8-ma`ruza REJA: Bank tizimi- bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko’rsatish shaklidir. - Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, akciyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Akciyador banklar akciyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi akciyador banklar bo’lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish akciyalarni sotib olish yo`li bilan amalga oshiriladi. Xuquqiy va jismoniy shaxslar banklarning akciyalarini sotib olishi va akciyadorlar bo’lishi mumkin.
- Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
- Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin.
- Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo`linadi.
Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari. - O’zbekiston Respublikasining N 216-I “Banklar va bank faoliyati to’grisida” gi Qonuni hamda "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida"gi Qonun, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
- Ushbu qonunlarda bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga ta’riflar keltirilgan. Unga ko’ra bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb xisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag`lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to’lovlarni amalga oshirish.
- Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sugu’rta faoliyati bilan shug`ullanishga xaqli emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |