1-mavzu. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixining predmeti va metodlari Reja


Fan va o‘quv kursining maqsad va vazifalari


Download 86 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi86 Kb.
#1164525
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

2. Fan va o‘quv kursining maqsad va vazifalari
Yuridik fanlar tizimida ushbu- tarixiy-huquqiy fan va ỹquv kursining boshlang‘ich kurslarda ỹrganilishidan maqsad, huquqshunoslik ixtisosligiga kirib kelayotgan talabada davlat-huquqiy masalalarni ỹrganishga tarixan yondashish, tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida vujudga kelib faoliyat kỹrsatgan davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi va huquqi bilan tanishtirish, huquqiy yodgorliklar va atamalar bilan tanishtirib, tarixiy-huquqiy bilimlarini shakllantirish hamda keyingi bosqichlardagi umumkasbiy va ixtisoslik kurslarini ỹzlashtirishlarda tayanch bilimlarni hosil qilishdir.
Huquq tarixining birinchi navbatdagi vazifasi, huquqni o‘rganishning barcha metodlaridan foydalangan holda alohida olingan yuridik faktlarni ustun darajada, huquqda bo‘lgan o‘zgarishlarni tushuntirib berish maqsadida, shuningdek, bu faktlarni tarixiy o‘zaro aloqadorliklarini, huquqni dinamik tadqiq etish maqsadida voqeaning rivojlanishi sababiy bog‘lanishini ochib berish bo‘lsa, uning ikkinchi vazifasi, o‘tmish huquqini statik tarzda tadqiq etishdir.
Talaba bu fanni o‘rganishda Osiyo va Afrika, Farbiy Yevropa hamda Amerika davlatlari va huquqining asosiy manbalari bilan yaqindan tanishadi. Bu fanning, shuningdek, o‘quv kursining vazifasi eng avvalo tarixga nisbatan, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishdan iboratdir. Uni o‘rganish, talabalarning davlat va huquq masalalaridan yanada kengroq ravishda umumiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi, huquqshunoslikning boshqa darslarini chuqur o‘zlashtirishga imkon yaratadi.


3. O‘rganish uslublari va tizimi.
Uning metodologik asoslariga kelganimizda, hozirgi vaqtda tarixga nisbatan monistik – materialistik qarashlardan voz kechish,metodologik ko‘p xillik (plyuralizm) tobora keng yoyilmoqda. Bu fan o‘rganadigan ob’ektning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, uning asosiy metodlari konkret – tarixiy, qiyosiy-huquqiy va tizimli o‘rganish usublaridan iboratdir. Shu bilan birga mazkur fanning xususiy ilmiy va maxsus uslublari ham mavjud.
Huquq tarixi, bitta milliy huquq tarixi hamda uning bo‘limlaridan tortib, ko‘plab xalqlarning huquq tarixi, huquqning umumiy tarixidan ham iborat bo‘lib tor yoki keng xarakterli ham bo‘lishi mumkin.
Ushbu fan o‘z predmetini o‘rganishda, davlat va huquq masalalariga ularni doimo taraqqiyotda, rivojlanishda va o‘zaro aloqadorlikda olib dialektik uslubda yondoshadi.
O‘zaro aloqadorligi mo‘him ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha milliy huquqiy tizimlarni o‘rganish, shuningdek huquqning umumiy tarixini o‘rganish, alohida faollik kasb etadi. Chunki, u bunday o‘zaro aloqalarni ham, bir huquqiy tizimni ham ikkinchisiga ta’sirini ham o‘rganadi. Ana shu o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan bir-biriga ta’sir va aks ta’sir etadigan alohida olingan milliy huquqiy tizimlarni tushuntirishga yordam beradi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling