1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquqning 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan о‘mi


Download 1.49 Mb.
bet10/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy huquqning 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan о‘mi
Boshqaruv jarayonida turli xildagi huquq normalari ta’siri ostida bo'ladigan va ma’muriy huquq predmeti doirasiga kirmay- digan munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa, O'zbekiston Res­ publikasi huquq tizimi turli tarmoqlarining o'zaro munosabati vujudga keladi. Ma’muriy huquq fani konstitutsiyaviy huquq va moliya huquqi fanlariga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu huquq tarmoqlari o'zining tartibga solish predmeti (ijtimoiy munosabatlar doirasi) va o'ziga xos xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquq tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Unda davlatning ijtimoiy tuzilishi va davlat siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, milliy- davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari, inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, ekrinliklari va burchlari ifodalanadi: Konstiutsiykviy' huquq fanining predmeti ma’muriy huquq fanining predmetidan kengdir. Jumladan, konsti­ tutsiyaviy huquq barcha davlat organlari uchun umumiy bo'lgan tashkil etish va faoliyat ko'rsatish prinsiplarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq normalari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ulami qo‘llashni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq fuqarolaming huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq esa ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradi, yanada aniqlashtiradi; fuqaro- larning huquqiy maqomini boshqa huquq va majburiyatlar bilan to'ldiradi; fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslaming noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solingan. Ma’muriy huquq esa, mana shu shikoyatlaming qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko‘rib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi. Ma’muriy huquq moliya huquqi bilan ham bog'liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosa- batlami, ya’ni davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida pul mab- lag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foyda­ lanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Moliya huquqining asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasi milliy daroma- dini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi ijtimoiy munosa- batlami tartibga solishdan iboratdir. Davlatning moliyaviy faoliyati o'z mazmuniga ko'ra, davlat boshqaruvining bir ko'rinishi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olganda, moliya huquqining tartibga solish predmeti ma’muriy huquqqa qaraganda torroqdir. Moliya huquqida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda to'g'ridan-to'g'ri buyruq berish uslubi (ma’muriy huquq singari) qo'llaniladi. Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organ­ larining moliya sohasidagi vakolatlarining mazmunini moliya hu­ quqi normalari, ularni amalga oshirish jarayonini esa ma’muriy huquq normalari tartibga soladi. Demak, davlat moliyaviy faoliya­ tini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolat doirasini belgi- * lovchi huquqiy normalar bir vaqtning o'zida ham ma’muriy huquq, ham moliya huquqi normasi hisoblanadi. Ma’muriy huquq moliya sohasidagi boshqaruv munosabatlarini tartibga solsa, moliya huquqi moliyaviy munosabatlaming o'zini tartibga soladi. Uzoq vaqt mobaynida bu huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, ma’muriy va moliya huquqi) yagona tarmoq sifatida o'rganib kelin- gan. Keyinchalik jamiyatda ijtimoiy munosabatlaming rivojlanishi,
yangi ijtimoiy munosabatlaming vujudga kelishi bilan konstitut­ siyaviy huquqdan ma’muriy huquq, ma’muriy huquqdan esa moliya huquqi ajralib chiqdi. Hozirgi vaqtda moliya huquqi tarmog‘ining o‘zida ham yangi mustaqil tarmoqlaming (masalan, soliq huquqi, bank huquqi va h.k.lar) vujudga kelayotganini ko'rish mumkin. Ma’muriy huquq fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog'­ liqdir. Bu ikki huquq tarmog'i ayrim holatlarda bir xildagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin turli uslublar yordamida. Masalan, vakolatli davlat organining buyrug'iga binoan bir xo'jalik tashkiloti boshqasiga bino yoki inshootni beradi. Bunda davlat boshqaruv organi hokimiyat uslubidan foydalanadi, ya’ni ma’muriy huquq yordamida ikki xo'jalik yurituvchi tashkilotning mulkiy munosabati tartibga solinadi. Fuqarolik huquqi esa mazkur tash- kilotlar o'rtasida vujudga keladigan shartnoma munosabatlarining mazmunini belgilab beradi. Fuqarolar ishtirokidagi ko'pgina fuqarolik-huquqiy munosabat­ lari davlat boshqaruv aktlari orqali vujudga kelishi mumkin. Ba’zi hollarda esa mulkiy munosabatlar davlat boshqaruvi aktining o'zi­ dan to'g'ridan-to'g'ri (yani shartnomasiz) kelib chiqishi mumkin. Ayrim hollarda davlat boshqaruv organlari davlat organi sifatida emas, balki fuqarolik huquqi normalari asosida harakat qiluvchi — yuridik shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Demak, jamiyatda vujudga keladigan ayrim ijtimoiy munosa­ batlar ma’muriy huquqning ham fuqarolik huquqining ham tartibga solish predmeti tariqasida namoyon bo'lishi mumkin. Lekin bu munosabatlar turli xildagi tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqida ishtirok etuvchi tomonlar teng huquqlarga ega bo'ladi. Ma’muriy huquqda esa hamma vaqt bir tomonda davlat organi (mansabdor shaxs) ishtirok etganligi sababli, munosabat ishtirok- chilarining biri ikkinchisiga nisbatan ustun turadi, ya’ni davlat manfaatini ko'zlab harakat qilayotgan tomon ikkinchi tomonga majburiy bo'lgan ko'rsatmalarni beradi. Ba’zi bir ma’muriy huquq normalari mehnat huquqi normalari bilan o'zaro bog'liq. Ma’muriy huquq normalari mehnat munosa- batlarini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlarining (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari) vakolatini belgilab beradi. Mehnat munosabatlari sohasidagi boshqaruv aktla- rining mazmunini mehnat huquqi, ushbu aktlami chiqarish tarti­ bini ma’muriy huquq belgilaydi. Masalan, fuqaro korxona bilan mehnat shartnomasini tuzganida mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga kirishadi. Korxona rahbarining
xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida chiqargan buyrug'i — ma’­ muriy huquq tomonidan tartibga solinadi. Davlat apparatidagi xizmat ma’muriy huquq tomonidan ham, mehnat huquqi tomo­ nidan ham tartibga solinadi. Ma’muriy huquq jinoyat huquqi bilan ham chambarchas bog'­ liq. Ma’muriy huquq o'zida ko'pgina umummajburiy bo'lgan qoidalarni (masalan, yo'l harakati, pasport tizimi, sanitariya va h.k.lar) mujassamlashtiradi. Ma’muriy huquq fani qanday huquq- buzarliklar ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanish ini, ularni ko'rib chiqish tartibini, ma’muriy javobgarlik va jazoni belgilab beradi. Jinoyat huquqi esa, qanday xatti-harakatlar jinoyat hisoblanishi va bular uchun qanday jinoiy javobgarlik choralari qo'llanilishini belgilab beradi. Bu ikki huquq tarmog'i bir-birining normalarini harakatga keltirishi mumkin. Masalan, takroran ma’muriy huquq- buzarlikni sodir etish jirjoiy javobgarlik normalarini, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan qilmishlar esa ma’muriy javobgarlik normalarini harakatga keltiradi.1 Demak, ma’muriy huquqning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o'rni va ahamiyatini aniqlash maqsadida, uni huquq tizimining boshqa tarmoqlari bilan o'zaro munosabatini, ya’ni bir-biriga o'xshash hamda o'ziga xos xususiyatlarini aniqlab olish lozim bo'ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling