1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Harbiy xizmatchilar Va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming javobgarligi 6. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boimagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi.
13-Mavzu:Ma’muriy javobgarlik
Reja: 1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va uning prinsiplari 2. Ma’muriy javobgarlik tushunchasi 3. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi 4. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi 5. Harbiy xizmatchilar Va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming javobgarligi 6. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boimagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi. Yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va uning prinsiplari O'zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qi lingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan Ma’muriy javob garlik to'g'risidagi kodeksining 1-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari. 1) ushbu kodeks; 2) O'zbekiston Respublikasi qonunlari; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; 4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; 5) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror lari; 6) Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari; 7) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; 8) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengash- larining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. M a’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi — inson va jamiyat tarovonligi yo'lida fuqarolaming huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarning o'z vaqtida va obyektiv ko'rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarlik- larning oldini olishni, fuqarolami O'zbekiston Respublikasi Kons titutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat dir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi oigan (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo'llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: a) qonuniylik prinsipi. Qonuniylik — davlat, uning oiganlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolaming 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq harakat qilishini anglatadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarini ko'rib chiquvchi barcha davlat oiganlari va mansabdor shaxslar fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni O'zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda hamda uning talablarini bajarish maqsadida amalga oshiradilar. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs qonun hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. Davlat oigani yoki mansabdor shaxsning biron bir harakati qonun doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas. Barcha holat larda ham ular qonun normalariga asoslanib ish ko'rilishini, ado latli va obyektiv jazo tayinlanishini ta’minlashlari lozim. Vakolatli davlat oigani (mansabdor shaxs)ning qonun talab lariga mos va asoslantirilgan qarori bilan shaxsni ma’muriy javob garlikka tortish mumkin; b) fuqarolaming qonun oldida tengligi prinsipi. 0 ‘zbekiston. Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklaiga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Fuqarolarga o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishda, davlat organlarida ma’lum bir ishlaming ko'rib chiqish vaqtida, bir xildagi shart-sharoitlar yaratib beriladi; d) demokratizm prinsipi. Demokratizm prinsipin^ig mazmuni shundan iboratki, unga ko'ra har bir ma’muriy huquqbuzarlik ishlari oshkora ko‘rib chiqi- lib, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs: ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko'rib chiqish vaqtida advokatning yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashishga va taiji- monning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Odatda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ning axloqini tuzatish, uni qayta tarbiyalashga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, jamoat tashkilotlari, fuqarolaming o‘zini-o‘zi boshqarish oiganlari jalb qilinadi; e) insonparvarlik prinsipi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarini ko'rib chiquvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar ma’muriy jazo va boshqa huquqiy ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash vaqtida, jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko'zlamas- ligi kerak. Biron bir shaxs qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan u axlo- qan tuzalishi va yangi huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo'ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo'llanilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlami ko'rib chiquvchi davlat oiganlari va mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo'llash orqali javobgarlikka tortish maqsadiga erishib bo'lmaydigan taqdirdagina, og'irroq jazo chora larini qo'llashlari mumkin; f) odillik prinsipi. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiquvchi davlat oiganlari va mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikni belgilashda, ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbu-zar- ning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, yengillash- tiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda, ado latli va qonuniy jazo belgilanishini ta’minlashi lozim. Shaxs aynan bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bu — odillik prinsipining asosiy dementi bo'lib, qonuniylikni, fuqarolar huquqlari va erkinl iklarini ta’minlashga xizmat qiladi; g) ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Shaxsning sodir etgan xatti-harakati qonun hujjatlarida belgi langan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tan olinadigan bo'lsa, unga nisbatan ma’muriy javobgarlikning qo'llanilishi shart- dir. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari sohasida O'zbekiston Respublikasi: ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarining prinsiplarini aniqlaydi va umumiy qoidalarini belgilab beradi; ma’muriy javobgarlikka sabab bo'ladigan harakat yoki hara- katsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan oiganlar tizimini (mansabdor shaxs- lami), mazkur ishlami yuritish va chiqarilgan qarorlaming ijrositartibini belgilaydi; ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjat lari sohasida Qoraqalpog'iston Respublikasining vakolatlarini bel gilaydi; viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin bo'lgan masalalar doirasini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari sohasida Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, viloyatlar va Toshkent shahar ho kimlari: 1) jamoat tartibini saqlashga doir masalalar yuzasidan, basharti bu masalalar Kodeks bilan tartibga solinmagan bo'lsa, shuningdek, tabiiy ofatlar va epidemiyalaiga qarshi kurash masalalari boyicha ularni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish; 2) ma’muriy javobgarlikka sabab bo'ladigan quyidagi qoidalami belgilash: a) ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoida larini; b) hayvonlarni karantinga qo'yish qoidalarini va boshqa vete- rinariya-sanitariya qoidalarini; d) it va mushuk boqish qoidalarini; e) shaharlami va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini; f) shaharlardagi daraxtlami shikastlantirish yoki ulami o'z boshimchalik bilan kesib tashlashni; g) yonilg'i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo'lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo'lda savdo qilishni; h) bozorlarda savdo qilish qoidalarini. Davlat organlari, fuqarolaming o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklaming oldini olish, ulaming sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlami aniq lash hamda bartaraf etishga, fuqarolami ongli, intizomli bo'lish, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo'naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ulami amalga oshiradilar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida esa Qo raqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qo nuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlab, o'z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklaming oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, voyaga yetmagan- lar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organ lar faoliyatiga rahbarlik qiladilar. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko'rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlami yuritish qonuniy- likka rioya qilish asosida olib boriladi. Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’ muriy ta’sir ko'rsatish choralarini o'z vakolatlari doirasida qo'l- laydilar. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko'rsatish choralarini qo'llash chog'ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda -amal qilib turuvchi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engiUashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquq buzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchay- tiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo'lmaydi. Ma’ muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilayotgan vaqt va joyda amal qilib tutgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi. Demak, ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, boshqa ma’muriy-huquqiy normalar singari, birinchi navbatda O'z bekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, shuningdek, turli huquq sohalari (konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliyaviy, fuqarolik va h.k.lar) normalarini amalga oshirilishini va himoya qilinishini ta’minlashni nazarda tutadi. Ma’muriy javobgarlikni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati — O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi bo'lib, respublika miqyosidagi ma’muriy javobgarlik normalarini tartibga soladi, ya’ni: birinchidan — ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun huj jatlarining umumiy holatlari va prinsiplarini mustahkamlaydi; ikkinchidan — respublika miqyosida umummajburiylik xusu siyatiga ega bo‘lgan qoidalarning buzilishi uchun ma’muriy javob garlikni o'matadi; uchinchidan — ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish jara yonini tartibga soladi; to ‘rtinchidan — ma’muriy jazo turlarini va ma’muriy-prot- sessual majburlov choralarini o'matadi. Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar, O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'ri sidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O'zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o'zida ifoda etadi; 2) fuqarolaming ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo'llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fu qarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslaridan farqli ravishda, Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks, ikki xildagi huquqiy normalami o'zida ifoda etgan: a) javobgarlikning umumiy holatlarini va prinsiplarini, huquq buzarlik tarkibini, ma’muriy jazo choralarini belgilab beruvchi — moddiy huquqiy normalar; b) huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiqish va jazo qo'llash to'g' risidagi qarorlarni ijro etish jarayonini tartibga soluvchi — prot- sessual-huquqiy normalar. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling