1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet4/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat boshqaruvi funksiyalari
Davlat boshqamvi funksiyalari to'g'risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun «davlat funksiyasi» va «huquq funksiyasi» atama- larini bilib olish lozim. Bu ikkala kategoriya o'zaro bog'liq bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri bir-biriga ta’sir ko'rsatadi. Ular ko'pgina o'xshash tomonlar bilan bir qatorda, o'ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Davlat va huquq nazariyasi fanidan kelib chiqadigan bo'lsak, davlat funksiyasi uning siyosati, maqsadi, vazifalari va vakolatlari bilan belgilanadigan ma’lum bosqich (davr)dagi faoliyatning asosiy yo'nalishlaridir. Davlat o'z funksiyalarini ado etish uchun qonun chiqamvchilik, ijro etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o'z funksiyalarini amalga oshirishda ishontirish, rag "bat- lantirish va majbur etish uslublaridan foydalanadi. Mazkur shakllar va uslublarning qo'llash darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri, tizimi, xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Davlat funksiya-
larini tasniflash (guruhlarga, turlarga bo'lish) esa, davlatning mo­ hiyatini chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish etishga ko'maklashadi. Odatda, davlat funk­ siyalari ikkiga: ichki va tashqi funksiyalaiga bo'linadi. huquq funksiyasi — ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etish­ ning asosiy yo'nalishlari bo'lib, ulaming mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga — iqtisodiyotga, siyosatga. ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: a) huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya — huquq mo- hiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishidir; b) huquq funksiyalari — ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish­ ning shunday yo'nalishiki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquq­ ning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zamriyatidan kelib chiqadi; d) funksiyalar huquqning eng muhim sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo'naltiriladi; e) huquq funksiyalari ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soluvchi faol harakati yo'nalishini aks ettiradi.^Shu bois, huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning fiara- katlanishi, ta’sir etishidir; 0 huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi.1 Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko'rinishi hisoblanar ekan, unga davlat funksiyalari xos bo'lib hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquv­ chi funksiyalar ham mavjuddir. Boshqaruv funksiyalari muammosini o'rganish — boshqamv tuzilishi va tizimini tashkil etish, boshqaruv organlarining obyektiv ehtiyojlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqaruv funksiyalari — bu boshqamv subyektining boshqamv obyektiga nisbatan aniq yo'naltirilgan ta’sir etishi (tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish) hisoblanadi.
1 Davlat va huquq nazariyasi: Oliy 0‘quv yurtlarining hududshunoslik mutaxa^sisligi bo'yicha ta'lim olayothan uchun \ Boboyev X.B., Islornov Z.M ., Chorivorov U. - Т.: «Iqtisodiyot va hudud talabalari dunyosi» nashrivot uyi, 2000. 173, 223-b.
Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqaruv­ ning uslublari va shakllari yordamida (masalan, majburlov chora- lari, huquqiy aktlami qabul qilish, bo‘ysinuvchilik ta’siri va h.k.lar) amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda boshqaruv funksiyalari bilan bir qatorda boshqaruv organlarining funksiyalari (ya’ni, ularning obyektga nisbatan boshqaruv ta’siri)ni ham uchratish mumkin. Lekin hozirgi jarayondagi dolzarb masalalardan biri — bu boshqaruv funksiya­ larining boshqaruv organlari funksiyalaridagi aniq o‘mini va hu­ quqiy o'matilishini belgilab olish hisoblanadi. Ko'pgina yuridik adabiyotlarda boshqaruv funksiyalari ijro hokimiyati (davlat boshqaruvi) organlarining funksiyasi tariqasida ko'rsatib o'tilgandir. Umumiy holda, davlat va uning organlarining funksiyalari — bu davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib, uning ijtimoiy holatini belgilaydi, inson va fuqarolar huquqlari va erkinliklarining amalga oshirilishini, davlat va jamiyatni samaraii hamda bir normada boshqarishni ta’minlaydi. Davlat boshqaruvi funksiyalari obyektiv qonuniyatlar bilan izohlanadi. har bir funksiyaning mazmuni davlat va davlat bosh­ qaruvi oldida turgan maqsad, boshqaruv obyekti xususiyatlari bilan belgilanadi hamda davlat boshqaruvi organlarining obyektlarga tashkiliy-huquqiy • ta’sir ko'rsatishining yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyida- gilami kiritish mumkin: 1) davlat boshqaruvi organlari faoliyatini axborot bilan ta’min­ lash funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan axborotni yig'ish, olish, qayta ishlash va baho­ lash; 2) davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi. Istiqbolni belgilash — bu professional tajriba va amaliyot hamda ilmiy-nazariy yutuqlarga asoslangan maiumotlaiga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv oiganlari faoliyati rivojlanishidagi o'zgarishlami, shuningdek, ma’lum bir hodisalar va jarayonlaming natijalarini oldindan ko'ra bilishdir. Istiqbolni belgilash boshqaruv qarorlarini qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu fiink- siyasisiz ijtimoiy jarayonlaming natijalarini, istiqboldagi jamiyat holatini, davlat organlari faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas;
3) rejalashtirish funksiyasi — bu davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu jarayonlaming yo'nalishlarini, rivojlanishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, davlat funksiyalarining amalga oshiri- lishini belgilash hisoblanadi. Bundan tashqari, rejalashtirish funk­ siyasi orqali davlat faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish va isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari belgi­ lanadi. Mazkur funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat bo. i- qaruvi turli sohalardagi aloqalaming rivojalanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi; 4) tashkil etish funksiyasi — bu o'matilgan tartib va prinsiplaiga asoslanib davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, boshqaruv tizimida boshqaruvchi va boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish — davlat organlari, davlat personali, davlat boshqaruvi jarayonlari tuzilishini belgilash hisoblanadi. Tashkil etish faoliyati — davlat boshqaruvi organlarining funksiya- lanishini ta’minlovchi harakatlar va qarorlami o‘z ichiga oladi; 5) farmoyish berish funksiyasi, ya’ni davlat organlari vakolat- larini va mansab majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliya­ tining belgilangan tartibini ta’minlash bo'yicha vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini kundalik tartibga solishdir. Farmoyish berish — bu rahbar davlat xizmatchilari (mansabdor shaxslar) tomonidan tegishli ko'rsatmalarni berishdir; 6) rahbarlik qilish funksiyasi — davlat organlari (davlat xizmat­ chilari), boshqariluvchi obyektlar faoliyatining va ayrim harakat - larining qoidalarini va normalarini o'rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda «umumiy rahbarlik» atamasi ham mavjud. Umumiy rahbarlik — bu davlat faoliyati mazmunini belgilashdir; 7) muvofiqlashtirish funksiyasi — bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun yo'nal- tirishdir. Muvofiqlashtirish orqali boshqaruv faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning fiinksiyalanishi ta’minlanadi. Masalan, bir necha mustaqil davlat organlari mavjud boiib, ulaming har biri o'zining tashkiliy tuzilmasiga, maqsad va vazifalariga ega bo'lsa hamda ma’lum bir muammoni ulaming birgalikdagi faoliyati orqali hal etish lozim bo'lganda, muvofiqlashtirish vakolatiga ega boigan davlat organini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi; 8) nazorat qilish funksiyasi — davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining o'rnatilgan standart va normalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini, davlat organlari faoliyatini va ayrim boshqaruv
subyektlari harakatining natijalarini, davlat boshqaruvida belgilan­ gan va amalga oshirilgan holatlarni o'rganish va baholashdir. Nazorat qilish — bu boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish, kamchilik va xatolami hamda boshqaruv harakatlarining va qabul qilingan aktlarning qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsiplariga mos kelishini aniqlashdan iborat. Davlat faoliyatining ma’lum bir sohalarida u yoki bu harakatlarni amalga oshirish ustidan davlat hokimiyati organlari nazoratni o'rnatadilar. Nazoratni amalga oshirish vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, oshkoralik, obyek- tivlik, qonuniylik va tezkorlikka amal qilish kerak. Nazoratning keng tarqalgan ko'rinishlaridan biri — nazorat hisoblanadi. Nazorat, odatda, ma’lum bir harakatlaming (qarorlaming) qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga oshiriladi (kontrol va nazoratning mazmuni va o'ziga xos xususiyatlari ushbu darslikning 26-bobida ko'rsatib о‘tilgan); 9) tartibga solish funksiyasi — bu davlat boshqaruvi tizimini va uning funksiyalanishini tashkil etish jarayonida boshqaruv uslublari va usullaridan foydalanishdir. Tartibga solish — jamoat tartibini va xavfsizligini, iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligini, demokratik raqobat asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obyektlari hamda turli huquq subyektlari uchun umummajburiy bo'lgan ko'rsatmalarni o'rnatish hisoblanadi. Tartibga solish funksiyasi bir necha yo'nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor qoidalarini belgilash yoki boshqa­ ruvning aniq jarayonlarini (sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ro'yxatga olish va h.k.lar) o'rnatish; 10) hisobga olish funksiyasi — miqdor shaklida ifodalangan axborotlarni, moddiy resurslar harakatini, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish natijalarini, davlat oiganlari vakolatlarini, davlat boshqaruv qarorlarini, boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega boigan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga olishdir. hisobga olish funksiyasi — qandaydir predmetlaming, hujjatlarning, faktlaming mavjudligini aniqlash uchun qo'llaniladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling