1-mavzu. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixining predmeti va metodlari Reja
Download 86 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1.Fanning predmeti tushunchasi. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi tarixiy – huquqiy xarakterdagi ijtimoiy fandir
1-MAVZU. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixining predmeti va metodlari Reja Fanning predmeti tushunchasi. Fan, o‘quv kursining maqsad va vazifalari. O‘rganish uslublari va tizimi. Tayanch iboralar Tarixiy huquqiy fan. Uning ỹziga xosligi. Ahamiyati. Predmeti tushunchasi. Maqsad va vazifalari. O‘rganish uslublari. Dialektik va sotsiologik yondashuvlar. Maxsus va umumiy uslublar. Tarixiy-huquqiy uslub. O‘quv kursining tuzilishi. Tizimli yondoshuv. sivilizatsiyali yondoshuv. O‘quv kursining rivojlanishi va nomlanishi. 1.Fanning predmeti tushunchasi. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi tarixiy – huquqiy xarakterdagi ijtimoiy fandir. Uning mavzui tushunchasini aniqlashda davlat, jamiyatning o‘z hokimiyatini butun mamlakat doirasida barchaga yoyadigan, majburiy xohish iroda, erkka asoslangan normalar yaratadigan maxsus boshqaruv va majburlov apparati hamda suverenitetga ega bo‘lgan yagona tashkilot ekanligi, huquqning esa boshqa ijtimoiy normalardan (odob, axloq, udumlardan) farq qiladigan davlat tomonidan sanksiyalangan, qonun sifatida mustahkamlangan, sud qarori va davlat hokimiyatining boshqa aktlari tarzidagi umum majburiy hulq – atvor qoidalaridan iborat ekanligi haqidagi nazariy xulosadan keltirib chiqarishimiz lozim. Mazkur fan va o‘quv kursining predmeti (o‘rganish mavzui) to‘g‘risida olimlar tomonidan berilgan ko‘pgina ta’riflar bor. Bizning fikrimizcha prof. P.N.Galanza tomonidan 1963 yilda berilgan ta’rifda mazkur fanning mavzusi birinchi bor aniqlashtirilgandir. «Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi» fanining mavzusi mamlakatimizning hozirgi chegarasidan tashqaridagi har bir mamlakatda yashayotgan xalqlarda, ma’lum konkret tarixiy sharoitda, davlat va huquqni vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini alohida – alohida tarixan ketma – ketlikda o‘rganishdan iboratdir. Undan keyin berilgan ta’riflar, mazkur fan mavzuining u yoki bu qirralariga ustunlik berib, uni to‘ldirib boradi. Shunday qilib, «Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi» fani (hamda o‘quv kursi) jahonning alohida olingan mamlakatlarda, konkret tarixiy sharoitda davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanish jarayonini ushbu protsesslarning umumtarixiy qonuniyatlarini hamda konkret jamiyatning rivojlanishida muhim bosqich bo‘lgan o‘sha tarixiy davr doirasida harakatda bo‘lgan qonuniyatlarni ochish asosida ularni xronologik ketma-ketlikda o‘rganadi. Bu fan turli tipdagi davlatlarning vujudga kelishi va ularning sabablari, rivojlanish davrlari, ularning inqirozi, konkret davlatning huquq tizimi, uning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini ularga mansub bo‘lgan shakllarini izohlab o‘rganadi. Davlatning ichki va tashqi faoliyatini amalga oshirilishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling