1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ijro hokimiyati organlarining tasnifi


Download 1.49 Mb.
bet18/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ijro hokimiyati organlarining tasnifi Ijro hokimiyati organlarining turli darajalaida tashkil etilishi sababli va faoliyatining keng qamrovli xususiyatga ega ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, ulami bir necha asoslarga qarab gu­ ruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash mumkin.
Yu.M.Kozlovning ko'rsatishicha, ijro hokimiyati organlari bir- biridan, faoliyatining mazmuniga ko'ra va o'zining aniq yo'nalishiga qarab farqlanadi. Ulami quyidagi turlarga guruhlash mumkin:
1) faoliyatning hududiy doirasiga ko'ra: davlat va mahalliy organlarga bo'linadi;
2) kompetensiya xususiyatlariga ko'ra: umumiy, sohaviy, soha- lararo yoki maxsus kompetensiyali ijro hokimiyati organlariga bo'linadi;
3) tashkil etish tartibi va uslublariga ko'ra: davlat boshlig'i, qo­ nunchilik organi, yuqori ijro hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan davlat organlariga bo'linadi. Ayrim hollarda saylash uslubining ham mavjudligini ko'rish mumkin. Lekin saylash orqali ijro hokimiyati organlari tashkil etilmaydi, balki ulaming mansabdor shaxslari saylanishi mumkin1;
4) ichki sohaviy masalalami hal etish tartibi bo'yicha: kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijro hokimiyati organlariga bo'linadi;
5) tashkiliy-huquqiy shakliga ko 'ra: hukumat, vazirliklar, davlat qo'mitalari, komissiyalar, xizmatlar, nazorat oiganlari, agentliklar, meriya2lar, departamentlar, inspeksiyalar va boshqalarga bo'linadi. Huquqshunos olim A.P.Alyoxin ham ijro hokimiyati organ­ larini turli asoslarga ko'ra va birinchi navbatda davlat tuzilish, tashkiliy shakllari, kompetensiya xususiyatlari, sohaga taalluqli masalalami hal etish tartibiga ko'ra tasniflanishini ko'rsatib o'tadi. Yu.M.Kozlovdan farqli ravishda, u ijro hokimiyati organlari kompetensiyasining xususiyatiga ko'ra bo'linishida, ichki sohaviy kompetensiyali organlami ham ko'rsatib o'tadi. Starilov Yu.N. ham ijro hokimiyati organlari tizimini, yuqo­ ridagi huquqshunos olimlari singari davlat tuzilishi, tashkiliy shakl­ lari, kompetensiya xususiyatlari, sohaga taalluqli masalalami hal etish tartibiga ko'ra tasniflanishini ko'rsatib o'tadi.
Davlat oiganlarining ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishiga qarab boiinishi ham keng tarqalgandir. Davlat oiganlarining bunday bo'linishi, birinchi navbatda davlat tuzumiga, davlat oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalaiga bog'liqdir. Davlat organlarini faoliyat yo'nalishiga ko'ra quyidagilarga bo'lish mumkin:
— davlat hokimiyati organlari;
— davlat boshqaruvi oiganlari;
— sud organlari;
— davlat nazorati organlari.
Davlat organlarining bunday bo'linishi davlat hokimiyatining bo'linish prinsipiga asoslanadi. Har bir davlat hokimiyati oiga- nining o'z faoliyat yo'nalishi mavjuddir.
X.R.Alimov davlat boshqaruvi organlari tasnifiga to'xtalib, ularning quyidagi turlarini ko'rsatib o'tadi:
1) tashkil etish asoslariga ko'ra: Konstitutsiya asosida va joriy qonunlar asosida tashkil etiladigan organlar;
2) kompetensiyasining xususiyatiga ko'ra: umumiy, maxsus, sohaviy va aralash kompetensiyali organlar;
3) soha ichidagi masalalami hal etish tartibiga ko'ra: kollegial va yakkaboshchilik organlar;
4) faoliyat hududiga ko 'ra: markaziy va mahalliy organlar;
5) moliyalashtirish manbasiga ko'ra: budjet organlari va xo'jalik hisobidagi organlar.1 Bundan tashqari, davlat boshqaruvi oiganlarining huquqiy maqomiga ko'ra bo'linishini ham ko'rsatib o'tadi:
a) oliy ijro etish va farmoyish berish vakolatiga ega bo'lgan davlat organlari;
b) markaziy sohaviy ijro etish va farmoyish berish vakolatiga ega bo'lgan davlat oiganlari;
d) mahalliy ijro etish va farmoyish berish vakolatiga ega bo'lgan davlat oiganlari;
e) korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming ma’muriyatlariga (ijro organlariga) bo'linadi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'lsak, ko'pgina huquqshunos olimlari ijro hokimiyati organlarini tasniflashda deyarli bir xil asoslarni ko'rsatib o'tadilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asos­ lanib, ijro hokimiyati organlarini quyidagi turlaiga boiish mumkin:
1) faoliyatining hududiy doirasiga ko'ra ijro hokimiyati oiganlari uch guruhga bo'linadi:
a) oliy ijro hokimiyati organi (0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi);
b) markaziy ijro hokimiyati organlari (bunga respublika miqyo­ sida faoliyat ko'rsatuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korpo- ratsiya, assosiatsiya, kompaniya va boshqalar);
d) mahalliy ijro hokimiyati organlari (markaziy ijro hokimiyati oiganlarining boshqarma va boiimlarini, hokim boshchilik qiladi­ gan ijroiya apparatni kiritish mumkin);
2) tashkil etish asoslariga ko'ra ijro hokimiyati oiganlari quyi- dagilarga boiinadi:
a) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tashkil etila­ digan organlar (masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­ kamasi);
b) O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (masalan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari). Ba’zi adabiyotlarda, ijro hokimiyati oiganlarining tashkil etilishiga ko‘ra boiinishi quyidagicha ko'rsatib o‘tilgan:
— O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etila­ digan davlat organlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya­ sining 93-moddasiga ko'ra, Prezident ijro etuvchi hokimiyat devo- nini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqamv oiganlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo'mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa oiganlarini tuzadi va tugatadi;
— O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tash­ kil etiladigan davlat organlari. «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunga binoan Vazirlar Mahkamasi o'zi tashkil qiladigan xo'jalik boshqaruvi oiganlari tizimiga bosh­ chilik qiladi;
— vazirliklar, davlat qo'mitalari va xo'jalik boshqaruvi organlari (korporatsiya, assosiatsiya, kompaniya va boshqalar) tomonidan tashkil etiladigan davlat organlari. Amaldagi qonunchilikka binoan, markaziy davlat oiganlariga o'zlarining oldida turgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, ma’lum bir tuzilmalami, masa­ lan, boshqarma, bo'lim va boshqa birliklarini tashkil etishlari mumkin;
— mahalliy organlar tomonidan tashkil qilinadigan organlar. O'zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'- risida»gi Qonuni’dan kelib chiqadigan bo'lsak, mahalliy hokimiyat organlari o'z tuzilmalarida turli xildagi organlami, komissiyalami tashkil etishlari mumkin;
3) ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xusu­ siyatiga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linishi mumkin:
a) umumiy vakolatli davlat organlari. Bu guruh davlat organ­ lariga — O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va hokimlami kiritish mumkin. Bu davlat organlari, vakolat doirasida, barcha sohalarga taalluqli bo'lgan qarorlami qabul qilishlari mum­ kin. Masalan, amaldagi qonunchilikda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqarishi ko'rsatib o'tilgan boiib, uning vakolati mana shu sohalar doirasida amalga oshiriladi;
b) sohaviy vakolatga ega bo ‘Igan davlat organlari. Bu davlat organlarini ikki guruhga bo'lish mumkin: birin­ chidan, bir soha bo'yicha vakolatli davlat organlari — bu organlar o'z faoliyatini aniq bir soha bo'yicha amalga oshiradi; ikkinchidan, sohalararo vakolatli davlat organlari - bu organlar bir necha soha­ lar bo'yicha harakat qilish vakolatiga ega boiadi. Ko'pgina yuridik adabiyotlarda, bir soha bo'yicha harakat qiluvchi davlat organlariga — vazirliklar, sohalararo vakolatli davlat organlariga — davlat qo'mitalari kiritilgan. Lekin hozirgi sharoitda vazirliklarning — sohalararo harakatini, davlat qo'mitalarining esa — bir soha bo'yicha harakatlanislyni ku­ zatish mumkin. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlari ham ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan bo'lsak, ijro hokimiyati oiganlari vakolatining xususiyatiga ko'ra, ulami maxsus vakolatli organlarga bo'lish mumkin. Masalan, O'z­ bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ko'pgina davlat organlari (inspeksiyalar va boshqa davlat idoralari) maxsus vakolatlaiga egadir;
4) Ijro hokimiyati organlari tashfdliy-huquqiy shakliga ko'ra quyidagilarga bolinadi:
a) hukumat (Vazirlar Mahkamasi);
b) va­ zirliklar,
d) davlat qo'mitalari;
e) agentliklar,
f) qo‘mitalar,
g) komissiyalar,
h) markazlar,
i) davlat aksionerlik kompaniyalari;
j) dav­ lat uyushmalari;
k) davlat konsemlari;
1) davlat korpo-ratsiyalari; m) davlat assosiatsiyalari; n) departamentlar, o) inspek-siyalar va boshqalar;
5) Ijro hokimiyati organlarida rahbarlikni amalga oshirish shakliga ko'ra ular quyidagilarga boiinadi:
a) yakkaboshchilikka asoslangan organlar,
b) kollegial organlar,
d) yakkaboshchilik va kollegial rahbarlik uyg'unlashgan (ya’ni aralash shakldagi) organlar.
0 ‘zbekiston Respublikasida aksariyat ijro hokimiyati organ­ larida yakkaboshchilik bilan kollegial rahbarlikning uyg‘unlash- ganligini ko'rish mumkin;
6) mablag bilan ta’minlanishiga ko'ra Ijro hokimiyati organ­ lari ikkiga boiinadi:
a) davlat va mahalliy budjet mablag‘laridan moliyalash-tirila- digan organlar. Mazkur davlat organlari ishlab chiqarish yoki moddiy boyliklaming muomalasi bilan bevosita bogiiq boimay, mulkiy mustaqillikka ega emas; ularning majburiyatlari uchun davlat javobgardir;
b) xo'jalik hisobidagi organlar. Ushbu davlat organlari mulkiy mustaqillikka ega boiib, asosiy va muomala vositalariga ega; o‘z majburiyatlari bo‘yicha o'zlarining mulki bilan bevosita javobgar boiadilar; ularning faoliyati moddiy boyliklami ishlab chiqarish, pulli xizmatlar ko'rsatish bilan bogiiqdir.
Oxirgi vaqtlarda ijro hokmiyati organlarini mablag* bilan ta’minlashning aralash shakli ham namoyon boimoqda. Bu gu­ ruhga kiruvchi davlat oiganlari xarajatlarining ma’lum bir qismi budjetdan, ma’lum bir qismi esa xo'jalik yuritishdan qoplanadi.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling