1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
-Mavzu:Ma’muriy huquq – huquq tarmog’i sifatida
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy huquq tushunchasi.
2-Mavzu:Ma’muriy huquq – huquq tarmog’i sifatida.
REJA: 1.Ma’muriy huquq tushunchasi. 2.Ma’muriy huquq predmeti. 3.Mamuriy huquqning tartibga solish uslubi. 4.Ma’muriy huquqning O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan о‘rni. 5.Ma’muriy huquq tizimi. Ma’muriy huquq tushunchasi.Oldingi bobda ko'rsatib o'tilganidek, ma’muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tar tibga soladi. Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo'jalik tashki- lotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, ma’muriy- siyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshi rish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosa batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi — ma ’muriy huquq tarmog'ini tashkil etadi. Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish — munosabatlaming barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan bog'liq boigan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi. Aniq ijtimoiy munosabat ma’muriy munosabat boiib, birin- chidan — unda tegishli davlat organi, albatta qatnashadi; ikkin- chidan — davlat boshqaruvi organi unga berilgan vakolatlardan foydalanganida ma’muriy huquqning tartibga solish ta’siriga uch raydi. Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlaming deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Yu.N.Starilov ko'rsatib o'tishicha, ma’muriy huquq — omma viy (davlat) huquqining asosiy tarmoqlaridan biri boiib, ijro ho- kimiyati organlari tizimini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi sohasidagi munosabatlarni, samaraii davlat xizmatini tashkil etishni, ijro hokimiyati funksiyalanishida qonuniylikni ta’minlashni tartibga soladi. Ma’muriy huquq — huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tartibga soli- nuvchi predmetining o'ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlaming keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o'zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq — huquq tizimida markaziy o'rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoq- lariga ta’sir ko'rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi. Ma’muriy huquqda ommaviy manfaatlar quyidagi huquqiy vositalar orqali o'rnatiladi va amalga oshiriladi: 1) ommaviy manfaatlarni huquqiy tartibga solish, uning xususiyatlarini, mazmuni va turlarini o'rnatish; 2) ommaviy manfaatlarning ustunligini normativ hujjatlarda tan olish, ularga bevosita rioya etilishini va majburiyligini, omma viy manfaatlarni himoya qilishning shakllari va turlarini o'rnatish; 3) ommaviy manfaatlar buzilgan taqdirda, yuridik javobgarlik choralarini belgilash.1 Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo'lgan xususiyat- larni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o'zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi.2 Ma’muriy huquq — davlat huquqi normalarini yanada aniq- lashtirib va to'ldirib, fuqarolaming ko'pgina huquq va majbu- riyatlarini, ulaming boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har qanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Ma’muriy huquq — davlat otganlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. Ma’muriy huquq — boshqariluvchi obyektlamnng aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlashni, ish haqini belgilashni ham mustah- kamlaydi. * Ma’muriy huquq — jamoat tashkilotlari va jamoat organla rining huquqiy maqomini o‘rnatishda katta ahamiyatga egadir. Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi. Yuridik adabiyotlarda, ma’muriy (ommaviy) huquqning xu susiy huquqdan farqlash muammosiga va uning ahamiyatiga alo hida e’tibor qaratilgan. Ma’muriy huquq va xususiy huquq tarmoqlarini farqlovchi bir necha nazariyalar mavjuddir. Jumladan, manfaatlar nazariyasi — alohida huquqiy normalar (prinsiplar) bilan ta’minlanadigan manfaatlar turini belgilab beradi, shuningdek, aniq ijtimoiy manfaatlarni va harakatlarni huquqiy tartibga solishning yo'nalishlarini ko'rsatib beradi. Masalan, bu nazariyaga ko'ra, ma’muriy huquq — davlat manfaatlariga, xususiy huquq esa xususiy manfaatlarga xizmat qiladi. Ma’muriy huquq — ijtimoiy-davlat hayoti asoslarini, davlat, uning organlari va xizmatchilarining funk- siyalanishi prinsiplarini o'rnatish bo'yicha vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir. Lekin manfaatlar nazariyasi ma’muriy huquq va xususiy huquq o'rtasidagi farqni to'liq va aniq ochib bera olmaydi. Chunki, ko'pgina huquqiy normalar bir vaqtning o'zida ham ommaviy manfaatlarni, ham xususiy manfaatlarni tartibga soladi. Subordinatsiya (bo'ysinuvlik) nazariyasi — ma’muriy huquq va xususiy huquqni farqlashdagi asosiy nazariya bo'lib, huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasidagi aloqalaming xususiyatini belgilab beradi. Ushbu nazariya ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasida bo'ysinuvning mavjud bo'lishini ko'rsatib beradi. Ma’muriy huquqda yuqori turuvchi va quyi turuvchi subyektlar bir-biri bilan bo'ysinuv orqali bog'langandir. Xususiy huquqda esa munosabatlarda ishtirok etuvchi huquq subyektlari bir xildagi, teng huquqiy maqomga ega. Ma’muriy huquq — muno sabatlarni normativ hujjatlar bilan tartibga solishning bir tomon lama xususiyatiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Mazkur nazariya tashkil etish, cheklov va majbudov vositalari orqali davlatning (ho kimiyat boshqaruv faoliyatining) ustunligini ifodalaydi. Huquqiy normalaming taalluqliligi va tatbiq etilishi nazariyasi — huquqiy normalaming turli huquq subyektlariga qoilanilishini ko'rsatadi. Ma’muriy huquq — davlat va boshqa vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan o'rnatilaydigan hamda davlat va davlat tuzilmalari, nodavlat tuzilmaylari, fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda qo'llaniladigan huquqiy norma- larni o‘zida ifoda etadi. Demak, ma’muriy huquqni ommaviy va xususiy huquq tar moqlari bilan farqlaganda, ulaming har biri xususiyatlari aniq- langanda — uning mazmunini tushunib olish mumkin. Otzbekiston Respublikasi ma’muriy huquqi — bu 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijti moiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'in- disidan iborat. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling