1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet2/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ijtimoiy boshqaruv. Ijtimoiy boshqaruv — umumiy boshqa­ ruvning bir ko‘rinishi bo’lib, kibemetika fani orqali tadqiq qilinadi. Huquqshunos olim Yu.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv — bu birinchidan, murakkab tizimga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir; ikkinchidan, tashkil etilgan turli tabiatli tizim funksiyasidir.
Murakkab tizim deganda — turli elementlar yig’indisidan iborat bo’lgan tizim nazarda tutiladi. Boshqaruv jarayoni ham aynan mana shunday murakkab harakatchan tizimda o’z ifodasini topadi. U — o’zboshimchalikni bartaraf etish, tashkilotchilikni amalga oshirish, ichki va tashqi omillarning ta’siriga qaramasdan uning sifat jihatdan aniqligini saqlab turish, tizim elementlarini mazkur muhit obyektiv qonuriiyatlariga mos kelishini ta’minlash maqsadida kerakdir.
Boshqaruv axborot bilan chambarchas bog’liqdir. Tizimning bir normada bo’lishi uchun u axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, yuborish kabi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Bir butun tizim tarkibiy qismlarining’ aloqasi va tartibga solinganligiga axborot orqali erishish mumkin. Axborot ma’lum bir signallar orqali yuboriladi. Signallar o’zida ma’lum bir harakatlarni amalga oshi- rishga majbur qiluvchi boshqaruv ta’sirini .mujassamlashtiradi.
Boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlaridan biri — bu uning orqaga qaytish (qayta aloqajga, ya’ni maqsadga muvofiqlikni hisob­ ga olish mexanizmi, buyruq va harakatlar natijasiga ega ekanligi- dadir. Bu boshqaruv obyektining holati va buyruqning ijro etilishi to’g’risidagi axborotlarni olish uchun zarurdir. Qayta aloqa sababli tizimda axborot kanallarining chegaralangan zanjiri vujudga keladi, tashqi muhit o’zgarishlariga qarama-qarshi turuvchi belgilangan butunlikka ega bo‘ladi. Qayta aloqa orqali keladigan axborot — boshqaruvchiga tizimni tartibga solish, yangi buyruqlami berish va eskilarini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Boshqaruvning umumiy maqsadi bo’lib — gomeostazis, ya’ni tizim va muhit o’rtasidagi harakatchan tenglikni ta’minlash, ta’sir etuvchi omillarga qaramasdan uning sifat jihatdan aniqligini saq­ lash, tizim elementlari, shuningdek, tizim va tashqi muhit o’rta­ sidagi qarama-qarshiliklarga barham berish hisoblanadi.
Agarda boshqaruv, Yu.N.Starilovning fikricha, tizimga xos bo’lgan ichki organlar, mexanizmlar va boshqa omillar yordamida amalga oshirilayotgan bo’lsa, bu o’zini-o’zi boshqarishdk. Aksariyat ijtimoiy va _arine_t tizimlar o’zini-o’zi boshqaradi. Bulaming har birida ikki ichki tizimni: boshqariluvchi (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi (boshqaruv subyekti)ni ko’rsatib o’tish mumkin. Lekin insonlar tomonidan tashkil etilgan ko’pgina ijtimoiy va texnik tizimlar (masalan, huquq, avtomobil va boshqalar) o’zini-o’zi bosh-qarishga ega emas.
Ijtimoiy boshqaruv tushunchasiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, u boshqaruvning asosiy turlaridan biri bo’lib, ma’lum bir insonlaming boshqalariga nisbatan ijtimoiy ahamiyatli jarayonlarni tartibga solish va ijtimoiy tizimning rivojlanishini ta’minlash maqsadida axborot yordamida ta’sir etishidir.
Ijtimoiy boshqaruvning mazmun-mohiyati uning o’ziga xos xususiyatlari orqali belgilanadi. Jumladan, Yu.M.Kozlov ijtimoiy boshqaruvning ijtimoiy hayotning asosiy omili sifatida uning quyi­ dagi xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi:
a) ijtimoiy boshqaruv — insonlaming birgalikdagi faoliyati mavjud bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin. Insonlaming birgalikdagi faoliyati, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar, umumiy vazifalarni baja­ rish, umumiy maqsadga erishish — o’z-o’zidan mavjud boiishi mumkin emas. Boshqaruv insonlarni aynan birgalikda faoliyat yuritishi uchun ulami jamoalarga jipslashtiradi;
b) ijtimoiy boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri bo’lib — in­ sonlaming birgalikdagi faoliyati va ulaming o’zaro aloqasini tash- killashtirish hisoblanadi. Bu orqali birgalikdagi faoliyat ishtirok- chilarining yakka tartibdagi harakatlari muvofiqlashtiriladi, bunday faoliyatni tartibga soluvchi va uning tabiatidan kelib chiquvchi umumiy funksiyalar bajariladi;
d) ijtimoiy boshqaruvning asosiy ta’sir etish obyekti bo’lib — birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining xulq-atvori, ulaming o’zaro munosabati hisoblanadi;
e) ijtimoiy boshqaruv inson xulq-atvorini tartibga soluvchi asosiy vosita sifatida namoyon bo’lib, bu maqsadga ijtimoiy aloqalar orqali erishadi. Bu aloqalar, birinchi navbatda ijtimoiy boshqaruv funk- siyalarini amalga oshirish bo’yicha subyekt va obyekt o’rtasida vujudga keladi;
f) ijtimoiy boshqaruv — insonlar, ya ’ni boshqaruv munosabatlari ishtirokchilari irodasining bo ‘ysunishiga asoslanadi. Chunki ulaming munosabatlari ongli-irodali munosabatlardir. Boshqaruvchining iro- dasi boshqariluvchining irodasiga qaraganda ustundir. Aynan mana shunda ijtimoiy boshqaruvning hokimiyat xususiyatiga ega ekanligi namoyon bo’ladi, ya’ni boshqaruv subyekti — hokimiyat irodasini shakllantiradi va amalga oshiradi, boshqaruv obyekti esa unga bo’y­ sunadi;
g) ijtimoiy boshqaruv uni amalga oshirishning maxsus mexa- niz/niga muhtojdir. Bu boshqaruv subyektlari, ya’ni boshqaruv (dav­ lat yoki jamoat) oiganlari tariqasida tashkil etilgan ma’lum bir insonlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Ulaming faoliyati o’ziga xos ahamiyatga va maxsus shaklga ega bo’lib, boshqaruv faoliyati hisoblanadi.
Yu.N.Starilov –esa ijtimoiy boshqaruvning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi:

  1. Ijtimoiy boshqaruv — insonlami (ma’lum bir individlami, guruhlami, jamiyatni)

boshqarish bo’lib, insonlar o’zaro muno- sabatining alohida ko’rinishi hisoblanadi.
Inson — ijtimoiy mavjudotdir. Chunki u jamiyatdan tashqarida mavjud bo’la olmaydi.
Inson hayotining muhim xususiyatlaridan biri esa ijtimoiy hayotning turli sohalarida birgalikda ulaming faoliyat yuritishi hisoblanadi. Birlashish — inson mavjud bo’li- shining asosiy vositasidir. Insonlaming jamoasi ma’lum bir tashkilot shakliga ega bo’lib, u harakatlarni muvofiqlashtirish va yo’naltirish, uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularni umumiy maqsad sari bo’ysundirishda xizmat qiladi.
Ijtimoiy boshqarish — insonlarga rahbarlik qilishni (masalan, harbiy xizmatga chaqirish, o’quv yurtlariga qabul qilish) anglaitadi. Lekin ayrim hollarda u narsalaiga ta’sir etish vositasi, ishlab chi­ qarish jarayonida insonlaming belgilangan faoliyat yuritishini,moddiy boyliklarni taqsimlashni ta’minlovchi vosita sifatida na­ moyon bo‘ladi. Boshqaruv subyekti ijtimoiy munosabatlarga inson­ laming irodasi va ongi orqali ta’sir etadi.

  1. Inson harakati — ongli, irodali, maqsadga muvofiq hara- katdir. Iroda — inson ongini

tartibga soluvchi, qo’yilgan maqsadga erishish uchun uning faoliyatini yo’naltiruvchi xislatdir. Birgalikda faoliyat yuritish — yagonalikni, harakatlaming tartibga solinganli- gini, turli insonlar irodasining oldindan kelishilganligini talab etadi. Maqsadning, irodaning birligi mavjud bo’lganida, harakatlaming yagonaligi bo’ladi.
Ijtimoiy boshqaruvning ikkinchi o’ziga xos xususiyati aynan mana shunda, ya’ni u insonlaming irodasiga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ma’lum bir insonlar irodasining boshqalar iro- dasidan ustun turishi, boshqalaming irodasini bo’ysundirish qo- biliyatini hokimiyat deb atashadi. Hokimiyat — bu harakatlarni _arine_t ierarxik muvofiqlashtirish bo’lib, turli insonlaming hara- katlarini ta’minlovchi boshqaruvning muhim va zaruriy vositasi hisoblanadi.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, «hokimiyat» va «mulk- chilik» tushunchalari bir-biriga juda yaqindir. Mulkchilik — mol- mulkdan foydalanish, egalik qilish va tasarmf etish hisoblansa, hokimiyat — inson harakatlaridan foydalanish va tasarmf etishdir.

  1. Ijtimoiy boshqaruvning yana bir xususiyati shundaki, bosh- qariluvchilaming yuqori

darajadagi mustaqillikka, irodaning erkin- ligiga ega bo’lishidir. Ijtimoiy boshqaruvning obyekti: insonlar, jamoalar — iroda va ongga, o’rab tuigan muhitni tahlil qilishga, xulq-atvor (yurish-turish)ning ma’lum bir ko’rinishlarini tanlab olish xususiyatiga egadir.
Ijtimoiy tizimda boshqaruv subyektlari va obyektlarining bir- lashishigina emas, balki
ularning o’mi va ijtimoiy roli o’zgarib turishi ham ma’lum bir ahamiyatga ega.
Inson tabiati turli-tumandir, u har xil ijtimoiy munosabat- larning ishtirokchisi sifatida namoyon boiishi, turli ijtimoiy o’rinni egallashi, texnik vositalarni hamda ayrim hollarda insonlami boshqarishi mumkin. Ongli, maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hamma vaqt ham inson hayotiy faoliyatining barcha tomonlarini qamrab ola olmaydi, balki boshqaruvni normasidan ortiq amalga oshirish insonga (jamiyat va shaxs rivojlanishiga) zarar keltirishi ham mumkin.
Jamiyatda boshqaruv obyektning mustaqilligini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim boiadi. Turli insonlaming (fuqaro,harbiy xizmatchi, voyaga yetmagan va h.k.lar) boshqaruvdagi mus- taqilligi bir xil emas. Lekin hozirgi kunga. Qadar biron bir bosh­ qaruv subyekti inson faoliyatiga (boshqaruv obyektiga) to’laligicha ta’sir eta olmagan. Jamiyatda boshqaruv bilan bir qatorda fan, san’at, turli xildagi jarayonlar (migratsiya, jinoyatchilik, tabiiy hodisalar) mavjudki, inson faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
4. Insonlarni boshqarish ongli ravishda amalga oshiriladi. Bu jarayonda maqsad va dasturlar ishlab chiqiladi, ulami amalga oshi­ rish vositalari belgilanadi. Aksariyat hollarda ijtimoiy boshqaruvning maqsadi sifatida tizimni takomillashtirish, uning sifat xususiyatlarini o’zgartirish, muhitni o’zining ehtiyojlariga moslashtirish namoyon bo’ladi.
5. Ijtimoiy boshqaruv — insonning axborotni to’plashi va saq- lashi hamda uni ijtimoiy tarbiya orqali berishidir. Insonlar ajdod­ larning tajribasini mustahkamlash, saqlash va _arine avlodga be­ rish, yakka tartibdagi (individual) tajribani jamoaga qo’llash, uzoq masofaga axborotni tezlik bilan yuborish uchun maxsus vositalami yaratgan.
Insonlarni boshqarishning turli-tuman ko’rinishlari mavjud bo’lib, u aniq bir shart-sharoitlarda amalga oshiriladi. Boshqamv munosabatlari — ijtimoiy munosabatlarning bir turi hisoblanadi. Yu.N.Starilov o’zining ilmiy ishlarida ijtimoiy boshqaruvning o’zini bir necha guruhga ajratadi. Jumladan, hokimiyat ta’siri darajasiga ko’ra — davlatni, shahami, ma’lum bir sohani, korxonani boshqarish; mulkchilik xususiyatiga ko’ra — davlat, mahalliy, xusu­ siy notijorat va xususiy tijorat boshqaruvlari. B.N.Gabrichidze esa boshqaruvning ikki ko’rinishini ko’rsatib o’tadi:
a) jamiyatni boshqarish (ijtimoiy boshqaruv) — ijtimoiy hayotga yoki uning ko’p yoxud ayrim sohalariga ta’sir etish, ijtimoiy ishlami boshqarish;
b) davlatni boshqarish — davlat hayotini davlat olib borayotgan siyosatga moslashtirish maqsadida davlatning yoki uning _arine_te- _arine maqsadga muvofiq ta’sir etishidir.
Demak, yuqoridagilarga asoslanadigan bo’lsak, ijtimoiy bosh­ qaruv turli xildagi xususiyatlarga egadir. Ijtimoiy boshqaruv keng ma’noda — ijtimoiy aloqalami tashkil etish tariqasida tushuniladi. Bunday ma’noda, ijtimoiy boshqaruvning vazifa va funksiyalari barcha davlat organlari va vakolatli jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy boshqaruvning ele- menti sifatida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish ham namoyon bo’­ ladi.
Ijtimoiy boshqaruvning obyektini — butun jamiyat,- undagi ijtimoiy aloqalar tashkil etadi. Ijtimoiy boshqaruv maxsus ma’noga ham ega boiishi mumkin, ya’ni u — davlat faoliyatining bir ko’rinishi hisoblangan davlat boshqaruvi sifatida namoyon bo’ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling