1-Mavzu: Buxoro amirligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qo`qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi
Download 46.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqЎзбекситон тарихи
QO'QON XONLIGI
Minglar urug'idan bo'lgan yirik zodagon Shohruhbiy Chodak xo'jalari yordamida Farg'ona vodiysida Buxoro amirligidan mustaqil bo'lgan mavqeyini egallab, 1709-yilda Qo'qon xonligiga asos soladi. Ayrim adabiyotlarda Qo'qon xonligining hukmdorlari mahalliy yuqori tabaqa vakillari, ruhoniylar va mashhur Xo'ja Ahror Valiy avlodlaridan bo'lgan deb hisoblaydilar. Tarixchi Haydarbek Bobobekovning ta'kidlashicha barcha musulmon tarixchilari va ayrim rus mualliflari Qo'qon xonlari sulolasini Oltin Beshik bilan, u orqali Bobur bilan bog'laYdilar.! Qo'qon xonlarining nasabnomalarini Oltin Beshik rivoyati bilan bog'liqligi Niyozmuhammadning «Tarixi Shohruhiya», Mirzo Olim Mushrifning «Ansabu savalotin va tavorixul havoqin», Muhammad Solih Toshkandiyning «Tarixi jadidai Toshkand», Fozilbek Otabek o'g'lining «Mukammali tarixi Farg'ona», V.Nalivkinning XIX asr 80-yillari o'rtalarida Qozonda chop etilgan «Qo'qon xonligining qisqacha tarixi» (< Toshkentning qo'lga kiritilishi Qo'qon xonligining kuchqudratini va salohiyatini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Chunki u mintaqaning eng yirik shahari edi. Undan boshlab taxt egalariga odatdagidek «biy» emas, balki «xon» unvoni beriladigan bo'ladi. Ayrim mahalliy manbalarga ko'ra, Olirnxon nihoyatda qattiqqo'l va shafqatsiz kishi hisoblangan. «Bu Olimxonning laqabi - deyiladi manbada, - Zolimxon edi. U o'z amakisi Hojibekni qatl qilib ko'p zulmlar chiqargan ediki, buni g'azabindan va zulmindan ZoIimxon ismi mashhur edi .. ».1 Umarxon xonlik qilgan davr (1810-1822) da Qo'qon xonligi hududlari yanada kengaytiriladiTurkiston shahri va qozoq dashtlarining kattagina qismini egaUab oidi. Toshkent, Buxoro va Xivadan Orenburgga boradigan karvon yo'llari tutashgan joyda Oqmachit (hozirgi Qizil O'rda), Cho'Ioq va So'zak qal'alari quriladi. Umarxon 1817-yilda O'ratepani egallaydi. 1818-yili u «Arnir al-muslimin» unvonini oladi. Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida bir qator ijobiy va foydali ishlar amalga oshiriladi. DavIat isWari tartibga solinadi. Qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va savdo bir qadar rivojlanadi. Umarxon fan, maorif va madaniyatga katta e'tibor beradi. Uning o'zi shoirlik qobiliyatiga ega edi. Shu! bois xonlikning saroyida ijod ahlining yetuk namoyondalari makon topgan edilar. XaIq maorifi ham ancha taraqqiy etadi. Bir qancha madrasa va maktablar, shu jumladan, qiz boialar uchun alohida maktablar ochiladi. Bunday oliyjanob ishlarni amalga oshirishda Umarxonning urnr yo'ldoshi, o'z davrining oqila va dono mutafakkiri, ijodkor shoira Komila - Mohlaroyimning ta'sin va xizmati beqiyos kattadir. U o'zbek adabiyotida Nodira taxallusi bilan nom chiqargan. Umuman, Umarxon hukmdorligi vaqti qo'qonlikIaming eng kuchaygan davri bo'ldi. Bunday hoI uning o'g'Ii Madalixon davrida ham ko'zga tashlanadi. Qo'qon-Buxoro munosabatlari. Umarxon vafot etgach, taxtga uning 12 yashar o'g'li Muhammad Alixon (Madali) (1822-1842) o'tiradi. Muhammad Alixon davrida dahshatli bosqinchilik urushlari davom etadi. 1834-yilda Qo'qon askarlari Qorategin, Ko'lob va Darvozni egallaydilar. 1826-1 829-yillarda Qashg'arga qarshi bir necha bor yurishlar uyushtiriladi. Qo'qon - Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning dushmanlari, ya'ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko'tarib chiqishga botina olmay, yordam so'rab Buxoro amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Vlar Muhammad Alixonni o'z o'gay onasiga uylangan, kofir deb e'lon qiladilar. 1840-yilda Qo qon bilan Buxoro o'rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag'lubiyati bilan yakunlanadi. Qo'qon xoni o'zini Buxoro amiriga to be deb tan olishga, Xo'jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo ladi. V ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842-yili taxtdan voz kechadi. 1842-yil amir Nasrulloxon yana Qo'qon ustiga lashkar tortib keladi. V shaharni egallab yondiradi, xalqni talaydi. Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'ziniog «Mehrobdan chayoo» romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo'qon xooligiga vahshiylarcha yurish qilib, shahar va qisWoqlarni yondirib xonavayron qilgani va ming-minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to'kkaoligini juda ko'plab dalillar asosida va badiiy bo yoqlarda yoritadi. (Nasrullo xon o'rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so'ydiradi. Har ikkala tomondan ko'plab odam qiriladi. Shular qatorida Muhammad Alining onasi, mashhur o'zbek shoirasi MoWaroyim (Nodirabegim), uning eng yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o'ldiriladi. Nasrulloxon Qo'qon xonligini Buxoro amirligiga qo'shib olingaoligini e'lon qiladi. Qo 'qonga Ibrohim dodxohni noiblikka va boshqashaharlarga o'ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib ketadi. Ammo oradan uch oy 0 tgach 1842-yilning yozida Qo'qonda Ibrohim dodxohga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag'darib tasWanadi. Qo'zg'olonda asosiy rol o'ynagan qipchoqlar Qo'qon xonligida yetakchi mavqeyiga chiqib oladilar. Norbo'tabiyning ukasi Sherali (1842-1844) xon qilib ko'tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo jandga qochib ketadi~ Xonlikning taxtiga Sherali o'tirgan bo'lsa-da, lekin amalda barcha davlat isWarini Mingboshi etib tayinlangan qipchoq qabilalarining bosWig'i Musulmonqul olib borardi. Qo'shin ham uning ixtiyorida edi. Chunki qo'shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng mas'uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasrulloxon o'z mavqeyini tiklash maqsadida 1842-yilda Qo'qonga yana qo'shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to'g'risida xabar yetib kelgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo'ladi. Xo'jand va Toshkent yana Qo'qon xonligiga o'tadi. Qo'qon xonligi o'zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga muvaffaq bo'ladi. Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlarmuhim lavozimlarni egallab olib 0 'zbek, qirg'iz, tojiklar ustidan o'z hukmronligini o'tkazmoqchi bo'ladilar. Shu sabab xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutulish yo'lini izlay boshlaydi. Bundan xabardor bo'lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini maxfiy yig'inga chaqirib, Sheralixon o'rniga yangi xon qo'yishni taklif.etadi. Shu bilan bir qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qarshi bo'lganlarni ham yo'q qilishni rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi. Soliqlar haddan tashqari oshib ketishidan norozi bo'lgan o'shliklar qo'zg'olon ko'taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo'lgan Musulmonqul Qo'qondagi mavjud qo'shin bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostirmoqchi bo'ladi. Uning yo'qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib marhum Qo' qon xoni Olirnxonning o'g'li Murodxonni Qo'qonga olib kelib taxtga o'tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o'tirgandan so'ng qipchoqlarga qarshi bo'lganlar shubhasiz Murodxonni qo'llab-quvvatlashlari 10zim edi. Musulmonqul esa qo'shinlar bilan kelib Qo'qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi. Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo'qon qo'shinlari bilan qo'zg'olonni bostirgani O'shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo'naydi. Ammo, Musulmonqulning rejasini bilmagan Shahrixon hokimi o'zining qo'shinlari bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O'shga kelib yana kO'plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo'qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tushunib Murodxonni o'zi taxtga o'tkazdiradi va uni ko'pchilik oldida tabriklaydi. Ko'plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug'i bilan kechasi Sheralixon o'ldiriladi. So'ngra Musulmonqul o'z lavozimida qolganligi haqida farmon chiqarilib O'shga yuboriladi. Musulmonqul «mamnunlik), bilan farmonni qabul qiladi va Qo'qon tomonga qarab salom beradi. Qo'shinlari bilan Namanganga kelib o'zining 12 yashar qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorga nikoh qilib beradi. So'ngra Qo'qonga kelib Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi. Shunday qilib Musulmonqul Sheralixondan va o'zining raqiblarining ko'pchiligidan qutuladi. Y osh Xudoyorni Qo'qon xoni deb e'lon qiladi. Xon yosh bo'lganligi tufayli xonlikni boshqarishni Musulmonqul o'z qo'liga oladi. Xonlikda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi. Qipchoqlarga, ayniqsa, Musulmonqulga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Vaziyatni yumshatish uchun qipchoqlarning boshliqlari Musulmonqulni mingboshilik lavozimidan bo'shata-dilar. Shu davrda Rossiya qo'shinlari Qo'qon xonligining shimolida joylashgan Oqmachit qal'asini bosib olgan edilar. Musulmonqul rus qo'mondonining rasmiy vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Musulmonqulning raqiblari bundan xabardor bo'lib, u fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko'rishda gumonsiralib, ulg'ayib qolgan Xudoyorxon bilan ke1ishilgan holda 1853-yili qipchoqlar qirg'inini uyushtirishadi. Natijada 20 ming qipchoq qirib yuboriladi, Musulmonqul dorga osiladi. Ana shu davrdan e'tiboran Xudoyorxon o'zi mustaqil davlatni boshqara boshladi. Uning davrida zulm-zo'ravonlik· kuchayadi. Xudoyorxon Qo'qon taxtiga oraliq tanaffus bilan uch marta o'tiradi. Birinchi marta 1845-yildan 1858-yilgacha bo'lib, 1853-yilgacha taxtni asosan Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esa uning qo'lida qo'g'irchoq edi. Biroq Xudoyorxon ham Qo'qon taxtida uzoq qola olmadi. Xalq ommasining noroziligidan foydalangan Xudoyorxonning akasi Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko'taradi va 1858-yilda Qo'qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, qirg'izlar qo'llab-quvvatladilar va yana hokimiyat tepasiga keladilar. Mallaxon o'z hukmronligi davrida (185S--1862) Qorateginni o'ziga to be qilib oladi. Bu davrda Buxoro amiri Qo'qon xonligining Xo'jandgacha bo'lgan hududlarini egallab olgan edi. Endi u Qo'qondagi ichki o'zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo'lga kiritish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligida qo'shin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og'ir ekanligini tushunib Marg'ilon hokimi Qanoatshoh rahbarligida Qorateginga qo'shin jo'natadi. Qorategin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon tor-mor qilinadi. 1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo'shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Viar ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qiIib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so'ng rus qO'shiniari To'qmoq va Pishpakka hujum qiIadiIar, bu joylarni vayron qilib xalqni taiaydilar. Mallaxon yana qo'shin to'plab himoya choralarini ko'rishga majbur bo'ladi. Bo'lgan voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dodxoh va yo'ida unga qo'shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo'qon qo'shinlari yo'lga chiqdilar. Viar Olmaota, To'qmoq va Ashtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo'shinlarining harakatini to'xtatishlari kerak edi. Qo'qon qo'shinlari rus askarlarini o'rab oldilar. Shu paytda qo'shinga qo'mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o'rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqiniarcha orqaga chekinadi. Qozoqlar hamjang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal'asini egallaydi. U Olmaota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko'chiradi va qolgan kuchlami orqaga qaytaradi. O'zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.l Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o'rniga q ozoq larni talash bilan ovora bo'ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg'a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo'shildik degan. Mallaxon ham Qo'qon taxtida uzoq qola olmadi. U 1862yilda uyushtirilgan saroy to'ntarishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo'ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o'g'li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o'tiradi. Bu hodisa Qo'qon xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo'ladi. Toshkent hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo'qon xonligining dushmanlaridan biri, Sangzor qal'asini egallab turgan sobiq O'ratepa hokimi Abdulg'afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom, Zomin, O'ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez orada amir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo'jandni, so'ngra Qo'qonni egallaydi va 1862-1863-yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg'ona vodiysining sharqiy hududlarida o'zining to'la hukmronligini o'rnata olmaydi. Mullo Alimqul boshchiligida qipchoqlar 1863-yilda Xudoyorxon va amir Muzaffar qo'shinlarini Qo'qonni qoldirib Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863-yil iyuldan 1865-yil iyulgacha taxt vorisligini Mallaxonning o'g'li Sulton Saidxon suradio Bu davrda hokimiyatni amalda Mulla Alimqul boshqaradi. Buning natijasida Qo'qon xonligida qipchoqlarning ta'sir kuchi tag'in ham ortadi. Yuqori martabali lavozimlardan o'zbeklar chetlashtirilib, ularning o'rniga qipchoq va qirg'izlar qo'yiladi. 1865-yilda Toshkent uchun Rossiya qo'shinlari bilan bo'lgan jangda Mulla Alimqul qahramonlarcha halok bo'ladi. Sarkardasiz qolgan Qo'qon qo'shini chekinishga majbur bo'ladi, bir qismi esa Toshkent shahriga kirib berkinadi. Rus qo'shinlari qattiq janglardan so'ng Toshkentni bosib olishga erishadi. Amir Muzaffar yordamida Xudoyorxon uchinchi marta hokimiyat tepasiga keladi va u 1865-1875-yillarda, to ruslar Qo'qon xonligini batamom bosib olgunga qadar hukmronlik qiladi. Shunday qilib «Tarixi jahonnomai» muallifining yozganlariga ko'ra, Qo' qon xonligida so 'nggi 27 yil mo ba ynida bo 'lgan voqealar amirlar, xonlar, sultonlar, beklar va hokimlar o'rtasidagi o'zaro mantiqsiz urushlar va kurashlar xalqni xonavayron qiladi, xon~ likning inqiroz va uzlat uzra yuz tutishiga sabab bo'ldi. Bundan dushmanlar, Rossiya bosqinchilari foydalandilar va Qo'qon xonligini o'z mustamlakalariga aylantirib, xalq ommasi boshi uzra istibdod va zulmni kuchaytiradilar. Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «O'tkan kunlar» romanida Qo'qon xonligining so'nggi yillaridagi ijtimoiysiyosiy voqealarini badiiy ravishda quyidagicha tasvirlaydi:» Maqsadlari juda ochiq!» - deydi hoji. Bittasi mingboshi bo'lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o'rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o'ziga qaram qilmoqchi ... Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyati yo'lida, bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi ... Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egalJar va biz bo'lsak o'z qo'limiz bilan kelgusimizni rus qo'liga qoldirgan bo'larmiz». Download 46.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling