1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquq tizimi
Huquq tizimi — huquqning ichki tuzilishi, tarkibi bo'lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatni hamda nisbatni belgilab beradi.2 Huquq tizimi — jamiyatda mavjud bo'lgan va doimo rivojlanib boradigan ijtimoiy munosabatlaming ifodasi bo'lib, u huquq normalarining umumiy va farqli xususiyatlarini ko'rsatib beradi. Huquq tizimi: birinchidan, ijtimoiy munosabatlaming mazmuni bilan bog'liq holda, obyektiv ravishda shakllanadi; ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini ko'rsatadi; uchin- chidan, huquq normalarining muayyan guruhlarga birlashishini ko'rsatadi; to‘rtinchidan, huquq normalarining va ular birlashgan guruhlaming o'zaro. farqlanishini ko'rsatadi; beshinchidan, ijtimoiy. munosabatlar xususiyatlari va ulaming o'ziga xosligi huquq norma larining ma’lum darajada ixtisoslashuvjni taqozo etadi. Ma’lumki, tizimlar nazariyasiga ko'ra, har qanday tizimning tarkibiy qurilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron-bir tizimni chuqurroq anglash uchun, tizim asosida yotadigan shu mezonlami aniqlash ahamiyatga molikdir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga ham ulaming o'zaro uzviy bog'liqligi xos bo'lib, bu bog'liqlik nafaqat ulami chiqargan hokimiyat va boshqaruv organlarining holati hamda ushbu normalarni qo'llash sohasi bilan, balki huquqiy tartibga solish predmetining ichki tuzilmasi qonu- niyatlari bilan ham belgilanadi. Demak, ma’muriy huquq o'zining ichki tuzilmasi yoki tizimiga, ya’ni ko'plab bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan elementlarga ega bo'lib, ularda ma’muriy- huquqiy normalar muayyan izchillikda birlashadi va joylashadi. Har qanday mustaqil huquq tarmog'iga uning butunligi, tizim- liligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma’muriy huquqda yaqqol namoyon bo'ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi — huquq tarmog'ini tashkil etuvchi huquqiy normalaming o'zaro aloqasini belgilab beradi. Ma’muriy huquq — huquqiy normalaming bir butun (yaxlit) tizimi bo'lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo'llashi lozim. Huquq tarmog'i ichida turli yuridik kuchga ega bo'lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalaming subordinatsiyasi (bo'ysinuvi) mavjud bo'ladi. Ma’muriy huquq tarmog'ining asosiy tamoyillariga — sama- radorlik, qonuniylik, oshkoralik, davlat va shaxsning o'zaro javob- garligini kiritish mumkin. Ma’muriy huquqning asosiy maqsadiga esa quyidagilar kiradi: a) amalga oshirilishi ijro hokimiyatining funksiyalanishi bilan bog'liq bo'lgan fuqarolaming, ular jamoalarining huquqlari va erkinliklarini bajarilishiga imkoniyat yaratib berish; b) ijro (ma’muriy) hokimiyatning samaraii faoliyat yurishiga sharoit yaratib berish; d) ma’muriy faoliyatda demokratik jarayonlaming amalga oshirilishini huquqiy ta’minlash; e) jamiyat va uning barcha institutlarining mavjud bo'lishi uchun iqtisodiy, moddiy baza rivojlanishiga imkoniyat yaratib berish; f) fuqarolar va jamiyatni ma’muriy o'zboshimchalikdan, suiiste’molliklardan himoya qilish. Fuqarolar va davlatning mavjud bo'lishi va rivojlanishi — ma’muriy-huquqiy tartibga solish orqali qay darajada yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga erishish ta’min- langanligiga bog'liqdir. Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jara yonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy-huquqiy normalaming muayyan izchil- likda birlashishi va joylashishini tushunish lozim1. Ma’muriy huquq tizimi — ma’muriy-huquqiy normalar va institutlami birlashtiradi. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, «та ’типу huquq tizi mi» dan «ma’muriy huquq fani tizimi» farqlanadi. Ma’muriy huquq fani tizimi ma’muriy huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo'lib, quyidagilami o'z ichiga oladi: — ma’muriy-huquqiy normalar — ma’muriy huquq fani tizi mining boshlang'ich elementi bo'lib, davlat tomonidan o'matila- digan yoki tasdiqlanadigan hamda ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab bera digan qoidalardir; — ma’muriy-huquqiy institutlar — ma’muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo'lib, u ijtimoiy munosabatlaming muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma’muriy-huquqiy institut lar — ma’muriy-huquqiy normalaming uncha katta bo'lmagan barqaror guruhi boiib, ijtimoiy munosabatlaming ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog'i o'z ichiga qator institutlami oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo'lagi sifatida namoyon bo'ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, ma’muriy-huquqiy institutlar ma’lum da rajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; — ma’muriy huquq fani bo'limlari (guruhlar) — ma’muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo'lib, o'zida bir necha ma’muriy-huquqiy institutlami birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o'zaro yaqin (o'xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy institutlar birlashib, ma’muriy huquq fanining bo'limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsip lari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy-huquqiy institutlar o'zining yaqinligiga qarab yagona bo'limga birlashgan.) Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo'lingan. 1. Umumiy qism — bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy institutlar, bo‘- limlar) nazarda tutilgan. Ma’muriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat: — davlat boshqaruvi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari; — davlat boshqaruvi subyektlari va ularning huquqiy maqomi; — davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; —davlat boshqaruvida ma ’muriy-huquqiy majburlov choralari; — ma ’muriy huquqbuzarlik va ma 'muriy javobgarlik; — ma ’muriy jarayon; — davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta ’minlash. 2. Maxsus qism — bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy insti tutlar, bo'limlar) ko'rsatib o'tilgan bo'lib. quyidagilarni o'z ichiga oladi: — iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo'ja- ligi, qurilish, transport, aloqa, yo'l xo'jaligi, xizmat ko'rsatish soha lari); — ijtimoiy-madaniy sohalami boshqarish (ta’lim, fan, mada niyat, jismoniy tarbiya va sport, sog'liqni saqlash, mehnat va aho- lini ijtimoiy muhofaza qilish); — ma ’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya); — tarmoqlararo boshqa sohalami boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat sta- tistikasi, davlat tasarmfidan chiqarish va xususiylashtirish, stan- dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va h.k.lar). Huquq tizimining ilmiy asoslanganligi, uning obyektiv mavjud munosabatlar asosida tuzilishi ma’muriy-huquqiy normalaming eng to'g'ri qo'llanishi uchun imkon beradi hamda qonunchilikni mus tahkamlashga va ma’muriy huquq tomonidan o'zining vazifalarini bajarishga yordam beradi. Ma’muriy huquq manbalari Ma’muriy-huquqiy normalar ko'p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. _ Huquq manbalari — huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo'lishining shakllari hisoblanadi. Huquq manbasi deganda — mazkur jamiyat tomonidan huquq ni tushunish xususiyati bilan belgilangan ijtimoiy normalami majburiy deb bilish uslubini tushunish kerak. Tarixda majburiy normalar mavjud bo'lishining uch shakli ma’lum: normativ-hu- quqiy hujjatlar, sud presendenti va huquqiy odat. / O'zbekiston huquq tizimining roman-germaif turiga kiradigan o'ziga xosligi, normativ-huquqiy hujjatlarning ma’muriy huquq manbasi sifatidagi ustuvorligini belgilaydi. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o'rtasida raqobatni avj oldirish, boshqa rishning oldingi uslubidan (ma’muriy-buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalami keng joriy etish — bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat bosh qaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi Bizga ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'z bekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrda bo'lib o'tgan o'n ikkinchi chaqiriq o'n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — ma’muriy hu quqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang'ich huquqiy asoslarini belgilab bergan. Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqa ruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgandir. Jumladan, Konsti tutsiyaning 1-moddasida O'zbekiston — suveren demokratik res publika, deb ko'rsatilgan. Mazkur moddada o'zbek davlatchiligi- ning tub mohiyati, ya’ni O'zbekiston suveren davlat ekanligi ko'r satib o'tilgan. i Suverenitet — har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir. *" '* O'zbekiston — demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoida lariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodla- ridan qat’i nazar, fuqarolaming huquqlari - va erkinliklarini ta’- minlab beradigan davlatdir. O'zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Res publika — xalq hokimiyati demakdir. Respublika — eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo'yilishini anglatadi. Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatining mavjudligi demok ratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart-sharoitlami yaratib bermog'i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifoda- laniog'i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog'i lo zim. O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy-davlat va ma’muriy- hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Mazkur konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o'zining davlat hokimiyatini va davlat boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi boiimi aynan shu masalami yoritib berishga qaratilgandir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaat larini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilma- gan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisob- ianadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boiadi (7-modda). Demak, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko'rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston xalqi namidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezi- denti ish olib borishi mumkin (10-modda). O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hoki- miyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi (11-modda). Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi — vakolatlaming taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilangan. Hokimiyat tizimining bo'linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir. Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko'rsatib o'tganidek: «Davlatning faol islohotchilik mavqeyida butun diqqat- e’tiborni iqtisodiyotni sog'lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi».1 O'zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir Kuchli ijtimoiy sivosat adolatli jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy me- zonidir. Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri — bu 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javob garlik to'g'risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat faro- vonligi yo'lida fuqarolaming huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlaming o'z vaqtida va obyektiv ko'rib chiqilishini,Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo'yadi. Bu vazi falarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbu- zarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham o‘z ifodasini topgan, ya’ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarining bosh qaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qara tilgan normalami quyidagilarda ham uchratish mumkin: 0 ‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan havo kodeksi — O'zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliya tiga, shu jumladan, aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlarni tartibga soladi; O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilin gan va 1998-yil 1-yanvardan kuchga kiritilgan Soliq kodeksi — soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to'lovchilaming huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi -qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi; O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qi lingan Bojxona kodeksi — tovarlar va transport vositalarini O'zbe kiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o'tish; bojxona nazorati; bojxona rasmiylashtiruvi; bojxona to'lovlari; dastlabki qarorlar; chet ellik shaxslaming ayrim toifalari uchun boj imtiyoz- lari; nazorat ostida tovar yetkazib berish; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to'g'risidagi ishlami yuritish; jazolar berish to'g'risidagi qarorlami ijro etishni tartibga soladi; O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan Shaharsozlik kodeksi — shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyekt- larini; davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vako latlarini; shaharsozlik hujjatlari, Davlat shaharsozlik kadastrini; O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishini; aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish tartibini belgilab beradi. Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri — bu O'zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan: 1) 0 ‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan «VAZIRLAR MAH KAMA S I TO‘G‘RISIDA»gi Qonuni.1 Mazkur qonunga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi — hukumati 0 ‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot- ning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samaraii faoliyatiga rahbar- likni, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir; 2) O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA»gi QONUNga.2 binoan mahalliy davlat hokimiyat organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. Vilo- yatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar- dan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tash qari). xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir; 3) O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan- «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY BANKI TO‘G‘RISIDA»gi Q O N U N respublikada bank tizimini boshqaruv- chi davlat organi — O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunga binoan Markaziy bank yuridik sliaxb hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir Markaziy bank — o'z'sarf-xarajatlarini o'zining daromadlari hisobi dan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob bera di; 4) 0 ‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «DAVLAT SOLIQ XIZMATI TO‘G‘RISIDA»gi QONUNP - 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat soliq.xizmati organlarini tashkil etish tartibini, ulaming huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonun ning 1-moddasiga binoan davlat soliq xizmati organlari soliqlar, 1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 №9-10, 138-m. 2 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 №9, 320-m. 3 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 №12, 247-m. 4 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 232-m. yig‘imlar va boshqa to'lovlarning toiiq va o‘z vaqtida budjetga tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlariga — 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shu ningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari kiradi; 5) 0 ‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qi lingan «DAVLATBOJXONA XIZMATI TO‘G‘RISIDA»gi QONUNIх - davlat bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Bojxona organlari 0 ‘zbekiston Respublikasining yagona boj xona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari — bojxona organlaridir. Ma’muriy-huquqiy normalar O'zbekiston Respublikasi Prezi- denti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat va mahalliy organlar normativ hujjatlarida ham o‘z ifodasini topgan. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini tartibga so- lishda davlat organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi Nizom va Ustavlar ham ma’lum bir ahamiyatga ega. Nizom — muayyan davlat tuzilmalarini (masalan, vazirliklar, davlat qo'mitalarining) tashkil etish tartibini, tuzilishini, vazifasi, funksiyasi va vakolatlarini belgilab beruvchi majmuyi tizimlash- tirilgan aktdir. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasida tashkil etil gan barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari o‘z faoliyatlarini qo nunlar hamda nizomlar asosida amalga oshiradilar. Nizom — boshqaruv aktlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir. Nizom muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga taalluqli va yuridik kuchi yuqoriroq bo'lgan nizomlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiq lanadi. Ustav — boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora va tashkilotlaming faoliyatini tartibga soluvchi normalami o'zida aks ettiruvchi aktdir. Boshqaruv sohasida bevosita ishtirok etuvchi ko'pgina davlat idoralarining, korxona, muassasa va tashkilotlar- ning faoliyati tegishli tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ustavlar asosida tartibga solinadi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respub likasi fuqarolik aviatsiyasini boshqaruvchi — O'zbekiston Milliy Aviakompaniyasining faoliyati Ustav asosida tartibga solinadi. Bizning Respublikamiz huquq tizimida sud presendenti ma’ muriy huquq manbasi rolini o‘ynamaydi, chunki oliy sud instan- siyalari — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi o'z qarorlarida sud amaliyoti bo'yicha faqat tushun- tirishlar beradi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Ma’muriy huquq tushunchasi. 2. Ma’muriy huquq va ommaviy huquqning o'zaro muno sabati. 3. Ma’muriy huquq va xususiy huquqning o‘zaro munosabati. 4. Ma’muriy huquqning tartibga solish predmeti (ijtimoiy munosabatlar doirasi). 5. Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi. 6. Ma’muriy huquqning 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq tizi mida tutgan o'rni. 7. Ma’muriy huquq va konstitutsiyaviy huquqning o‘zaro mu nosabati. 8. Ma’muriy huquq va moliya huquqining o'zaro munosabati. 9. Ma’muriy huquq va fuqarolik huquqining o'zaro munosa bati. 10. Ma’muriy huquq va mehnat huquqining o'zaro munosa bati. 11. Ma’muriy huquq va jinoyat huquqining o‘zaro munosabati. 12. Ma’muriy huquq tizimi. 13. Ma’muriy huquq fani tizimi. 14. Ma’muriy huquq manbalari tushunchasi. 15. Ma’muriy huquq manbasi sifatida — O'zbekiston Respub likasi Konstitutsiyasi. 16. Ma’muriy huquq manbasi sifatida — O'zbekiston Respub likasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. 17. Ma’muriy huquqning boshqa manbalari. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling