1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquq subyektlarining huquq layoqati va muomala layoqati


Download 1.49 Mb.
bet14/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy huquq subyektlarining huquq layoqati va muomala layoqati
Ma’muriy huquq subyekti hamma vaqt huquq subyekti hisob­ lanadi. Huquqning subyektlari bir vaqtning o'zida bir necha huquq tarmoqlarining subyekti sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Ma­ salan, fuqaro bir vaqtning o'zida ma’muriy, fuqarolik yoki mehnat huquqi tomonidan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar subyekti bo'lishi mumkin. Mazkur huquqiy munosabatlaming mo­ hiyati — huquq layoqati tushunchasi, uning xususiyati, mazmuni va hajmi orqali yoritib beriladi. j Ma’muriy huquq layoqati va muomala layoqati — subyektlar ma’rhuriy-huquqiy holatining asosini tashkil etadi. Subyektning huquq layoqati uning yuridik huquq va majbu­ riyatlarini o'z ichiga oladi. Odatda, u aniq bir shaxsning subyektiv huquq va subyektiv majburiyatga ega bo'lish qobiliyatini anglatadj. Ma’muriy huquq layoqati — huquq subyekti umumiy huquq layoqatining bir turi bo'lib, qonunchilik bilan o'matilgan va davlat tomonidan kafolatlangan hamda aniq bir subyektning (fuqaro, davlat oigani, davlat xizmatchisi, mansabdor shaxs, nodavlat tuzilmalari va h.k.lar) turli huquqiy munosabatlarda ishtirok etish qobiliyatini anglatadi. Ma’muriy huquq layoqati — bu ma’lum bir huquqlaiga ega bo'lish va majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, ma’muriy ish qo'zg'atish va ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiqish, huquqiy normalami buzish va qonun bilan o'matilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo'Iishdir. Shunday qilib, ma’muriy huquq layoqati aniq bir ma’rauriy- huquqiy munosabatlaming vujudga kelishida, mazkur huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining aniq huquq va majburiyatlaiga ega bo'lishida xizmat qiladi. Ma’muriy huquq subyektlari tomonidan huquq va majburiyatlarning amalga oshirilisfy — huquqiy muno- sabatlami vujudga keltiruvchi yuridik faktlai’ bilan ta’minlanadi. Ma’muriy huquq subyektining huquqiy layoqati — unga nisbatan yuridik javobgarlikni qo'llash qobiliyat ini ham vujudga keltiradi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar faqatgina uning subyektlari huquq layoqatiga ega bo'lganidagina, ya’ni huquqiy munosabatlarga kirishish uchun asos bo'ladigan huquq va majburiyatlarga ega bo'lganida vujudga kelishi mumkin. Qonunchilik hujjatlari bilan ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan ma’muriy-hu-
quqiy munosabatning har bir ishtirokchisi — ma’muriy huquqning subyekti sifatida tan olinadi. Ma’muriy huquqning har bir subyekti o'ziga xos ma’muriy huquq layoqatiga egadir. Masalan, fuqarolaming ma’muriy huquq layoqati o'zining mazmuni va xususiyatlariga ko'ra ijro hokimiyati organlarining, jamoat birlashmalarining yoki boshqa tashkilot- larning ma’muriy huquq layoqatidan farqlanadi. Bundan tashqari, ma’muriy qonunchilikka kiritiladigan o'zgarishlar - ma’muriy huquq layoqatining mazmuniga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy. huquq layoqatining amalga oshirilishini jismoniy shaxsning yoki boshqaruv oigani (mansabdor shaxs)ning xohish-irodasini ifoda etishisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Ma’muriy huquq subyektining huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bo'yicha ifodalangan irodasi — huquq layoqatini yuridik mazmun bilan boyitadi. Demak,? ma’muriy huquq layoqati — bu subyekt tomonidan u uchun o'rnafilgan huquqlar, erkinliklardan foydalanish, shuning­ dek, majburiyatlarni bajarish, vakolatlarni amalga oshirish qobiliya- tidir. Ma’muriy huquq subyektining ma’muriy huquq layoqati uning ma’muriy huquqiy holatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, huquq layoqati — tegishli sharoitlar mavjud bo'lganida huquq subyektini huquqlar va erkinliklardan foydalanuvchi, majburiyatlar yuklash hamda yuridik javobgarlikka tortish mumkin bo'lgan shaxs sifatida namoyon qiladi. Ma’muriy huquqning barcha subyektlari o'ziga xos ma’muriy huquqiy maqomga egadir. Shuning uchun ham oldingi yuridik adabiyotlarda hamda hozirgi adabiyotlarda «Ma’muriy huquq sub­ yektlari» bo'limi o'z ichiga quyidagilarni oladi: a) fuqarolar, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxs­ laming ma’muriy-huquqiy maqomi; b) davlat boshqaruvi (ijro hokimiyati) organlarining ma’muriy- huquqiy maqomi; d) davlat xizmatchilarining ma’muriy-huquqiy maqomi; e) korxona, muassasa va tashkilotlarning (davlat va nodavlat korxona va tashkilotlari, xo'jalik birlashmalari, jamoat birlashmalari va h.k.lar) ma’muriy-huquqiy maqomij Shu bilan biiga, ma’muriy huquq subyektlarining huquq layoqati umumiy xususiyatga ham ega bo'lishi mumkin. Jumladan, Yu.N.Starilovning ko'rsatib o'tishicha, subyektlarning huquq layo­ qatini umumiy va o'ziga xos xususiyatlari ma’muriy huquqning predmeti va tartibga solish uslubiga asoslanadi.
Ma’muriy huquq subyektlarining huquq layoqatidagi umumiylik quyidagi xususiyatlarda namoyon bo'ladi: birinchidan, ma ’muriy huquq layoqatini amalga oshirish jara­ yonida namoyon bo'luvchi boshqaruvning maz/nunida. Ma’muriy huquq subyektlari ijro hokimiyati bilan chambarchas bog'liq bo'lib, davlat boshqaruvning turli fimksiyalarini amalga oshiradilar (bu barcha subyektlarga tegishlidir); ikinchidan — ma’muriy huquq subyektlarining tashkiliy alo- qalarni va ommaviy boshqaruv tizimidagi munosabatlarni vujudga keltiruvchi maxsus huquq va majburiyatlarga ega bo ‘lishida (barcha subyektlarga tegishli); uchinchidan — ma ’muriy huquq subyektlarining ayrimlari tomo­ nidan qabul qilinadigan qarorlarning yuridik-hokimiyat xususiyatiga ega bo ‘lishida (ijro hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarga tegishli); to'rtinchidan - davlat-majburlov vakolatlarini, ma ’muriy-huqu- qiy majburlov choralarini amalga oshirishda (maxsus subyektlarga tegishli); beshinchidan — ishtirokchilari fuqarolar bo'lgan huquqiy muno- sabatlarning muhofazasini ta’minlashda (barcha subyektlarga te­ gishli); oltinchidan — boshqaruv jarayonida vujudga kelgan nizomi o'matilgan protsessual qoidalar doirasida ma’muriy va sud tartibida ko'rib chiqishning huquqiy kafolatlarida (barcha subyektlarga te­ gishli).1 Ma’muriy-huquqiy normalar bilan o'matilgan huquq layo- qatiga ega bo'lgan subyektlar, ularga berilgan huquq layoqatini amalda ro'yobga chiqarishlari orqali, ma’muriy-huquqiy munosa­ batlaming ishtirokchilariga aylanadilar. Shu sababli, m’muriy huquq subyektlari ma’muriy huquq layoqati bilan bir vaqtda ma’­ muriy muomala layoqatiga, ya’ni ulaiga tegishli bo'lgan boshqaruv sohasidagi huquqlarni amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo'lishi kerak./Jismoniy yoki yuridik shaxsning muomala layoqati — bu ulaming o'z qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan huquq- laiga ega bo'lishi va amalga oshirishi, o'zlariga va boshqa shaxs­ larga majburiyatlarni vujudga keltirishi, ulami bajarishi hamda fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini ta’minlash qobiliyatiga ega bo'lishidirj
Ma’muriy muomala layoqati, Yu.N.Starilovning fikricha, nor­ mativ o'matilgan va ma’muriy huquq subyektiga tegishli boigan huquq va majburiyatlarni amalga oshirishga imkon beradigan «faol» va «ijodiy» asoslaiga egadir, ya’ni huquq subyekti tomonidan unga tegishli huquqlar va erkinliklardan, vakolatlardan foydalanish, boshqaruv sohasida qonuniylikni ta’minlash, boshqaruv funksiya­ larini bajarish, boshqaruvning ma’muriy-huquqiy shakl va uslub- larini, ma’muriy-huquqiy majburlov choralarini qo'llash hisob- lanadi.^Muomala layoqati — bu subyektlar tomonidan ulaiga te­ gishli bo'lgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishning, shuning­ dek, o'matilgan majburiyatlarni bajarishning muhim sharoitidir.1 Ma’muriy muomala layoqati — jismoniy shaxs yoki davlat ma’muriyati vakilining ma’lum bir huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan o'z xatti-harakatlarini anglashi va to'g'ri baholashi, ulaiga amal qilishi hamda ulami qo'llashning qonuniy ekanligini kafolatlash qobiliyatidirj Muomala layoqati shaxsning ma’lum bir qobiliyati sifatida quyidagi elementlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin: — o'zlariga tegishli bo'lgan huquqlami mustaqil amalga oshi­ rish; — o'matilgan vakolatlarni amalga oshirish va boshqaruvning huquqiy aktlarini qabul qilish; — ma’muriy-huquqiy majburlov choralarini qo'llash; — fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini tan olish, kafolat­ lash va himoya qilish; — fuqarolaiga, davlat organiga yoki yuridik shaxsga keltirilgan zarar uchun huquqiy javobgarlikka tortilish; — ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik (nojo'ya xatti-ha- rakat) sodir etganda, tegishlicha ma’muriy yoki intizomiy javob­ garlikka tortilish. Ma’muriy huquq subyektlarida ma’muriy muomala layoqati turlicha vujudga keladi. Muomala layoqati vujudga kelishining aso­ siy sharti bo'lib, subyektlar huquqlari, majburiyatlari va vakolat- larining xususiyatlari hisoblanadi. Ma’muriy qonunchilik ma’muriy huquq subyektlarining muo­ mala layoqatini turli asoslaiga ko'ra belgilaydi: a) yoshga qarab (masalan, fuqarolaming umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishi 16 yoshdan boshlanadi yoki fuqa­ rolaming harbiy xizmatni o'tashi 18 yoshdan boshlanadi);
b) mansabni egallaganlik holatiga qarab (masalan, davlat- hokimiyat vakolatlarini faqatgina maxsus huquqiy normalar bilan vakolat berilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi); d) huquqlami amalga oshirish va majburiyatlarni bajarishning huquqiy tartibiga qarab (masalan, favqulodda holatlarda shaxs­ laming huquqlari cheklab qo'yilgan bo'lishi mumkin); e) ro'yxatga olish yoki boshqa ma’muriy jarayonlarni olib borish natijasiga qarab (masalan, ma’muriy huquq subyekti hisob­ langan ayrim tashkilotlar o'z faoliyatini faqatgina tegishli tartibda ulaming ustavi ro'yxatga olingandan yoki ruxsatnoma (litsenziya) berilgandan so'ng amalga oshirish imkoniyatiga ega boiadi). Ma’muriy muomala layoqatiga ega bo'lishning huquqiy asoslari normativ huquqiy aktlarda o'rnatiladi. jjDemak, jismoniy va yuridik shaxslaming ma’muriy huquq sub­ yekti sifatida namoyon boiishi, ma’muriy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi ko'p jihatdan huquq subyekti ekanligiga, ya’ni ma’­ muriy huquq layoqati va ma’muriy muomala layoqatining mav- judligiga bog'liqdir]
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Ma’muriy huquq subyekti tushunchasi. 2. Ma’muriy huquq subyekti turlari. 3. Individual subyektlar. 4. Jamoa subyektlari. 5. Ma’muriy huquq layoqati. 6. Ma’muriy muomala layoqati.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling