1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Mahalliy hokimiyat organlari deganda — viloyat, tuman, shahar hokimlari boshchilik qiladigan ijroiya apparati va vakillik organlari (viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari) tushuniladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi — 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi 99—104- moddalari hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g"risida»gi Qonuni'da nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: — qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolaming xavfsiz ligini ta’minlash; — hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qi lish; — mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; — atrof-muhitni muhofaza qilish; — fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; — normativ hujjatlarni qabul qilish hamda 0 ‘zbekiston Res publikasi Konstitutsiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari — 0 ‘zbekiston Respub likasining qonunlarini, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori oiganlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masa lalami muhokama qilishda qatnashadilar. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlaming vakolat muddati — 5 yil. Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi O'zbekiston Res publikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tas diqlanadi. Tuman va shaharlaming hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlaming hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlaiga bo‘ysunadigan shaharlaming hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko'maklashadilar, o'zini-o'zi boshqarish organ larining faoliyatini yo'naltirib turadilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o'tkazish, qo'shimcha korxonalar, xo'jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg'unlashtirish maqsadida Qoraqalpog'is ton Respublikasining, O'zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organ lari bilan shartnomalar asosida o'zaro munosabatlar o'matishga haqlidirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va far- moyishlar chiqaradi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o'zga tartib belgilanmagan bo'lsa. Xalq deputatlari Kengashi va hokim o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma’muriy- hududiy tuzilmalaming davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq 0 ‘zbekiston Respublikasi mulkida bo'lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlami samaraii joylashtirish, tabiiy va mehnat resurs- laridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mul- kini chegaralash natijasida o‘ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o‘zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to‘liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol- mulki, budjet mablag'lari, budjetdan tashqari fondlaming va aniq maqsadga qaratilgan fondlaming mablag‘lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo'lgan muhan dislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag‘i hiso bidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek, ulushbay asos- larda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog'ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo'lishi mumkin. Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mul ki obyektlarini O'zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilan gan doirada boshqaradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda vi loyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mul kida bo'lgan obyektlarni O'zbekiston Respublikasi qonunlarida na zarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir. Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tash kilotlar, dehqon xo'jaliklari va fiiqarolaiga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu subyektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo‘yishga, shuningdek, yerlami olib qo‘yishga haqli bo‘lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini — budjet mablag'lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subvensiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi. Viloyat, tuman, shahaming moliyaviy resurslari ijtimoiy-iqti- sodiy rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi dasturlarni, shu jumla dan, hududlararo dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun boshqa viloyatlar, tumanlar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashki lotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolaming moliya resurslari bilan shartnoma asosida birlashtirilishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi viloyat, tuman, shahar budjeti va uning ijrosiga doir hisobotlarni tasdiq laydi. Viloyat, tuman, shahar budjeti loyihalarini tayyorlash, uning ijrosini hokim amalga oshiradi. Budjet loyihasi hokim tomonidan daromadlar manbai va xarajatlar yo'nalishlari ko'rsatilgan holda taqdim etiladi. Ijroiya organlarini pul bilan ta’minlash budjetda nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tegishincha tu- manga bo'ysinuvchi shahar hamda shahardagi tuman budjetini va uning ijrosiga doir hisobotlarni ham tasdiqlaydilar. Viloyat, tuman, shahar budjeti daromadlariga: O'zbekiston Res publikasi qonunlariga muvofiq olinadigan soliqlar va yig'imlar; viloyat, tuman va shaharga qarashli mol-mulkni ijaraga berish yoki sotishdan keladigan tushumlar; qonunlarda nazarda tutilgan hollarda viloyat, tuman, shahar mulki hisoblangan korxonalar, muas sasalar va tashkilotlaming tekshirish vaqtida aniqlangan yashirib qolingan yoki kamaytirib ko'rsatilgan daromadlarining muayyan qismi; O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa tushumlar kiritiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi: fuqarolar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tash kilotlaming ixtiyoriy badallari va xayriyalaridan; O'zbekiston Res publikasi qonunlariga muvofiq undiriladigan ayrim turdagi jarima- lardan; o'zga mablag'lardan tarkib topadigan budjetdan tashqari fondlar hosil qilishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlaming mablag'lari bankdagi maxsus schyotlarda turadi, ulami olib qo'yish mumkin emas, ular tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga binoan sarflanadi. Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi O'zbe kiston Respublikasining qonunlariga muvofiq viloyat, shahar valuta fondi tashkil etish va ulardan xalq deputatlari Kengashining qaror- lariga binoan foydalanishga haqlidir. Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgi- laydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o'rinbosarlarga ega bo' ladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda o'rinbosarlari hokim tomonidan O'zbekiston Respubli kasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritiladi. Tuman, shahar hokimining o'rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori tu ruvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritiladi. Shahardagi tuman, tumanga bo'ysinuvchi shahar hokimining o'rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Hokimning o'rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan va zifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo'qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o'rinbosar yoki hokimning topshirig'iga binoan uning o'rinbosarlaridan biri bajaradi. Hokim, uning o'rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqar- malar, bo'limlar va boshqa boiinmalardan iborat bo'lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka masi tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namu naviy tuzilmasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qo'yiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasida tuman va sha har hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Qora qalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qo'yiladi. Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o'zga tartibi belgilanmagan bo'lsa, ijroiya hokimiyati tuzilma bo'linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar ora- lig‘idagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritiladi. Basharti, qonunlarda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o‘zga tartibi belgilanmagan bo'lsa, shahardagi tuman yoki tumanga bo‘ysunadigan shahar ijroiya hokimiyati tuzilma bo‘linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda .tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Viloyat, tuman va shahar hokimi: 1) qonunlaming hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahka masi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq depu tatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi; 2) jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolaming xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora- tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlami tashkil etadi; 3) viloyat, tuman va shahami iqtisodiy va ijtimoiy rivojlan- tirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ulaming ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga taqdim etadi; 4) o‘z o'rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo'linma- larining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to'g'risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig'iga taqdim etadi; 5) hokimlik devoni bo'linmalari rahbarlarini lavozimga tayin laydi va lavozimdan ozod qiladi; 6) quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O'z bekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O'zbe kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respub likasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo'lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi tu ruvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to'g'risida taqdimnoma kiritadi; 7) rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura boiinmalarining ishini nazorat qiladi; 8) xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chi qargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi; 9) davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalami qarab chiqadi va takliflar kiritadi; 10) respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi; 11) aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolaming shi- koyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi. Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tu man, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo'jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foyda lanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘1 xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'r satish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolaming huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalami ham hal etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O'zbe kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to monidan belgilangan tartibda bekor qilinadi. Hokimlaming O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, hukumat hujjatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O'zbe kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to'xtatiladi va bekor qilinadi. Hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Davlat oiganlari tushunchasi va xususiyatlari. 2. Davlat-hokimiyat vakolatining mazmuni. 3. Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi. 4. Ijro hokimiyati organlarining o'ziga xos xususiyatlari. 5. O'zbekiston Respublikasida ijro hokimiyati organlari tizi mini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari. 6. Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. 7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari. 9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbe kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan o'zaro munosabati. 10. Bosh vazir va uning vakolatlari. 11. Bosh vazir o'rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi a’zolari va ulaming vakolatlari. 12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining norma tiv hujjatlari. 13. Vazirliklar va ulaming huquqiy maqomi. 14. Vazir va uning vakolatlari. 15. Vazirlik hay’ati. 16. Davlat qo'mitalari va ulaming huquqiy maqomi. 17. Davlat qo'mitasi Raisi va uning vakolatlari. 18. Davlat qo'mitasi hay’ati. 19. Respublika boshqaruv organlari va ulaming asosiy vazi falari, funksiyalari. 20. Xo'jalik boshqaruvi . organlari va ularning asosiy vazifalari, funksiyalari. 21. Hokimlik institutining vujudga kelishi. 22. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi. 23. Hokimlar va ulaming vakolatlari Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling