Zbekiston respublikasining qonuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi


Download 76.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi76.44 Kb.
#1020206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
706-II-сон 02.12.2004. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida

8-modda. Deputat so‘rovi
Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so‘rovi yuborishga
haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga javobni
deputatga mazkur so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuboradilar. Deputat
so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha
bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi O‘RQ-631-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son)
Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga
yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi
mumkin emas.
Deputat so‘rovlari bo‘yicha axborot tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida
muhokama qilinishi mumkin.
9-modda. Deputatlik odobi
Deputat odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning o‘z maqomidan
fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda
foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli xalq
deputatlari Kengashi tomonidan yoki uning topshirig‘iga ko‘ra tegishli xalq deputatlari
Kengashining organi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari
10-modda. Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-
sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy,
jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan
tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida deputatga qanaqa
tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Deputat oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib
unga yolg‘on axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar
qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.


(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
193-moddasi
.

Download 76.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling