1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Download 143.15 Kb.
bet13/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog’liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Korxona va tashkilotlarda qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin, ularning asosiy ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi.
O‘lchov qoidalari buxgalteriya prinsiplari ham deb bilish mumkin. Quyidagilar o‘lchov qoidalari:9

  1. Pul o‘lchovi: Ma’lumotlar moliyaviy shaklda pul qiymatida ifoda etilishi kerak, ya’ni Malayziyada Riggitda va Britaniyada Funtstyerlingda. Pul qiymati o‘zgarmas qilib qabul qilinadi.

  2. Eski narx: Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya kitobi yoki jurnal orderga haqiqatda muomala sodir bo‘lgan vaqtdagi narx bilan qayd qilinishi kerak.

  3. Realizatsiya: Bu konsepsiyasi daromadga bog’liq hisoblanadi qachonki qonuniy ruhsat berilganda 1 ta partiyadan boshqasiga, garchi puli to‘langanmi yoki yo‘qmi.

  4. Muvofiqlik: Yaratilgan daromadlarda sekinlik bilan xarajatlar bo‘lishi va o‘sha davrdagi foyda yoki zararni aniqlashda mutanosiblik bo‘lishi kerak.

  5. Ikkiyoqlama yozuv: Barcha muomalalar hech bo‘lmaganda moliyaviy hisobotbing ikki qismiga ta’siri bo‘lishi kerak ya’ni qabul qilish kerak va ta’sir berishi kerak. Bu ikki yoqlama yozuvning shakli (debit va kredit)

  6. Materialistik: Ma’lumotlar faqat muomalalardan ya’ni qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi materiallar hisobga olinganda so‘ng va hisobga olinishi kerak.




Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling