Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib,
tegishli viloyat,
tuman va shahar
hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda
tashkilotlarga moneliksiz
kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan
darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq
korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarga deputatning kirish tartibi qonunda belgilanadi.
14-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajarish bilan
uyg‘un tarzda olib borish
Deputat o‘z vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga
oshiradi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u o‘z
deputatlik vazifalarini
bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini)
saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart.
Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
15-modda. Deputatni harbiy yig‘inlardan ozod qilish
Deputat o‘z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yig‘inlardan ozod qilinadi.
16-modda. Deputat faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi
tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati tegishli xalq deputatlari Kengashi
deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlaydi, shuningdek, deputatlik
faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-636-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son)
Deputatga
texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan
foydalanish uchun
shart-sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: