1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati Reja


Download 143.15 Kb.
bet6/20
Sana11.02.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1189396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati

Anglo-Amerika maktabi
XIX asr boshlarida buxgalteriya hisobining anglo-Amerika maktabi tez rivojlana boshlagan. Uning yorqin namoyondalari sifatida I.Garrison I.Fishyer, Dr.Skott, R.X.Montgomyeri, I.E.Shprut, V.E.Paton, D.O.Mey kabilarni ko‘rsatish mumkin. Buxgalteriya hisobi nazariyasining rivojlanishiga Amerikalik olimlar I.Fishyer va D.Skottlar katta ulush qo‘shgan.
Irving Fishyer (1867-1947) – Amerikalik iqtisodchi, uning asosiy asarlari pul muomalasini tahlil qilish va indekslar nazariyasi bilan bog’liq. U buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona xo‘jalik mexanizmining muvozanatini ushlab turish uchun zarur, bunga foydani hisoblab chiqarish va uning moliyaviy natijasini baholash orqali erishiladi deb hisoblagan. Irvingning fikricha, moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot – sabab, balans esa uning oqibatidir. Hisobchilikning barcha ob’ektlari xarid kuchi birliklarida ifodalangan bo‘lishi lozim. Bunga baholar indeksidan foydalanish orqali erishiladi. Balans aktivi – bu korxona kapitali, uning ko‘lami unga qancha mablag’ qo‘yilganligi bilan emas, balki u qancha foyda keltira olishi bilan o‘lchanadi. Soliq faqat foydadan olinishi kerak, mulk solig’i ishlab chiqaruvchi kuchlarning noo‘rin sarflanishini bildiradi.
Dr. Skott (1887-1954) – Amerikalik sotsiolog, hisobchilik vazifasini mulkdorlar (eng avvalo, aktual va potentsial aksiyadorlar) manfaatlarini himoyalash va korxonada band bo‘lgan shaxslar faoliyatini nazorat qilish deb bilgan. U balans xo‘jalik faoliyatining sababi, moliyaviy natija to’g’risidagi hisobot esa oqibati, chunki kapital foyda keltiradi, aksincha emas deb hisoblagan. Balans passivi – bu kapital, aktivi bu mol-mulklar ro‘yxati; mol-mulklar ular qancha pul to‘langan bo‘lsa, shuncha qiymatga ega. Skott hisobchilikning milliy standartlarini ishlab chiqishga turtki bo‘lgan to‘rtta postulat (faraz) yaratgan (haqiqiylik, hissiyotga berilmaslik, moslashish va izchillik). U soliq foyda (oqibat)dan emas, capital (sabab)dan olinishi mumkin deb hisoblagan.
Robyert Xaystyer Montgomyeri (1872-1953) – Amerikalik buxgalter, zamonaviy audit asoschisi. Hisob sohasida u dividendlar – bu foydaning bir qismi, korxona xarajatlari emasligini ko‘rsatgan. U balans moddalarini baholashda ehtiyotkorlik (konservatizm) prinsipining zarurligini asoslagan; buxgalteriya muomalalarini standartlashtirish va audit o‘tkazishda hisobotda taqdim etiladigan va auditor tomonidan tekshiriladigan ma’lumotlar haqiqiy holatni etarli darajada aks ettirishi lozimligini ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib hisob kasbi egalarining professional ahloq kodeksini ishlab chiqishni taklif etgan.

Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling