1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Harbiy xizmatchilar Va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming javobgarligi


Download 1.49 Mb.
bet59/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Harbiy xizmatchilar Va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming javobgarligi
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to'g'risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hol­ larda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo'ladilar, boshqa hollarda, esa umumiy asoslarda ma’­ muriy javobgar bo'ladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga — O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo'shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o'ta- yotgan shaxslar kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan, milisiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun ulaiga teng darajada javobgar bo'ladilar. O'zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida» gi Qonuni'ga binoan, harbiy xizmatchilar va yig’inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar1 harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo'mondonlar (boshliqlar) oldida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi boyicha javobgar bo'ladilar. Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan hu­ quqbuzarliklar jumlasiga, o'matilgan har qanday umummajburiy qoidalami buzishni kiritish mumkin.
Tegishli davlat oiganlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xiz­ matchilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taalluqli materiallarni aybdoming Qurolli Kuchlar Intizom ustavi boyicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlaiga beradilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma’­ muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javob­ garlikni qo'llash mumkin: 1) yo'l harakati qoidalarini buzganda; 2) ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoida­ larini buzganda; 3) bojxona qoidalarini buzganda.
Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qoilanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxs-
1 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnonjasi. 2002, 12-son, 217-m. 2 Amaldagi qonunchilikka binoan, haibiy xizmatni o‘tashga majbur bo'lgan fuqarolar yig’inga chaqirilgan vaqtda harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan.
larga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qoMlanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling