1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet63/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy jarima
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 25-moddasiga binoan jarima — ma’muriy huquq­ buzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undi- rishdir. Jarima — mulkiy xususiyatga ega bo'lgan jazo chorasi bo'lib, aybdor shaxsdan davlat hisobiga undirib olinadigan ma’lum bir pul summasida ifodalanadi. Jarima — ma’muriy javobgarlikning samaraii choralaridan biri bo'lib, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiquvchi barcha davlat organlari tomonidan o'matilgan protsessual tartibda qo'l­ laniladi. Jarima — ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o'rniga qo'llanilishi mumkin emas.
Amaldagi qonunchilikka binoan jarima bilan bir vaqtda qo'shimcha jazo chorasi (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boMgan ashyoni haqini toMash sharti bilan olib qo'yish) qo'llanilishi mumkin. Jarima O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'ri­ sidagi kodeks maxsus qismida nazarda tutilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo'llanilishi mumkin. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir ko'rsatib, uning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazishda ifoda­ lanadi.
Jarimaning asosiy ko'rsatkichi — bu uning miqdoridadir. Jarima miqdorini aniq bir summada ko'rsatib o'tish mumkin emas. Bunga sabab, birinchi navbatda pul qadrsizlanishi, milliy valutaning beqarorligidir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida jarima miqdori hu­ quqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo'lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, O'zR MJtKning 25-modda 2-qismiga binoan jarimaning miqdori ma’­ muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo'yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga yoki mansabdor shaxslarga nisbatan qo'llanila­ digan ma’muriy jarimalar mavjud bo'lib, ular miqdorlariga qarab farqlanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan kam bo'lmasligi, eng ko'p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga — eng kam ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mansabdor shaxslarga esa jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining — o'ndan bir qismidan kam bo'lmasligi, eng ko'p miqdori eng kam ish haqining o'n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquq­ buzarliklar uchun mansabdor shaxslarga — yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlikning muayyan turlari uchun javob­ garlikni nazarda tutuvchi normalar sanksiyalarida jarimaning miq- dorlari huquqbuzarliklaming darajasidan kelib chiqib aniqlash- tiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo chorasining maz-kur turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng oz miqdordan oshib ketmasligi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javob­ garlik to'g'risidagi kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan sank- siyalaming aksariyatida jarimaning eng ko'p miqdori, ayrim sank- siyalarda esa eng ko'p va eng oz miqdori nazarda tutilgan. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest (norozilik) bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechik­ tirmay to'lanishi lozim. O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslaming mustaqil ish haqi bo'lmagan taqdirda, jarima ulaming ota-onalari yoki ular o'mini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan O'zbekiston Respublikasi jamg'arma banki muassasasiga to'lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigin jarima bundan mustasno. Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to'lamagan taqdirda, jarima solish to'g'risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan qoidalai^a muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipen- diyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo'lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko'ra undirib olishning iloji bo'lmasa, uni undirib olish sud ijrochisi tomonidan jarima solish to'g'risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek, umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Jarima O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari boyicha undirib olinishi mumkin bo'lmagan mol- mulkdan undirib olinishi mumkin emas. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o'zida undirib olinishi mumkin. Masalan, yo'l harakati xavfsizligi orga­ nining mansabdor shaxsi yo'l harakati qoidalarini buzgan haydov- chiga nisbatan o'sha joyning o'zida jarima tariqasidagi ma’muriy jazoni qo'llashi mumkin. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o'zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Jarima solish to'g'risidagi qarorga muvofiq jarima to'la-to'kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo'yilib, shu qaromi chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qay­ tariladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling