Zbekiston respublikasining qonuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi
Download 76.44 Kb. Pdf ko'rish
|
706-II-сон 02.12.2004. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Umumiy qoidalar 1-modda. Deputat
- 2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari
- 3-modda. Deputat vakolatlarining muddati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TO‘G‘RISIDA Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi. I. Umumiy qoidalar 1-modda. Deputat Oldingi tahrirga qarang. Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi. (1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) 2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari Oldingi tahrirga qarang. Deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi , “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni , ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. (2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Deputat vakolatlarining muddati Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi. LexUZ sharhi Qarang: “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun 2-moddasining o‘n birinchi qismi . Oldingi tahrirga qarang. Saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq bo‘ladi. (3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son) Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza bergan taqdirda; u qonunga ko‘ra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda; u chaqirib olingan taqdirda; sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda; u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda; u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda; u vafot etgan taqdirda. Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas. Download 76.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling