1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Davlat xizmatini o'tash tushunchasi va tartibi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Davlat xizmatini o'tash tushunchasi va tartibi
Davlat xizmati huquqiy institutida — davlat xizmatini o'tash asosiy element bo'lib hisoblanadi. Bu davlat-xizmat munosa batlarining vujudga kelishi bilan, ya’ni xizmatchining tegishli lavozimni egallashi, lavozim bo'yicha harakatlanishi, xizmatchilar- ning faoliyatini baholash va attestatsiyadan o'tkazish hamda davlat- xizmat munosabatlarining tugashi bilan bekor bo'luvchi jarayondir. Davlat xizmatini o'tash instituti — boshqaruv apparatiga xodimlami tanlashdan, xizmat bo'yicha harakatlanishni amalga oshirishdan, davlat xizmatidan bo'shatish uslublarini o'rnatish va amalga oshirishdan boshlanadi.2 Yuqorida ko‘rsatib o'tganimizdek, davlat xizmatini o'tash dav lat xizmati huquqiy institutining ichki instituti bo'lib, quyidagilarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigindisidan iboratdir: 1) davlat lavozimini egallash; 2) turli davlat organlari xodimlarining maxsus professional tayyorgarligi; 3) o'rindoshlik; 4) xizmatchilar tomonidan o‘zlarining mansab majburiyat larini bajarishi va huquqlarini amalga oshirishi; 5) malaka darajalarning, maxsus unvonlaming berilish tartibi; 6) xizmatchilami rag'batlantirish va ulami javobgarlikka tortish; 7) davlat xizmatchilarining attestatsiyasi; 8) xizmat bo'yicha harakatlanish; 9) xizmatning sharoitlari; 10) davlat xizmatchilarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi (kafo latlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar); 11) davlat xizmatining tugashi asoslari va uslublari. D.M.Ovsyankoning fikricha, davlat xizmatini o'tash ikki tur- dagi huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Bu huquqiy aktlar bir- biridan yuridik oqibatlarni vujudga keltirishi bilan farqlanadi. Birinchi huquqiy akt — bu normativ huquqiy aktlar boiib, ular orqali barcha fuqarolar tomonidan o'taladigan davlat xizmatining umumiy tartibi •o'matiladi. Normativ aktlar orqali davlat xizmatiga qabul qilish tartibi, sinov muddatini o‘tash, attestatsiya o'tkazish tar tibi, davlat xizmati sharoitlarining xususiyatlari, mansablami egallash, malaka darajalami, ilmiy unvonlami berish va boshqa masalalar bel gilab beriladi. Ikkinchi huquqiy akt — bu individual (yakka tartibdagi yoki ma’muriy) aktlar. Individual aktlar aniq bir fuqaro uchun davlat- xizmat huquqiy munosabatlarini vujudga keltirishda, o'zgartirishda va bekor qilishda yuridik fakt sifatida xizmat qiladi.1 Davlat xizmatini o'tash davlat xizmati institutining asosiy elementi boiib, unda davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi amalga oshiriladi. Davlat xizmatini o‘tash - siyosiy va ma’muriy davlat lavozimlarini toidirish faoliyati boiib, davlat ma’muriyatida mansablarning davlat xizmatchilari o'rtasida ketma-ketlikda alma shinuvini, davlat-xizmat huquqiy munosabatlari o'zgarishini o'z ichiga oladi. Har bir davlat xizmatchisi yakka tartibdagi lavozim (xizmat) yo'nalishiga egadir. Shuning uchun ham amalda davlat xizmatini o'tash ham individualdir.1 O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan davlat xizmatiga qabul qilishning, sinov muddatini o'tashning tartibi, davlat xizmati sharoitlarining o'ziga xos xususiyatlari, xizmatchilarni attestat- siyadan o'tkazish tartibi, davlat lavozimlarini egallash va boshqalar belgilab berilganclir. Amaldagi qonunchilikka binoan davlat xizmatiga kirish huqu qiga., qoida bo'yicha, davlat tilini biladigan, professional ta’limga ega bo'lgan, davlat xizmatiga qo'yilgan talablaiga javob bera oladigan O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari egadir. Davlat xizmatiga ishga kirishda, shuningdek, uni o'tash jarayonida ma’lum bir, masalan, millati, tili, jinsi, kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, e’tiqodi va boshqa belgilarga qarab cheklovlaming qo'yilishi mumkin emas. Davlat xizmatini o'tashning asosiy belgisi — bu davlat lavozi- mini egallashdir. Davlat lavozimini egallash fuqaroning mansab huquqlari, majburiyatlari, cheklovlar va huquqiy javobgarlikning subyektiga aylanganidan dalolat beradi. Davlat lavozimlarini egallashda qonunchilikda o'matilgan hollarda ba’zi bir cheklovlar o'matilishi mumkin. Jumladan, fuqarolar quyidagi hollarda davlat xizmatida bo'lishi yoki davlat lavozimini egallashi mumkin emas: birinchidan — fuqaro sud hukmi bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo'lsa; ikkinchidan — sud tomonidan fuqaroning belgilangan mud- datda davlat lavozimini egallashi taqiqlangan bo'lsa; uchinchidan — tibbiy muassasaning xulosasiga ko'ra, davlat majburiyatlarini bajarishga noloyiq bo'lsa; to ‘rtinchidan — o'zaro yaqin qarindoshlaming bo'ysinuv asosida davlat xizmatini bitta davlat oiganida o'tashi va boshqa holatlar. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 79-moddasiga binoan o'zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo'lgan shaxslaming (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlaming ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunuv yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo'lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Bu qoidadan istisnolar O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanishi mumkin.1 . Amaldagi qonunchilikga binoan fuqarolar davlat xizmatiga kirishda quyidagi hujjatlami taqdim etishlari lozim: — pasport yoki uning o'mini bosadigan boshqa hujjatni; — mehnat daftarchasini (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno). O'rindoshlik asosida ishga kirayotgan • shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan olgan ma’- lumotnomani; — harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda tuiganlik haqidagi guvohnomani; — tegishli ko'rinishdagi tibbiy ma’lumotnomani; — qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani va boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi. Maxsus qonun hujjatlari bilan davlat xizmatiga kirishda boshqa talablar ham qo'yilishi mumkin. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko'rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Davlat xizmatiga kirish maqsadida taqdim etilgan hujjatlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishdan o'tkazilishi . mumkin. Davlat xizmatini o'tash sharoitlariga esa quyidagilarni kiri- tishimiz mumkin: — xizmat vaqtining, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi; qo'shimcha mehnat ta’tillari; — xizmatchilaming pul ta’minoti; — imtiyozlar, kafolatlar va kompensatsiyalar; — davlat ijtimoiy sug'urtasi; — xizmat uyi, xizmat avtotransporti bilan ta’minlash tartibi; — xizmat safarida bo'lganda ijtimoiy-maishiy va texnik-xusu- siyatdagi xizmatlar. Davlat-xizmat huquqiy munosabatlarining vujudga kelishida ikki asosiy huquqiy hujjatni: birinchidan, mehnat shartnomasi; ikkinchidan, fuqaroni davlat xizmatidagi davlat lavozimiga tayin lash to'g'risidagi buyruqni farqlay olish lozim. Fuqaroning davlat xizmatiga kirishi mehnat shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. , O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan meh- nat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo'yicha ishni ichki mehnat tarti biga bo'ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to'g' risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo' shimcha holatlar (tanlovdan o'tish, lavozimga saylanish va boshqa lar) bo'lishi mumkin. Xodim o'rindoshlik asosida ishlash to'g'risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo'lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Mehnat shartno- masining shakli O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisob ga olgan holda ishlab chiqiladi. Mehnat shartnomalari: nomuayyan muddatga; besh yildan ortiq bo'lmagan muayyan muddatga; muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'ljallab tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko'r- satilmagan bo'lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzil gan deb hisoblanadi. Davlat xizmatida mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan ham tuzilishi mumkin: xodimning top- shirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko'rish; xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi. Dastlabki sinovni o'tash haqida mehnat shartnomasida shart lashilgan bo'lishi lozim. Bunday shartlashuv bo'lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek, olti oyga cha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sa- bablarga ko'ra ishda bo'lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari va korxonada o'matilgan mehnat shartlari to'liq tatbiq etiladi. Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shart- nomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda ish beruvchi meh nat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo'lgandagina bekor qilishi mumkin. . Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo'lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo'l qo'yiladi. Davlat xizmatini o'tashdagi asosiy elementlardan yana biri — bu davlat xizmatchilarining xizmat bo'yicha harakatlanishidir. Dav lat xizmatchilarining xizmat bo'yicha harakatlanishi quyidagicha bo'lishi mumkin: — xodimning xizmat bo'yicha harakatlanishi maqsadida yuqori lavozimni egallashi; — bir xil ahamiyatdagi lavozimni egallashi; — quyi lavozimga o'tkazilishi; — o'qishga kirishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilish, shuningdek, o'qishni tamomlaganidan so'ng lavozimga tayinlanishi. Davlat xizmatchisining xizmat (lavozim yoki mansab) bo'yicha . harakatlanishi tegishli rahbaming buyrug'i bilan rasmiylashtirilishi lozim. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling