1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Download 343.36 Kb.
bet44/54
Sana16.04.2023
Hajmi343.36 Kb.
#1360140
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Ikkinchi variant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) kreditda bo‘lib, debet oboroti esa boshlang‘ich kredit qoldiq va kredit oboroti summasidan kichik bo‘lganda, uning matematik modeli quyidagicha bo‘ladi:
S'kt+KOto-DOto=S''kt, (7)
Agar debet oboroti boshlang‘ich kredit qoldiq (saldo) va kredit oboroti summasidan katta bo‘lsa, u holda qoldiq debetda qoladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalalarini qayd qilish xronologik va sistematik tartibda amalga oshiriladi.
Xronologik4 yozuv deb, xo‘jalik muomalalalarining sodir bo‘lish ketma-ketligiga ko‘ra qayd qilishga aytiladi.
Sistematik yozuv deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schotlar tizimi bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi.
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara beradi. Hisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik yozuv deyiladi.
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini tuzish va ularni schotlarga tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu ishlarning syermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ikki yoqlama yozuvning mohiyatida mujassamlashgan «eng buyuk kashfiyot»ning qadr-qimmatini amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. Birinchidan, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar bo‘yicha summalarni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va qoldiqlarni chiqarishda xatolaring oldi olinadi hamda shu bilan birga xo‘jalik muomalalarining to‘liq ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi xodimlar o‘rtasida o‘zaro nazoratni ta'minlaydi.
Uchinchidan, schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik muomalasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
To‘rtinchidan, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur bo‘lgan jarayonda yig‘ib borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni yaratiladi. Bunda xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga hisob jarayonining syermehnatligi pasayadi.



Download 343.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling