1-mavzu. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixining predmeti va metodlari Reja
Download 86 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi davrni
Ikkinchi davri 1937-1959 yillarni tashkil qiladi. Bu yillarda hukumatning oliy hamda o‘rta ta’lim tizimini takomillashtirish haqidagi tadbirlari ishlab chiqilib, huquqiy – tarixiy fanlarni yanada rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Tarix darsliklari haqidagi 26 yanvar 1936 yildagi hamda oliy o‘quv yurtlari ustidan rahbarlik va oliy o‘quv yurtlarining ishlari haqidagi 23 iyun 1936 yilgi qarorlari chiqdi. Bu hujjatlar oliy o‘quv yurtlari, o‘qitish tizimidagi chet mamlakatlar davlat va huquq tarixi kursini mustaqil mavzu, dars sifatida joriy etishga asos soldi. Respublikamiz oliy yuridik o‘quv yurtlarida ham ana shu yillardan boshlab maxsus kurs sifatida o‘qitila boshlandi.
Uchinchi davrni 1960-1961 yillar tashkil qiladi. Bu davrda davlat va huquq tarixi bo‘yicha ko‘plab nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlari himoya qilindi. Davlat va huquqning umumiy tarixini o‘rganish ancha rivojlanib, monografiya va risolalar, maqolalar nashr qilindi, hamda P.N.Galanza., Z.M.Chernilovskiy., K.G.Fedorov., N.A.Seleznyov kabi olimlar tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozildi. Hozirda ushbu fan va o‘quv kursi o‘z taraqqiyotining to‘rtinchi davrini boshdan kechirmoqda, yangi – yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilmoqda. Bu fanning respublikamizda o‘qitilishini takomillashtirish va birinchi o‘quv-metodik qo‘llanmasini yozish tajribasi ToshDU huquqshunoslik fakulteti dotsentlari X.S.Samatova va U.M.Ahmadjanovlarga taaluqlidir. Nomlanishi haqida shu narsani ta’kidlab o‘tish lozimki, ayrim olimlar uni «Chet mamlakatlar davlat va huquq tarixi», ayrimlari «Davlat va huquqning umumiy tarixi» deb nomlashni taklif qiladilar. Shuning uchun ham u 1949 yilgacha «Davlat va huquqning umumiy tarixi», undan keyin 1963 yilgacha «Davlat va huquq tarixi», 1963 yildan «Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi» deb yuritila boshlandi. Hozirda chet el olimlari tomonidan «Huquq va davlatning umumiy tarixi» deb atash (V.G.Grafskiy) taklif etilmoqda. Mamlakatimizda, 1999 yilda o‘qish jarayoniga joriy etilgan o‘quv-uslubiy hujjatlarda va shu yili nashr etilgan darslik ham «Chet el» o‘rniga «xorijiy» degan arabiy atamani qo‘llab, «Xorijiy mamlakatlar davlat va huquq tarixi» deb nomlandi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling