1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet22/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

6-Mavzu: Davlat xizmati


Reja:

  1. Ma’muriy huquq va davlat xizmatining o‘zaro munosabati

  2. Davlat xizmati tushunchasi va mazmuni

  3. Davlat xizmati prinsiplari

  4. Davlat xizmati maqsadi, vazifalari va funksiyalari

Ma’muriy huquq va davlat xizmatining o‘zaro munosabati
0 ‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlaming shakllanishi va chuqurlashib borishi, davlat ho­ kimiyatining konstitutsiyaviy bo'linishi va samaraii ijro hokimiya­ tining tashkil etilishi, davlatchilikni mustahkamlash zaruriyati, zamonaviy huquqiy demokratik davlatni barpo etish, davlat bosh­ qaruvi nazariyasi va amaliyotining o'zgarishi — bularning barchasi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqaruv sohasidagi ma’muriy- huquqiy va ma’muriy-protsessual o'zgarishlarni ta’minlashga qa- ratilgandir. Bu holat, ma’muriy huquqning huquq sohasi, qonun­ chilik tarmog'i, o'quv fani va o'quv kursi sifatida yangilanishini va qayta tashkil etilishini taqozo etadi. Ma’muriy qonunchilik — ko'pgina ichki sohalaiga ega ekanligi, doimiy harakatda bo'lishi va o'zgarib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday holatni «Ma’muriy huquq» fanida ham kuzatish mumkin. Masalan, besh yil awal, davlat xizmati to'g'risida, faqatgina ma’­ muriy huquqning instituti sifatida gapirish mumkin edi. Hozirda esa, qonunchilikning rivojlanishi bilan, davlat xizmati o'zining mustaqil predmetiga va tartibga solish uslublariga ega bo'lmoqda, ya’ni mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanmoqda. Davlat xizmati, asta-sekinlik bilan, kuchli huquqiy bazaga ega bo'lib bormoqda hamda yaqin kelajakda huquq tizimining mustaqil sohasi sifatida joriy etilishi mumkin.
«Davlat xizmati» atamasi to'rt asosiy aspektda, ya’ni huquq­ ning tegishli sohasi; qonunchilik sohasi; huquqiy fanlaming sohasi; oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan o'quv fani sifatida qo'llanilishi mumkin. Davlat xizmati masalasiga bag'ishlangan yuridik adabiyotlami tahlil qilib ko'radigan bo'lsak, «Davlat xizmati» о‘quv kursi va uning predmeti muammosi olimlar o'rtasida muhokama qilinma­ gan, yetarlicha e’tibor berilmagan. Shuning uchun ham bu ma­ salalami muhokama qilishda turlicha fikrlaming vujudga kelishi mumkin. Ba’zi bir olimlar «xizmat huquqi» atamasining o‘zini qo'llash maqsadga muvofiq emas deb ko'rsatsa, ba’zi birlari xizmat huquqini ma’muriy huquqning ichki sohasi sifatida, uchinchi guruh olimlari esa xizmat huquqini kompleks soha tarkibiga kiritadi. Bundan tashqari, xizmat huquqi mustaqil huquq sohasi ekanligi to'g'risidagi qarashlar ham mavjud. Jumladan, Yu.N.Starilov o'zining ilmiy ishlarida davlat xiz- matini mustaqil huquq sohasi sifatida asoslab berishga harakat qilgan. Shu bilan 'biiga uning ko'rsatishicha, xizmat huquqi — ma’muriy huquqning maxsus qismi bo'lib, davlat xizmatini tashkil etishdan boshlab toki uning funksiyalanishigacha bo'lgan jarayonni, ya’ni: ijro hokimiyati, davlat boshqaruvi, ma’muriy huquq subyekt­ lari, davlat boshqaruv organlari, boshqaruv uslublari va ma’muriy- huquqiy shakllar, davlat majburlovi, ma’muriy javobgarlik, ijro, hokimiyatidagi kontrol va nazorat kabi ma’muriy-huquqiy insti- tutlarni o'zida birlashtiradi.
Huquqshunos olim B.N.Gabrichidzening fikricha, davlat xiz­ mati o'quv kursini o'rganish jarayonida — falsafiy, iqtisodiy, ijti­ moiy va huquqiy fanlar (birinchi navbatda, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq fanlari) bo'yicha bilimlarni, uslub va shakllarni birlashtirish lozim bo'ladi.2 Bundan tashqari, ba’zi bir huquqshunos olimlar xizmat hu­ quqini kompleks huquq sohalari tarkibiga kiritib, uni o'rganishda quyidagilaiga e’tiborni qaratishni ko'rsatib o'tadi: — davlat xizmat munosabatlarining vujudga kelish tartibi va uning huquqiy oqibatlari; — davlat xizmat munosabatlaiining o'zgarishi; — davlat xizmatchilarining huquqlari va majburiyatlari; — davlat xizmatchilarining o'z vazifalarini bajarmaganligidan kelib chiqadigan oqibatlar; — intizomiy javobgarlikni qo'llash; — davlat xizmati munosabatlarida huquqiy va ijtimoiy himoya va boshqalar3. Ma’muriy huquqning davlat xizmati bilan o'zaro munosabati shu bilan izohlanadiki, ulaming har ikkalasi ham tartibga solishning umumiy predmetiga egadir. Lekin shu bilan birga ulaming tartibga solish predmetida ma’lum bir o'ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Jumladan, ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvini tashkil etish va anialga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijti­ moiy munosabatlar kirsa, davlat xizmatining predmetiga davlat xizmatini tashkil etish va uni amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Davlat xizmati munosabatlari nafaqat davlat oiganlarining ijrochilik faoliyati jarayonida, balki davlat hokimiyatining boshqa sohalarida ham vujudga keladi. Davlat xizmati predmetiga kiruvchi ijtimoiy munosabatlaming aksariyatini, konstitutsiyaviy, mehnat, moliya, jinoyat va boshqa huquq tarmoqlari bilan tartibga soli- nadigan munosabatlar tashkil etadi. Davlat xizmatchilari keng ko'lamdagi vazifalarni amalga oshirishi sababli, xizmat munosabatlari nafaqat davlat boshqaruvi, balki yurisdiksiyaviy (huquqni muhofaza qilish) faoliyat sohasida ham vujudga keladi. Demak, davlat xizmati predmetiga kiruvchi ijtimoiy muno­ sabatlarni davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayoni bilan bog'lashning o'zi yetarli emas. Davlat xizmati munosabatlari davlat faoliyatining deyarli barcha sohalarida vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lishi mumkin. Lekin davlat xizmati va ma’muriy huquq o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ham ko'rsatib o'tish lozim. Davlat xizmatini tashkil etishdan boshlab toki uni o'tashgacha, davlat xizmat munosabatlarining bekor bo'lishigacha bo'lgan jarayonda ma’muriy huquq normalari ishtirok etadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, davlat xizmati va ma’­ muriy huquq o'rtasidagi o'zaro munosabatni belgilashda «davlat- xizmat munosabatlari»ning tutgan o'mi kattadir.
Davlat-xizmat munosabatlari bir necha o'ziga xos xususiyatlarga egadir: birinchidan — bu munosabatlar davlat-huquqiy munosabatlari bo'lib hisoblanadi, ya’ni davlat-xizmat munosabatlari ommaviy huquq (davlat, ma’muriy) normalari bilan tartibga solinadi va ko'pgina hollarda xususiy-huquqiy tartibga solishdan xolidir; ikkinchidan — davlat-xizmat munosabatlari — alohida huquqiy munosabatlar bo'lib, davlat xizmatchilarining maqomi bilan bog'- liqdir; uchinchidan — davlat-xizmat munosabatlari — davlat xizmat­ chilarining ishonch, xizmat va sadoqat munosabatlaridir; to‘rtinchidan — davlat-xizmat munosabatlari — davlat-huquqiy hokimiyat munosabatlaridir; beshinchidan — davlat-xizmat munosabatlari — davlat lavo- zimini boshqarish bilan bog'liq, ya’ni davlat xizmatchisi dav-
latning funksiyalarini amalga oshirib, ma’lum bir davlat vazifa va funksiyalarini bajaradi.1 Davlat xizmati tushunchasi va mazmuni
Davlat xizmati mohiyatini va uning asosiy xususiyatlarini aniq­ lashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat turlari to'g'risida tushuncha hosil qilish lozim. Bulami quyidagi shakllaiga bo'lish mumkin: 1) tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar ko'rsatish va ishlami bajarish; 2) nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitoblar, maqolalar yozish, kino va videofimlar yaratish, ssenariylar tayyor­ lash); 3) ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish (masalan, ta’lim, sog'liqni saqlash va h.k.lar); 4) davlat xizmatini amalga oshirish: a) ijtimoiy-madaniy sohalami (ta’lim, sog'liqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish) boshqarish; b) iqtisodiyot sohalarini (sanoat, qishloq va suv xo'jaligi, qurilish’ transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari) boshqarish; d) ma’miiriy-siyosiy sohalami (mudofaa, davlat xavfsizligi, adliya, ichki ishlar, tashqi ishlar) boshqarish; 5) nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlarda fao­ liyat ko'rsatish; 6) jamiyatning turli sohalarida ma’lum bir ehtiyojlami qon- dirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullanish va boshqalar.-
D.N.Baxraxning fikricha, insonlaming, shuningdek, davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo'nalishlaridan biri — bu xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat oiganlarining maxsus tizimi sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Xizmat — boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatishdan iborat.3 Xizmatning (shu jumladan, ijtimoiy foydali faoliyatning) asosiy turi — bu davlat xizmati hisoblanadi.
Ko'pgina darsliklarda davlat xizmati davlat organlarida mehnat qiluvchilaming davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan mehnat faoliyati sifatida ko'rsatib o'tiladi.1 V.M.Manoxinning fikricha, «Davlat xizmatining mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini, davlat xizmatining vazifa va funksiyalarini — davlat vazifalari, funksiyalari, davlat faoliyati shakllarining o'zaro nisbati orqali aniqlash mumkin».2 Turli tashkilotlarning xizmatchilari o'z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida o'ziga xos munosabatlarga kirishadi. Bu muno­ sabatlaming mazmunini xizmat turi hamda xizmat olib borilayot­ gan tashkilotning o'ziga xos xususiyatlari belgilab beradi.
Jumladan, xizmat munosabatlari: birinchidan — davlat-xizmat munosabatlariga; ikkinchidan — jamoat birlashmalarida va boshqa nodavlat (xu­ susiy, tijorat) tashkilotlarida amalga oshiriladigan faoliyatga bo'li­ nadi. Yuqoridagilarga asoslanib, xizmatchilarning qanday lavozim egallashi va qaysi tashkilotda o'z majburiyat va vazifalarini baja- rishiga qarab, ulami quyidagilarga bo'lish mumkin: a) davlat organlarining xizmatchilari; b) mahalliy organlarining xizmatchilari; d) davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlash- malarining xizmatchilari; e) nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari; 0 jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.lar. Yu.M.Kozlovning fikricha, davlat xizmati — davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat tushuniladi.3 Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklami, tovar- lami yaratish (ishlami bajarish); ikkinchidan, boshqaruvni, rahbar­ likni, kontrol va nazoratni amalga oshirish. Bunda — ma’naviy boyliklar yaratilishi yoki davlat oiganlarining funksiyalari amalga oshirilishi mumkin. Davlat va mahalliy organlaridagi xizmatning zaruriyati — dav­ latning mavjud bo'lishidan, uning vazifa va funksiyalaridan, shu­ ningdek, davlat organlarini (qonunchilik, ijro etish va sud hoki­ miyati) tashkil etish ehtiyojidan kelib chiqadi.
Aynan xizmatchilar ko'pgina davlat oiganlari tuzilmasida, muassasa va tashkilotlarida, boshqaruv hamda boshqariluvchi tizim ichida personal sifatida harakat qiladi; ularning o‘z vazifalarini vij- donan bajarishi esa davlat va jamiyatda huquqiy tartibotni o'rna- tishda xizmat qiladi. D.N.Baxraxning fikricha, davlat xizmati tushunchasini bir necha ma’nolarda ko'rib chiqish mumkin: ijtimoiy ma ’noda — davlat xizmati ijtimoiy kategoriya bo'lib, davlat tashkilotida ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan davlatning ko'rsatmasiga ko'ra ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirishdir; siyosiy ma ’noda — davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat bo'lib, davlatning maqsad va vazifalariga barcha ishlab chiqilgan siyosiy kuch va vositalar orqali erishish; davlat xizmati jamiyatdagi muvozanatning asosiy ko'rinishidir; huquqiy ma 'noda — davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy o'rnatish bo'lib, mansab majburiyatlari, xizmatchilaming vako­ latlari, davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishi ta’minlanadi.
Davlat xizmati murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri bo'lib, uni o'rganish davlat xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil qilishni talab qiladi. Bu institut davlat-xizmat munosa­ batlarini tartibga soluvchi normalar yig'indisidan iborat bo'lib, u orqali xizmatchilaming huquqlari, majburiyatlari, ulaiga belgtla- nadigan cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini o'tash, ya’ni xizmat munosabatlarining vujudga kelishi va bekor bo'lishi tartibga solinadi. Demak, davlat xizmati huquqiy institut bo'lib, turli huquq sohalarining normalaridan tashkil topgan kichik institutlami o'z ichiga oladi; tashkiliy ma’noda — davlat xizmati davlat apparatining tash- kiliy-funksional elementlari bilan aloqada bo'ladi. U quyidagi ele­ mentlardan tashkil topgan tizim sifatida namoyon bo'ladi: davlat apparati faoliyatining tashkiliy va protsessual asoslarini tashkil etish, lavozimlaming qurilishi va ularning huquqiy ko'rinishi, xodimlami aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni mustahkamlashning huquqiy asosi bo'lib, davlat hokimiyatini belgilaydi va fuqarolik ja- miyatining normal fimksiyalanishini ta’minlaydi.
Davlat va mahalliy organlarida amalga oshiriladigan xizmat, — Yu.N.Starilovning fikricha, — bu ommaviy xizmat bo'lib, ommaviy hokimiyat organlarida amalga oshiriladigan xizmatdir. Odatiy naza­ riya nuqtayi nazaridan davlat xizmati deganda — davlat korxo-
nalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarida amalga oshi­ riladigan xizmat tushuniladi. Xususiy tashkilotlarning, korxonalar­ ning, banklar va boshqa korxona va tashkilotlarning xizmatchi- larini, faqatgina ijtimoiy nuqtayi nazardan, xizmat munosabatlari tizimiga kiritish mumkin. Oxiigi vaqtlarda ko'pgina rivojlangan davlatlarda xalq noiblari (deputatlar) tomonidan olib borilayotgan xizmat professional ish sifatida namoyon bo'lmoqda. Ularda deputatlar davlat xizmat­ chilari hisoblanmaydilar. Davlatda oliy mansablami egallab turgan shaxslar ham (Prezident, vakillik va ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, vazirlar va boshqalar) davlat xizmatida emas. Ular ommaviy-huquqiy xizmat maqomiga ega hamda o‘z vazifalarini ma’lum bir davrda amalga oshirishlari mumkin. Masalan, G'arbiy Yevropa yoki Amerika Qo'shma Shtatlarini olib qaraydigan bo'lsak, uiardagi oliy mansabdor shaxslar ommaviy xizmat tarkibiga kiri- tilmagan. Lekin mazkur davlatlarning ommaviy xizmat tizimi bilan tanishib chiqqanda, ba’zi bir qarama-qarshiliklami ko'rish mumkin (masalan, mansabdor shaxslaming o'z vakolatlarini «vaqtinchalik» bajarish bilan davlat xizmatiga «umrbod» tayinlash prinsipi o'r­ tasida). Muhim davlat-ma’muriy funksiyalar — davlat xizmatiga hech qanday aloqasi bo'lmagan xususiy shaxslar (masalan, xususiy notariuslar) tomonidan bajariladi.1 Davlat xizmati tushunchasini keng ma’noda olib ko'radigan bo ‘Isak, bu davlat oiganlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funk­ siyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab tuigan hamda davlat budjetidan mab­ lag' bilan ta’minlanadigan barcha shaxslaming faoliyatidir.2 V.M.Manoxin tomonidan davlat xizmatiga berilgan tushuncha yuridik adabiyotlarda keng qo'llanilmoqda. Uning fikricha, davlat xizmati — bu davlat organlarini va boshqa tashkilotlarini tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo'yicha davlat faoliyatining bir bo'lagi hisoblanadi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati esa davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratiladi. Lekin yuqorida berilgan ta’rifga nisbatan ko'pgina olimlar o'z e’tirozlarini bildirishgan. Jumladan, B.M.Lazarev uning quyidagi kamchiliklarini ko'rsatib o'tgan: birinchidan, davlat xizmati davlat xizmatchisi atamasi bilan belgilangan; ikkinchidan, davlat xizmat­ chilari nafaqat davlat funksiyalarini, balki boshqa faoliyat turini ham amalga oshiradilar (masalan, shifokorlar, ilmiy xodimlar, a'qi- tuvchilar va boshqalar); uchinchidan, Manoxin V.M. tomonidan berilgan ta’rifda ikki holat, ya’ni davlat xizmati hamda uni tashkil etish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat umumlashtirilgan.
Lazarev B.M. davlat xizmatiga quyidagicha ta’rif beradi: «davlat xizmati — davlatga xizmat qilish, ya’ni uning talabi bilan ma’lum bir pul mukofoti evaziga davlat oiganida davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo'yicha bo'ladigan faoliyatdir».1 Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo'yicha davlat faoliyatining asosiy turla­ ridan biri bo'lib, davlat oldida turgan vazifalaming samaraii amalga oshirilishini ta’minlaydi. O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgi­ langan prinsiplar va boshqa holatlaiga asoslanib, davlat funksiya­ larini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, .jamiyat va fuqarolar ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi vaqtda asosiy masalalardan biri — bu O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatining umumiy tomonlarini tartibga soluvchi yagona qonun qabul qilishdir. Masalan, Rossiya Fede­ ratsiyasida 1995-yil 5-iyulda «Rossiya Federatsiyasida davlat xiz­ matining asoslari to'g‘risida»gi Qonun qabul qilingan bo'lib, davlat xizmatiga taalluqli bo'lgan asosiy masalalar huquqiy jihatdan tartibga solingan.
Mazkur qonunning 2-moddasiga binoan davlat xizmati deganda — davlat organlari vakolatlarini ta’minlash bo'yicha olib boriladigan professional faoliyat tushuniladi. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda, davlat xizmatining quyidagi xususiyatlari ko'rsatib o'tilgan: 1) davlat xizmati — professional faoliyat, ya’ni davlat xizmat- chisining davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshi­ rishga qaratilgan faoliyatidir; 2) mazkur faoliyatni olib borish jarayonida davlat organ­ larining kompetensiyasi amalga oshiriladi; 3) bu faoliyat davlat organlarining funksiyalanishini ta’min­ lashga qaratilgandir;
4) bunday faoliyat mansab majburiyatlarining ijro etilishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, mansab majburiyatlari davlat xizmatiga emas, balki davlat xizmatchisiga tegishli bo‘ladi. Bu yerda, biz davlat xizmati tushunchasining shaxsiy aspektini ko'ri­ shimiz mumkin. Davlat xizmati tushunchasi funksional ma ’noga ham ega. Unga ko‘ra davlat xizmati — davlat faoliyatining, davlat organlarining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisob­ lanadi. Davlat xizmatchilarining faoliyati turli ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin. Jumladan, davlat xizmatchilari: 1) farmoyish berish, tartibga solish xususiyatidagi vakolatlarni amalga oshiradilar; 2) boshqaruv tizimida huquqning turli subyektlariga nisbatan huquqiy-hokimiyat ko'rsatmalarini amalga oshiradilar; 3) yurisdiksiyaviy harakatlarni amalga oshiradilar, ya’ni jismo­ niy va yuridik shaxslar hamda huquqning boshqa subyektlariga nisbatan davlat majburlov choralarini qo‘llaydilar (masalan, inti­ zomiy, ma’muriy va boshqalar); 4) tashkiliy harakatlarni va moddiy-texnik operatsiyalarni amalga oshiradilar (masalan, majlislar, yig'ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish); 5) fliqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradilar.
Davlat xizmatchilarining faoliyati muhim huquqiy oqibatlarga olib keladi, chunki ulaming faoliyati jarayonida huquqiy muno­ sabatlar vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lishi mumkin. Dav­ lat xizmatchilari faoliyatining barcha shakllari davlat tomonidan amalga oshiriladigan rahbarlikning zaruriy elementlari bo'lib, davlat hokimiyatini amalga oshirish bilan chambarchas bog'liqdir.
Xizmatchilar aksariyat hollarda ma’muriy funksiyalarni amalga oshiradilar (masalan, boshqaruv, tashkillashtirish, nazorat, rejalash­ tirish, hisobga olish, rahbarlik va boshqalar). Boshqaruv xizmat­ chilari o'zining maqsadi, vazifalari, mazmuni va natijalari jihatidan ijtimoiy mehnat bilan band bo'ladi. Bunday faoliyat jarayonida, qoida bo'yicha, moddiy boyliklar bevosita yaratilmaydi. Bu faoliyat asosan ijtimoiy rivojlanishning, davlat qurilishining maqsadi, vazi­ falari va yo'nalishlarini ishlab chiqish, aniq bir davlat-ijtimoiy organizmni tashkil etish, jamiyat faoliyatini tartibga solishga qaratiladi. Xizmatchilaming mehnati — insonlaming ongiga ta’sir etuvchi intellektual, ruhiy, javobgar faoliyat turi bo'lib hisoblanadi.
Davlat xizmatining umumiy xususiyatlariga to'xtaladigan bo'l- sak, bularga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, davlat xizmatchilarining davlat xizmatini davlat organida nazarda tutilgan shtat jadvali asosida olib borishi; ikkinchidan, davlat xizmatchilarining belgilangan pul mukofoti evaziga davlat organi vakolatlarini, mansab majburiyatlarini amalga oshirishi.1 V.I.Fadeyev o'zining ilmiy ishlarida mahalliy davlat hokimiyati organlarida amalga oshiriladigan xizmatni toia darajada asoslab beradi.
Uning fikricha, mahalliy organlarda xizmatni o'tash jarayo­ nida quyidagi ijtimoiy munosabatlaming vujudga kelishi mumkin: a) mahalliy organlarni tashkil etish bo'yicha bo'ladigan ijtimoiy munosabatlar; b) mahalliy organlar va uning mahalliy mulkni, mahalliy xo'jalikni boshqarish, mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish bo'yicha organlarning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy mu­ nosabatlar; d) qonun hujjatlari asosida davlatning ayrim vakolatlarining mahalliy organlar tomonidan amalga oshirilishi, qonunlami hamda yuqori turuvchi organlar huquqiy aktlari ijro etilishini tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida vujudga keladigan ijtimoiy muno­ sabatlar; e) mahalliy organlar tomonidan konstitutsiyaviy huquqni va sud himoyasini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Bundan tashqari, mahalliy organlardagi xizmat quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir: 1) bu xizmat — ommaviy xizmatning alohida turi hisoblanadi, ya’ni mahalliy ommaviy hokimiyat organidagi xizmatdir; 2) bu — mahalliy organlardagi professional faoliyat bo'lib, uning amalga oshirilishi bilan mahalliy xizmatchilar mahalliy bud­ jetdan mablag' oladilar. Mahalliy xizmatchilar mahalliy organ­ lardagi ma’lum bir lavozimlarda xizmatni olib boruvchi shaxslardir; 3) bu — mahalliy organlar vakolatlarini ijro etish bo'yicha bo'ladigan faoliyatdir, ya’ni mahalliy tuzilmaga bo'ysundirilgan faoliyatdir; 4) bu — doimiy asosda tashkil etiladigan faoliyatdir, ya’ni mahalliy oiganlar xizmatchilari mahalliy organlarning faoliyatini.
doimiy, cheklanmagan muddatda amalga oshiradilar.
Lekin ularni saylanadigan mansabdor shaxslardan (ma’lum bir muddatlarda xizmatni olib boradigan shaxslardan) farqlay olish lozim. Mahalliy organlar xizmatchilarining «doimiy asosli» faoliyati mahalliy organ­ lar xizmatining professionalizmini, uning muvozanatini ta’-min- laydi. 1 Alimov X.R. davlat xizmatiga to'xtalib, uning quyidagi asos­ larga ko‘ra tasniflanishini ko'rastib o'tadi: birinchidan — davlat faoliyatining turlari (shakllari)ga qarab davlat xizmati: a) xalq deputatlari Kengashlarida amalga oshirila­ digan xizmat; b) davlat boshqaruvi organlarida amalga oshiriladigan xizmat; d) sud organlarida amalga oshiriladigan xizmat; e) pro- kuratura organlarida amalga oshiriladigan xizmatga bo'linadi; ikkinchidan — faoliyat turiga ko 'ra davlat xizjnati: a) moddiy ish­ lab chiqarish sohasidagi xizmat; b) ijtimoiy foydali faoliyatning boshqa sohalaridagi xizmatga bo'linadi; uchinchidan — farmoyish berish vakolatlariga ega bo ‘lish xusu­ siyatlariga ko'ra davlat xizmatchilari: a) farmoyish berish vakolati berilgan xizmat; b) bunday vakolat berilmagan xizmatga bo'linadi.2

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling