1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja
Download 143.15 Kb.
|
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati
Rossiya maktabi
Fedor Venediktovich Ezyerskiy (1836-1916) – Hisob ilmiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan – rus buxgalteri, hisobshunoslikning uch yoqlama shaklini kashf etgan. U hisobni korxona mablag’larining doiraviy aylanishini aks ettirish uchun etarli bo‘lgan uchta: «Qiymatliklar», «Pullar» va «Kapital» schyotlariga birlashtirgan. Ezyerskiy uch yoqlama hisobshunoslik istalgan vaqtda mulkdorga korxona moliyaviy natijasini taqdim etish va korxona o‘z xarajatlarini qoplaydigan hamda sof foyda olib boshlaydigan sanani belgilashga yordam berishi tufayli ikki yoqlama yozuvning kamchiliklarini bartaraf etadi deb hisoblagan. U tovarlar ustamasini hisobga olish maqsadga muvofiqligini va uni statistik hisob-kitob qilish mumkinligini ko‘rsatgan. Moisey Xaritonovich Jebrak (1889-1962) – rus-sovet buxgalteri, xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kal’kulyatsiyalash me’yoriy (normativ) usulning (“Standard costs” ning variantlaridan biri) asoschisi. Bu usul sanoat korxonalarida keng qo‘llanilgan. Jebrak xarajatlarni tahlil qilish chog‘ida korxona ma’muriyati ularni tayyorlagan buyumlar bilan emas, balki ushbu buyumlarni tayyorlagan mas’ul shaxslar bilan solishtirish lozimligini ko‘rsatgan. U schyotlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra yagona tasniflash tarafdori bo‘lgan. Nikolay Aleksandrovich Blatov (1875-1942) – rus-sovet buxgalteri, ikki yoqlama yozuvlarni ayirboshlash qonuni asosida ob’ektiv talqin etish tarafdori, bu yondoshuvni asoslovchi maxsus model ixtirochisi. U balanslar va buxgalteriya schyotlarini to‘laroq tasniflagan. Shuningdek, xronologik yozuv (jurnal) sistematik yozuv (Bosh daftar)ga va analitik hisob sintetik hisobga qaraganda muhimroq degan fikrni asoslagan. Buxgalteriya hisobining asosi schyotlar tizimidan iborat, balans inventar ro‘yxatlarga emas, balki schyotlar tizimiga asoslanadi deb hisoblagan. Aleksey Pavlovich Rudanovskiy (1863-1934) - rus buxgalteri, statikani (balansning o‘zini) hamda dinamikani (moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni u byudjet deb nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga olinadigan ob’ektlarni qayta baholashga yo‘l qo‘ymaslikka ahd qilgan, natijaviy schyotlardan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Bilvosita xarajatlarni ular qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o‘chirilishini talab qilgan, fond degan buxgalterlik kategoriyasini (kapital o‘rniga) qo‘llashni asoslagan, bosh buxgalter faqat yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysinishi va hech qachon istalgan bo‘g‘in rahbariga bo‘ysinmasligini isbotlagan. Yerik Karlovich Gilde (1904-1983) – rus-sovet buxgalteri, modellashtirishni xo‘jalik faoliyatini bayon qilish vositasi sifatida o‘rgangan, xarajatlar hisobi va haqiqiy tannarx kal’kulyatsiyasi vazifalari o‘rtasidagi prinsipial farqlarni hamda keyingisining shartli tavsifga ega ekanligini ko‘rsatgan va uni amalda qo‘llashdan voz kechish haqida xulosa qilgan. Gilde barcha hisob ob’ektlarining axborot oqimlari bilan kirish-chiqish sxemasi bo‘yicha bog’liqligini ko‘rsatgan va buxgalteriya hisobini butun korxona boshqaruv tizimining asosiy vositasi sifatida o‘rgangan. Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938 yilda tug‘ilgan) – buxgalterlar sulolasining uchinchi avlodi, rossiya professional buxgalterlari institutining prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo‘yicha idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959 yili F.Engels nomli Leningrad savdo institutining hisob-iqtisod fakultetini tamomlagan. 1976 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning kuzida unga profesor ilmiy unvoni berilgan. Uning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya hisobining fundamental asoslarini va uning rivojlanish tarixini tadqiq qilish bilan bog’liq. Ya.V.Sokolov 300 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi AQSh, Xitoy, Shveytsariya, Polsha, Chexiya va dunyoning boshqa mamlakatlarda chop etilgan. Ya.V.Sokolov o‘quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilishga katta e’tibor berib kelmoqda, ommaviy axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan chiqishlari bilan qatnashmoqda. Download 143.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling