalik muomalalari qaydlariga ishonadi. Shuning uchun qaydlar ilmiy shaklda yozilganligi muhim hisoblanadi. Xo‘jalik muomalalarini aniqlash va qayd qilish jarayoni kitob saqlash yuritish deb ataladi. Kitob yuritishni samarali bajarish uchun, qaydlar guruhlanadi, jamlanadi va daromadlar hisobotidabarter capital hisobotida, balansda va pul oqimlari hisobotida, moliyaviy natijalarda maxsus ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu buxgalteriya hisobi deyiladi, kitob esa hisob-kitobi deyiladi. Bu jarayonlarni boshqarib turadigan sub’ekt esa buxgalter deyiladi.10 Buxgalteriyaning to‘liq ma’nosini ochib berish uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz. Qayd qilish jarayoni muomalalar sodir bo‘lgandan so‘ng aniqlanib amalga oshiriladi. Muomalalar aniq ketma-ketlik va tizimli tarzda qayd qilinadi. Qaydlar vaqt o‘tgani sayin xronologik tarzda amalga oshirilishi kerak. Qayd qilish faoliyati o‘z ichiga qayd qilish, tasniflash va jamlashni oladi. Qayd qilingan va aniqlangan ma’lumotlarni taqdim qilish faoliyati foydalanuvchilarga kimga ma’lumotlar kerak bo‘lsa xabar berish aloqa deb ataladi. Bu ma’lumot moliyaviy holat haqida axborot beradi qaysiki buxgalteriya hisobi ma’lumoti deb yuritiladi. Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazib berish bilan band bo‘lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda metodlari asosida o‘z oldidagi vazifalarni to‘la–to‘kis echib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalar kapitallarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish haqida zarur ko‘rsatkichlarni beradi. Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot muassasa, uyushmalarda yuritilib, ularning xo‘jalik faoliyatini to‘liq yoritib beradi. jamlanib, butun iqtisodiyot bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga asoslanib olib boradi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari haqikiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to’g’ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. Xorijlik olimlar qarashlariga ko‘ra “buxgalteriya hisoi - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati to’g’risidagi axborotlarni o‘lchash, qayta ishlash va yetkazib berish hamda foydalanuvchilarga cheklangan reserslar bo‘yicha mavjud muqobil yechimlardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini yaratish tizimi”11 hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag’lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to’g’ri aks ettirib borishdir. Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag’lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi. Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: – ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli; – alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin: Download 143.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling