1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Xo‘jalik hisobi to’g’risida tushuncha va uning turlari


Download 143.15 Kb.
bet9/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

1.3. Xo‘jalik hisobi to’g’risida tushuncha va uning turlari
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi. Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
1941 yilda Amerika buxgalterlar uyushmasi (Amyerican Institut of Syertified Public Accountants-AICPA) tomonidan “Hisob - moliyaviy xususiyatga ega voqea, hodisa va jarayonlarni tasniflash, registrlar, schyotlarda pul birligida qayd etish hamda natijalarni yozuvlarda ifodalash bilan bog`liq sa’natdir ”7, degan ta’rif berilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni rivojlanishi buxgalterdan hisob ishlarini yuritish bilan birga uchki, tashqi foydalanuvchilarga axborot yetkazib berish, rejalashtirish, tahlil qilish va faoliyat natijalari bo’yicha xulosa qilish kabi vazifalarni ham bajarishni talab etmoqda.
Shu bois 1970 yilda Amerika buxgalterlar uyushmasi (Amyerican Institut of Syertified Public Accountants -AICPA) buxgalteriya hisobining funksiyasi “xo`jalik sub’ekti bo`yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur moliyaviy xarakterdagi sifatli axborotlar bilan ta’minlash”8dan iborat degan xulosani bayon etadi.
Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog’liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan sub’ektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash davrida iqtisodiyot hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalent esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to’g’ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan iqtisodiyot hisobi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Xo‘jalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish.
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi. Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag’larini to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to’g’ri foydalanish, korxona xarajatlarini kamaytirishga, mablag’lardan samarali foydalanishga olib keladi.
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi.



Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling